Aminokislotalar.
Tarkibida aminogruppa (-NH2) va karboksil (-COOH) gruppalari bo’lgan alifatik yoki aromatik uglevodorodlar hosilalariga aminokislotalar deyiladi.
Aminokislotalar gomologik qatorining birinchi vakili NH2 – CH2 – COOH – aminoetan yoki aminosirka kislota (glisin, glikokol).
Aminokislotalarning nomlanishlarida harakterli qo’shimcha bo’lmaydi.
Aminokislotalar nomlari quydagicha tuziladi :
Uglerod atomida karboksil gruppa – COOH tutgan uglerod atomlarning eng uzun (bosh) zanjiri tanlanadi.
Karboksil gruppadan boshlab bosh zanjirdagi uglerod atomlari nomlerlanadi.
Bosh zanjirdagi uglerod atomlari soniga teng bo’lgan alkan nomiga “an” va “amino” old qo’shimchasi qo’shiladi;
Aminogruppa joylashgan uglerod atomi va yon radikallar ko’rsatiladi. Masalan :
Aminokislotalarning saqlanib qolgan tarixiy nomlari hamda uglerod atomlarini sonlar bilan nomerlash o’rniga grek alfaviti harflari bilan (α, β, γ, σ, π) belgilanib nomlanadigan nomlardan ham foydalaniladi.
Biroq bu holda nomerlash karboksil (-COOH) gruppasi bilan qo’shni bo’lgan uglerod atomidan boshlanadi :
Yana tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan kislota nomlari ham saqlanib kelmoqda :
H2N – CH2 – COOH – aminosirka kislota, α – aminosirka kislota, aminoetan kislota, glikokol, glisin.
-α aminpropion kislota, 2 –aminopropion kislota, alanin
Izomeriya - aminokislotalarda kuzatiladigan izomeriya asosan uglerod zanjirining turlicha tuzilishiga va aminogruppaning qaysi holatda bo’lishiga bog’liq.
Masalan : aminobutan kislota izomerlari quydagicha bo’ladi :
Aminokislotalar - amfoter birikmalar : asoslik xossasi amonogruppaning mavjudligi, kislotaligi karboksil gruppaning mavjudligi bilan bog’liq. Kislotali muhitda aminokislotalar – kationlar :
HOOC –CH2 –NH2 + HCl →HOOC –CH2 –NH3+Cl-,
Kation
ishqoriy muhitda – anionlar.
NH2 – CH2 – COOH + NaOH → NH2 – CH2 – COO – Na+
Anion
Neytral muhitda aminokislotalar bipolyar (yoki svetter) ionlar ko’rinishida mavjud bo’ladi, ya’ni ikkita elektr chizig’iga (+) va (-) ega bo’lgan ionlar. Masalan :
α – aminokislotalar eng muhim ahamiyatga ega. Ular oqsillarning qurilish materiali hisoblanadi.
Aminokislotalar o’simlik va hayvon organizmlarida bo’ladigan barcha oqsil moddalarning tarkibiga kiradi. Aminokislotadan ayrimlarini (masalan : glisin, alanin) organizmda kerakli miqdorda sintez qilinadi. Bunday aminokislotalar almashtiriladigan kislotalar deyiladi.
Boshqa aminokislotalar (masalan : valin) organizmda yetishmaydigan miqdorda sintez bo’ladi. Bu almashmaydigan aminokislota qatoriga kiradi.
Almashmaydigan aminokislotalar oziq – ovqat tarkibida bo’ladi va shu hisobdan organizmda ularning o’rni to’ldiriladi.
Kislotalik funksiyalarining tabiatiga qarab aminokislotalar bo’linadilar :
Aminokarbon kislotalar, masalan : H2N(CH2)4COOH;
Aminosulfon kislotalar, masalan : H2N(CH2)2SO3H
Aminofosfon kislotalar, masalan : H2NCH[P(O)(OH)2]2
Aminoarsin kislotalar, masalan : H2NC6H4AsO3H2
Amino va karboksil gruppalarning soniga qarab monoaminodikarbon, diaminokarbon va boshqa aminokislotalar bo’lishi mumkin. Masalan :
Do'stlaringiz bilan baham: |