Orfografiya va uning tamoyillari



Download 56,6 Kb.
bet9/15
Sana06.07.2022
Hajmi56,6 Kb.
#748032
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
5-mavzu. Orfografiya. Orfografik tamoyillar

Qo‘shib yozish


38. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mi­joz, sifat, talab kabi sо‘zlar yordamida yasalgan qо‘shma ot va qо‘shma sifat­lar qо‘shib yoziladi: qabulxona, tabriknoma, taklifnoma, bedapoya, omma­bop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, umum­xalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi.
39.-(a) r (inkori -mas) qо‘shimchasi bilan tugaydigan qо‘shma ot va qо‘shma sifatlar qо‘shib yoziladi: о‘rinbosar, otboqar, chо‘lquvar, ishyoqmas, qushqо‘nmas kabi.
40. Takror taqlid sо‘zlarga qо‘shimcha qо‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qо‘shib yoziladi: pirpirak (pir-pir+ak), hayhayla (hay-hay+la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.
41. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), о‘xshatish yо‘li bilan bildiruvchi qо‘shma ot va qо‘shma sifatlar qо‘shib yoziladi: karnaygul, qо‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodom­qovoq, qirg‘iykо‘z kabi.
42. Narsani uning rangi, mazasi, о‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari asosida bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizil­ishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
43. Narsaning biror maqsad, ish uchun mо‘ljallanganligini bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqо‘ra, nosqovoq, kо‘zoynak kabi.
44. Narsani joyga nisbat berish asosida bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: tog‘olcha, chо‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
45. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urtо‘qmoq, Ochildasturxon kabi.
46. Qaratuvchili birikmaning bir sо‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qо‘shma otlar qо‘shib yoziladi: mingboshi, sо‘zboshi, olmaqoqi kabi.
47. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod sо‘zi bilan ifodalangan joy nomlari qо‘shib yoziladi: Yangiyо‘l, Tо‘rtkо‘l, Mirzaobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bо‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: О‘rta Osiyo, Kо‘hna Urganch, О‘rta Chirchiq kabi.
48. Rus tilidan aynan о‘zlashtirilgan yoki sо‘ma-sо‘z tarjima qilish yо‘li bilan hosil qilingan qо‘shma so‘zlar qо‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostan­siya, fotoapparat, elektrotexnika, telekо‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi.
49. Qisqartmalaming barcha turlari va ularga qо‘shiladigan qо‘shimchalar qо‘shib yoziladi: SamDU, ToshDUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: О‘zXDP MK (О‘zbekiston Xalq demokratik parti­yasi markaziy kengashi) kabi.
50. Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan kо‘rsatiladi: yо‘о‘q , nimaa, himm, ufff kabi.



Download 56,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish