255
Spirtlar suvga nisbatan kuchsiz kislotalar bo’lgani uchun alkogolyatlarni spirt va
o’yuvchi natriy
(NaOH)
dan sintez qilish mumkin emas: alkogolyatlar spirtlarni faol metallar
(Na)
bilan reaksiyasi orqali olinadi.
Spirtlar suvdan alkil guruxining mavjudligi bilan farq qiladi. Uning kislotaliligi undagi
qoldiq anionning manfiy zaryadni taqsimlash qobiliyati bilan bog’liq. Alkil guruxlari
elektronlarni uzatish qobiliyatiga ega bo’lgani uchun, u gidroksil ioni zaryadiga nisbatan manfiy
zaryadni kuchaytiradi va anionni yanada barqarorlashtiradi. Shuning uchun alkil guruxining
induktiv effekti spirtlarning – nisbatan kuchsiz kislota (suvga nisbatan) ekanligini ta’minlaydi.
R –
elektronlar uzatadi, zaryadni oshiradi, ionni beqarorlashtiradi, kislotani nisbatan
kuchsiz bo’lishini ta’minlaydi. Induktiv effekt o’zgarishini alkil guruxini tuzilishi bilan
bog’liqligini ko’rib o’tsak. Eng katta induktiv effektga uchta alkil guruxi bo’lgan uchlamchi-spirt
ega bo’lishi kerak (bunda
OH-
guruxi bilan bog’langan uglerodga uchta alkil guruxi elektronlar
uzatadi).
Spirtlarnining kislotaliligi:
CH
3
OH>birlamchi>ikkilamchi>uchlamchi
Spirtlarning okidlanishi.
Spirtlarni oksidlanishidan hosil bo’luvchi birikmalarning
tuzilishi,
OH-
guruxi bog’langan uglerod atomidagi vodorod atomlarining soni, ya’ni spirt
birlamchi, ikkilamchi yoki uchlamchi ekanligi bilan bog’liq. Bizga aldegidlar, ketonlar, karbon
kislotalar tanish bo’lib, spirtlarning oksidlanishidan ayni birikmalar hosil bo’ladi.
Birlamchi spirtlarni kislotalargacha
(RCOOH)
kaliy permangantning
KMnO
4
suvli
eritmasi bilan qizdirish orqali oksidlash mumkin.
Reaksiya so’ngida karbon kislota kaliyli tuzining suvli eritmasi
MnO
2
dan filtrlab
tozalanadi va kislota kuchliroq mineral kislota qo’shib ajratiladi.
Birlamchi spirtlarni
mis metalli ishtirokida yuqori xaroratlarda qizdirish orqali
aldegidlarga
RCHO
o’tkazish mumkin. Uglerod-kislorod qo’shbog’ ikki vodorod atomlarining
eliminirlanishi natijasida (
N
2
molekula xolida) hosil bo’ladi; shuning uchun bu jarayon
degidrirlash reaksiyasi deyiladi
. Reaksiya spirt bug’larini 200 – 300°C gacha qizdirilgan mis
qirindilari to’ldirilgan quvir orqali o’tkazishga asoslangan. Aldegid – ta’sirlashmagan spirt
aralashmasi sovitilgandan so’ng, xaydash orqali ajratiladi:
RCH
2
OH
Cu, 200-300
o
C
RCHO + H
2
aldegid
birlamchi
spirt
RCH
2
OH + KMnO
Do'stlaringiz bilan baham: