Notiq har qanday salbiy axborotni yoki qaltis undovni tinglovchiga beozor va ko‘zlagan maqsadiga mos shaklda yetkazishi muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi. Kaykovusning «Qobusnoma»sida xalifaning tushida barcha tishlari to‘kilib qolganligi haqidagi tushi mutabbirlar tomonidan ikki xil shaklda ta’riflangan. Ulardan biri: «…Sening oldingda barcha yaqinlaring, qarindosh-urug‘laring o‘ladi, sendan boshqa hech kim qolmaydi» desa, ikkinchisi: «…sening umring barcha qarindoshlaring umridan uzoq bo‘ladi» - deydi. Bu ikala jumlada deyarli bir xil ma’no ifodalangan bo‘lsa-da, ifoda topqirligiga ko‘ra ikkinchi javob maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |