Nutqning ta’sirchanligi deganda, biz ko‘proq tinglovchining axborotga bo‘lgan munosabatini – diqqatini, e’tiborini hamda notiqning fikrlarini tan olishni nazarda tutamiz. Shuningdek, muloqot jarayonida berilgan topshiriqning ijrosiga bo‘lgan mayl, axborotning mazmuniga munosabat ham bevosita nutqning ta’sirchanligi orqali amalga oshiriladi. Shu bois ta’sirchanlik ko‘proq og‘zaki nutqda yaqqol seziladi. Nutqning kommunikativ sifatlari uning ta’sirchanligini oshirishga ham xizmat qiladi. Biroq, tom ma’noda nutqning ta’sirchanligini ta’minlashda quyidagi omillarning o‘rni muhimroq, deb bilamiz. 1.Nutq egasining mavqeyi. 2.Nutq uslubi. 3.Nutq toni. 4.Ifoda topqirligi. 5.Nolingvistik omillar (kinetik nutq).
Do'stlaringiz bilan baham: |