Muloqotning ta’sirchanligida nutq uslubi. Nutq uslubi ham muloqotda ta’sir doirasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Tinglovchilarning kayfiyati va muloqot jarayoni vaziyatiga qarab nutq uslubi tanlanadi. Biz nutq uslubini tahlil qilishda ierarxik muloqot shaklini o‘rganib, rahbar xodimlar yoki shartli ravishda ustozlar (o’qituvchilar) nutqi misolida kuzatishlar olib bordik. Notiqlar quyidagi uslublardan keng foydalanishadi: 1)rasmiyatchilik uslubi: davlat, hukumat va rahbariyat topshiriqlarini huquqiy-me’yoriy hujjatlar bilan asoslab e’tiborni qozonish. 2)pand-nasihat uslubi: maqol, rivoyat va boshqa vositalar yordamida tinglovchilar diqqati-e’tiborni jalb qilish. 3)iltimos yoki da’vat uslubi: tinglovchilarni maqtash, alqash, iltimos orqali diqqat qozonish. 4)buyruq-po‘pisa uslubi: tinglovchilarni qo‘rqitish, haqorat qilish orqali ularning diqqatini jalb qilish. - Notiqlar keng foydalaniladigan uslublar quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |