AMINOKISLOTALAR
1. Uglevodorod radikalida aminoguruh va karboksil guruh tutgan organik moddalar nima deyiladi?
J: Aminokislotalar
2. ε-aminokislotalarda aminoguruh nechanchi С atomida bog'lanadi?
J: 6-uglerodga
3. «Betayin tuz» hosil qiladigan moddalar qaysi oilaga mansub’
J: Aminokislotalar
4. Aminokislotalarda bipolyarlikka sabab bo'luvchi omilni aniqlang.
J: Karboksil va aminoguruhning borligi
5. Ichki tuz hosil qiluvchi moddalami aniqlang.
J: Aminokislotalar
6. Aminokislotalardagi bipolyarlik xossasi bilan bog'liq xususiyatlami ayting.
J: Suvda eruvchanlik, eritmasining neytralligi, qattiq holatda kristall tuzilishli bo'lishi, suyuqlanish harorati yuqoriligi
7. Oqsil molekulalari ...dan tuzilgan.
J: α-aminokislotalar
8. Aminokislotalardagi strukturaviy izomeriya vujudga kelishining sababini ko'rsating.
J: Karboksil guruhga nisbatan aminoguruh joylashuvining o'zgarishi
9. 4 xil atomlar guruhi bilan bog'langan С atomining asimmetriyasi bilan bog'liq izomeriya qanday ataladi?
J: Stereoizomeriya, optik izomeriya
10. Optik izomerlar bir-biridan qanday farq qiladi?
J: Nurni chapga yoki o'ngga burishi bilan
11. Nurni chapga buruvchi izomerlar qanday belgilanadi?
J: L harfi bilan yoki (-) belgisi bilan
12. D harfi yoki «+» ishorasi qanday ma’noni bildiradi?
J: Qutblangan nurni o‘ngga buruvchi optik izomerlarni
13. Organik amfoter xossani namoyon qiluvchi moddalarni ko'rsating.
J: Aminokislotalar
14. Diaminomonokarbon aminokislota eritmasiga botirilgan lakmus qog'ozi o'zgaradimi?
J: Ha; ko'karadi
15. Aminokislotalarning kuchli mineral kislotalar bilan reaksiyasidan qanday moddalar hosil bo'ladi?
J: Tuzlar
16. Polipeptidlar qaysi reaksiya yordamida hosil bo'ladi?
J; Polikondensatlanish
17. Peptid bog' qanday bo'ladi?
J: CO-NH-
18. Oqsil molekulasida aminokislotalar bir-biri bilan ... orqali bog'lanadi.
J: Peptid bog'lar
19. Kapron tolasining monomerini aniqlang.
J: Aminokapron kislota H2N-(CH2)5-CO-OH
20. Kapronning molekulyar massasini aniqlang.
J: 16000-22000 gr/mol
21. U nam tortmaydi, namda chirimaydi, pishiq, yemirilishga chidamli tola. Gap nima haqida?
J: Kapron
22. Kapron tolasining yuqori darajadagi pishiqligiga sabab nima?
J: Makromolekula tarkibidagi -NH va -CO-guruhlarining o'zaro ta’sirlashuvidan hosil bo'lgan H bog'lari mavjudligi tufayli
23. Kapron tolasining kamchiliklarini aniqlang.
J: Kislotalar ta’sirida amid bog’idan gidrolizlanib ketadi; yuqori (215*C) temperaturaga chidamli emas
24. Sun’iy mo'yna, parashyut, baliq to'rlari qaysi polikondensatlanish mahsulotidan tayyorlanadi?
J: Kapron
25. Shinalar uchun detallar, mexanizmlar uchun kordlar qaysi polimerdan yasaladi?
J: O'ta pishiq kaprondan
26. Oqsil gidrolizining oxirgi mahsuloti nima?
J: Aminokislotalar
27. Tirik organizmlardagi azotning almashinuvida muhim moddalar qaysi oilaga kiradi?
J: Aminokislotalar
28. Almashinmaydigan aminokislotalar soni qancha?
J: 8 ta
29. Almashinmaydigan aminokislotalar faqat ... sintezlanadi.
J: Yashil o'simliklarda
30. Oqsillar hosil bo‘lishida qanday moddalar ishtirok etadi?
J: α-aminokislotalardan
31. Aminosirka kislota yana qanday nomlar bilan ataladi?
J: Aminoetan kislota, glitsin, glikokol
32. ε-aminokapron kislota yana qanday ataladi?
J: δ-aminogeksan kislota
33. Aminokislotalarda izomeriya qaysi vakildan boshlanadi?
J: Alanindan
34. Oqsillar gidrolizlanganida ... hosil bo'ladi.
J: Faqat α-aminokislotalar,
35. Propen kislotaga ammiak ta’sir ettirilsa, nima hosil bo'ladi?
J: β-aminopropan kislota
36. Aminokislotalar eritmasida muhit qanday bo'ladi?
J: Neytral
37. «Betayin tuzlar» yoki organik amfoterlar deb ham ataladigan moddalar qaysi oilaga kiradi?
J: Aminokislotalarga
38. Aminokislotalar bir-biri bilan ... orqali bog'lanadi.
J: Peptid bog’
39. Amid bog' bilan peptid bog'ning farqi bormi?
J: Yo‘q
40. Dezaminlanish reaksiyasida ajraladigan gaz nima?
J :N2
41. Aminokislotani dezaminlanish reaksiyasiga uchratishda qaysi moddadan foydalaniladi?
J: HNO2
42. Dezaminlanish reaksiyasida aminokislotadan ... hosil bo'ladi
J: Oksi-kislota
43. Dekarboksillash qanday reaksiya?
J: COOH guruhni CO2 ga aylantiradigan reaksiya Diketopiperazinlar qanday hosil bo'ladi?
J: α-aminokislotalar qizdirilganida o‘zidan (2 moleku ladan) suv ajratib chiqarishidan
3-aminokislotalar qizdirilganida nima ajralib chiqadi?
J: To‘yinmagan karbon kislota va NH3
44. γ-aminokislota qizdirilganida qanday o'zgarishga uchraydi?
J: Bir molekulasi o'zidan suv ajratib laktam hosil qiladi
45. Miya uchun ... aminokislotalar, ayniqsa, juda muhim.
J: Peptid bog1 hosil qilib borgan
46. Poliamin tolalarni aniqlang.
J: Kapron va enant
tolalar
Do'stlaringiz bilan baham: |