Mirzo Ulugbek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Jurnalistika fakulteti internet jurnalistika yo’nalishi talabasi
Jo’raboyeva Nozimaning
“Elektron axborot vositalari” fanidan yozgan
Oraliq nazorati
8-variant
Teleradioda to’g’ridan-to’g’ri efirga chiqish. Bevosita muloqot.
Radioda satira janrlarining umumiy xarakteristikasi.
Teleradioning marifiy vazifasi.
Javoblar
1 Barcha ommaviy aloqa vositalari , avvalo , televideniye o'z tabiatiga yarasha jamiyatdagi me'yoriy holatlarni qo'llab - quvvatlash uchun o'z ta'sir doirasini kengaytirishga intildi . Kishilarning turli programmalarni muntazam koʻrib borish fakti ularning muayyan birliklari haqida guvohlik beradi , lekin , efirga olib chiquvchi ish jarayonida barchaga alohida e'tiborni his qilgan holda ishlamoq shart . Ko'rsatuvning vazifasi auditoriyaga barcha qimmatli ( umuminsoniy , umumxalq va hokazo ) qimmatli ma'lumotlarni ochiq ko'rsatish , jamiyatga xavf tug'diruvchi qarama - qarshiliklarni , barcha muammolarni hal qilish yo'llarini muhokama qilishidadir . Koʻrsatuvning efirga uzatilishida qancha keng koʻlamda va rang - barang ma'lumot berilsa , shuncha programmalarga boʻlgan e'tibor kuchayadi , ya'ni auditoriyaning hech biri chetda qolmasligi uchun ahamiyat beriladi . Milliy va diniy xususiyatlardan tashqari odamlarning ijtimoiy - psixologik , yoshidagi tafovutlarga qarab ijtimoiylikka e'tibor beradilar . Bundan tashqari televizion kanallar har bir tomoshabinning dunyodagi barcha yangiliklardan xabardor boʻlishdek ehtiyojlarni , ularning muayyan guruhini , aniq qiziqishlarini hisobga olgan holda qondirishadi . Integrativ vazifa efirga uzatiladigan televizion publitsistik , sport , san'at , ko'ngil ochar koʻrsatuvlarda o'z ifodasini topmoqda . U go'yo televideniyening boshqa ( axborot , madaniy - ma'rifiy , tashkilotchilik , ma'naviy va hokazolar ) vazifalarini oʻziga umumlashtirib , qamrab oladi . Jurnalist uchun televideniyening integrativ vazifasini ta'min etishda , avvalo lozim belgi sifatida mavzuga , televizor oldidagi har bir insonga gʻamxo'rlik tariqasida jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda yondashish talab qilinadi .
2.Radiodagi satira komiklik turi, tasvir obyektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglashdir. Voqelikni badiiy aks ettirishning oziga xos usuli bolib, unda jamiyatdagi bemani, asossiz, notogri xodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarni real korinishini o’zgartirib, borttirib, mubolaga qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa kopgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali satira obyektiga ishlov beriladi. Satira muallifi komiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin, biroq salbiy tuye berib, keskin ifodalangan, estetik obyekt xarakterli hisoblanadi.
3.Televideniya ommaviy axborot vositalari va ta’limning nisbatan yangi shakli, jamoatchilik fikrini shakllantirishning kuchli vositasidir. Ko‘plab madaniy tadbirlar ham tashkil etildi, lekin asosiy e’tibor mehnat targ‘ibotiga qaratildi.
O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotida ommaviy axborot vositasi sifatida radio va televideniyening ijtimoiy vazifasini bilish muhim ahamiyatga ega . Ayniqsa jurnalist uchun radio va televideniyening ijtimoiy vazifasini bilish o'zining ma'lum oʻrnini egallashi , o'z kasbiy masalalarini , o'z rolini belgilashi uchun imkon beradi . Jurnalist bir tomondan doim auditoriyaning talabini hisobga olish lozim boʻlsa , ikkinchi tomonda teleko'rsatuv tayyorlovchi tashkilot tomonidan belgilangan maqsadlarga xizmat qilish zarur . Vatanimiz jurnalistikasida an'anaviy tarzda davom etgani kabi , unisi ham bunisi ham qoʻllanib kelingan . Ilgari « < bir yoqlama » jamiyatda nima narsa talab qilinsa , bu talab bugungi kunda ham oʻzgargani yo'q . Ba'zi mamlakatlarda davlat organlarining tijorat telekanallari avvalgi an'analarga muvofiq koʻrsatuv uchun beriladigan litsenziyalar telestansiya egalari oldiga qattiq talablarni koʻyadi , shu jumladan koʻrsatuv tarkibiga oid talablarni , koʻrsatuv beruvchi auditoriyaning faqatgina koʻngil ochishini emas , balki unga axborot yetkazish va ma'naviy yuksaltirish majburiyatini ham oladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |