Ta’sirchanlikni ta’minlovchi omillardan yana biri nutq tonidir. Tajribali ustozlar muloqotning mazmuniga qarab ovoz kuchini o‘zgartirib turishadi. Nutq jarayonidagi to‘xtalishlar, ovoz pardasining ko‘tarilishi yoki pasayishi tinglovchining diqqat e’tiborini ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, tayanch so‘zlarning mantiqiy urg‘u bilan talaffuz qilinishi maqsadga muvofiq. Besamar baqirishlar orqali hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Ovoz tonini tanlashda tinglovchilarning kayfiyatini hisobga olish juda muhim. Ayniqsa, ziddiyatli vaziyatlarda avvalo past ohangda ta’sirli jumlalardan foydalanish lozim. Muayyan pauzalar ham tinglovchilarni bosiq kayfiyatga keltiradi. Shuningdek, fikrini jamlab, diqqatini to‘plashga xizmat qiladi. Nutqdagi uzun-qisqa pauzalar kuchli bo‘ron oldidan hukm suradigan sokinlikka o‘xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |