Orfografiya va uning tamoyillari



Download 56,6 Kb.
bet1/15
Sana06.07.2022
Hajmi56,6 Kb.
#748032
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-mavzu. Orfografiya. Orfografik tamoyillar


5-MA’RUZA
ORFOGRAFIYA VA UNING TAMOYILLARI
REJA:
1. Orfografiya haqida umumiy ma’lumot.
2. Orfografiya tamoyillari:
1) fonetik tamoyil;
2) morfologik
3) etimologik tamoyil.
4) tarixiy-an’anaviy tamoyil.
5) differensiatsiya tamoyili.


Orfografiya ( grekcha orphos – to’g’ri, grapho- yozaman) so’zlar va ularning shakllarini yozish haqidagi qoidalar tizimidir.
Qoidalar o`z navbatida yirik qoidalar yig`indisiga jamlanadi. Bu jamlanma tamoyillar (prinsiplar) deb yuritiladi.
Bu qoidalar orfografiyaning quyidagi tamoyillari asosida yaratiladi : fonetik tamoyil, morfologik tamoyil, etimologik tamoyil, tarixiy-an’anaviy tamoyil, differensiatsiya tamoyili.
Fonetik tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra so’zlar va so’z tarkibidagi affikslar qanday talaffuz qilinsa, xuddi o’shanday yoziladi. Masalan, 1) ong so’ziga –la affiksini yoki son so’ziga -a affiksini qo’shish bilan yasalgan so’zlar ongla yoki sona tarzida emas, angla,sana tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 2) oxiri a unlisi bilan tugagan so’zlarga v yoki q undoshi bilan boshlanadigan affikslar qo’shilganda, a unlisi o tarzida aytiladi va shunday yoziladi: tanlov (tanla+v), ishlovchi (ishla+ vchi), taroq (tara+q),qaynoq (qayna +q), sayroqi (sayra +qi); 3) oxiri i unlisi bilan tugagan so’zlarga v undoshi bilan boshlanadigan affikslar qo’shilganda, i unlisi u tarzida aytiladi va shunday yoziladi: o’quv (o’qi +v), to’quvchi (to’qi+vchi ); 4) q yoki k undoshi blan tugagan so’zlarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda, q undoshi g’ tarzida, k undoshi g tarzida aytiladi va shunday yoziladi: qishlog’i (qishloq+i), etagi (etak+i); 5) o’g’il, og’iz, singil, burun, zahar, shahar kabi so’zlarga egalik affikslari qo’shilganda, ikkinchi bo’g’indagi a,i, u unlilari talaffuzda ham, yozuvda ham tushub qoladi: o`g`li, burni, shahri kabi.
Ko’rinadiki, orfografiyaning fonetik tamoyili yozuvni jonli talaffuzga yaqinlashtiriladi.
Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra so’zlar va ularning tarkibiy qismlari talaffuz qilinishiga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Masalan: 1) maktab, kitob, borib, kelib, yuzlab, kuylab, ozod, obod kabi so’zlarning oxiridagi b va d undoshlari p va t tarzida aytilsa ham, asliga muvofiq b va d yoziladi; 2) bog’bon, kaptarboz kabi so’zlar tarkibidagi yasovchilardan b undoshi v tarzida aytilsa-da, asliga muvofiq b yoziladi; 3) shanba, manba, sunbul kabi so’zlar tarkibidagi n undoshi m tarzida aytilsa ham, asliga muvofiq n yoziladi; 4) do’st, past, sust, farzand, xursand kabi so’zlarda yonma-yon kelgan undoshlarning oxirgisi talaffuz qilinmaydi, ammo yozuvda saqlanadi.
Morfologik tamoyil orfografiyaning yetakchi tamoyili sanaladi.
Tarixiy-an’anaviy tamoyil. Bu tamoyilga ko’ra, boshqa tillardan (masalan, arab, rus yoki rus tili orqali boshqa tillardan) o’zlashgan so’zlar hozir ham o’tmishdagi shakliga muvofiq yoziladi. Masalan: 1) muomala, muhokama, munosabat kabi so’zlar arab tilidan o’zlashgan bo’lib, ularning uchinchi bo’g’inidagi a unlisi i tarzida aytiladi, ammo yozuvda tarixiy-an’anaviy shaklini saqlaydi; 2) rus tilidagi schyot, shyotka so`zlari o`zbek tiliga cho`t, chotka tarzida o`zlashtirilgan. Bu so`zlarning manba tilda asli qanday yozilishi ma’lum bo`lsa ham, an’anaga muvofiq cho`t, chotka tarzida yoziladi.

Download 56,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish