2 bob. TEXNOLOGIYA VA TEXNIK IJODKORLIK
MASHG‘ULOTLARIDA O‘QUVCHILARNING GRAFIK BILIMLARI VA
IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
2.1. Texnologiya darslarida o‘quvchilarning grafik madaniyati va
savodxonligini shakllantirish
Mamlakatimizda 2017/18 o‘quv yilidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy qilingan “umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun mehnat (texnologiya) fanidan o‘quv dastur” dagi texnologiya o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarida jumladan quyidagilar keltirilgan:
sodda naqsh elementlarini chiza oladi;
hunarmandlarning sodda ish namunalarini bajara oladi;
kashtachilik yo‘nalishida sodda naqsh elementlaridan iborat kompozitsiyalarni tika oladi...
Ushbu malaka talablarini bajarish, ya’ni o‘quvchilarni sodda naqsh elementlarini chizishga ohgatishda ularda chizmachilik asboblari bilan ishlash va chizma bajarishning boshlanghch ko‘nikmalarini shakllantirish kerak bo‘ladi. Bu ko‘nikmalar grafik madaniyatning asoslaridan hisoblanadi. Ko‘p hollarda texnologiya fani o‘qituvchilarining ushbu ko‘nikmalarni shakllantirishga, ya’ni, o‘quvchilarni chizma asboblaridan to‘g‘ri foydalanishga, chizma bajarishning elementar qoidalarini ohgatmasliklari natijasida o‘quvchilarning chizmalari qo‘pol xatolar bilan bajariladi.
Boshlanghch sinflarda, keyinchalik 9-sinfgacha bo‘lgan davrlarda ham o‘quvchilardan chizmalarni chizma standartlari bo‘yicha bajarishni talab qilish texnologiya darslari va fan o‘qituvchisining vazifasiga kirmaydi. Bu bilimlar o‘quvchilarga keyinchalik chizmachilik darslarida ohgatiladi. Lekin texnologiya □‘qituvchisi o‘quvchilarni chizmachilik asboblaridan to‘g‘ri foydalanishga □‘rgatishi zarur. Bu ishni amalga oshirishni o‘quvchilarni sodda naqshlarni bajarishga ohgatish darslari misolida ko‘rib chiqamiz.
O‘zbek xalq amaliy san’atidagi geometrik naqshlarning ko‘pchiligi aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va uning hosilalari asosida bajariladi. O‘quvchilarga sodda naqshlarni bajarishni ohgatishda dastlab aylanani sodda usullarda teng bo‘laklarga bo‘lishni o‘rgatishdan boshlash mumkin.
O‘qituvchi aylana chizishdan avval o‘quvchilarni sirkulning tuzilishi, uni ishlatish tartibi va detallarining vazifalari bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi. Aylanaga tegishli atamalar - “aylana”, “segment”, “yoy”, “xorda”, “radius”, “diametr” tushunchalarining ma’nolarini o‘quvchilar bilan birgalikda takrorlab o‘tilishi kerak bo‘ladi. Sirkul oyoqchalarining oraligh chizghch bo‘yicha o‘lchab olinadi. O‘quvchilar dastlab o‘zlarining chizmalarida aylana markazlarini belgilab oladilar va aylana chizib unda diametr, segment hamda radiuslarni o‘tkazishni mashq qiladilar. Bunda o‘quvchilarning diqqatini o‘lchamlarni millimetrlarda kohsatish zarurligiga qaratish kerak bo‘ladi. SHundan keyin o‘qituvchi aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish oid sodda usullarni kohsatib beradi va o‘quvchilardan bu mashqlarni ish daftarlariga ko‘chirib olishlarini so‘raydi. Aylanani bo‘linish nuqtalarini turli usullarda tutashtirib, geometrik naqshlar yasash mumkinligini misollar bilan tushuntirib beradi
O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib naqshlar haqida nimalarni bilishlarini aniqlab oladi va naqshlar, ularda ritmning qo‘llanilishini sodda tartibda tushuntiradi. SHundan keyin o‘quvchilar bilan birgalikda naqsh elementlarining takrorlanishini misollarda ko‘rib chiqiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga naqshlarni tushuntirishda quyidagi kabi nazariy ma’lumotlarni aytib o‘tishi zarur:
Naqshlar insonlarning o‘troq turmush tarziga o‘tish davrlari paleolit (qadimgi tosh asri) da paydo bo‘lgan.
Naqshlar hamma davrlarda, jumladan hozirgi vaqtda ham amaliy-bezak san’ati asarlari - loy, shisha, yog‘och, metall, turli to‘qimachilik materiallarini badiiy bezashda asosiy vosita bo‘lib kelgan.
Hamma naqshlarga xos bo‘lgan xususiyat - materialning xossasiga moslik, har bir davrdagi san’atning rivojlanishini aks ettirish. Ko‘pchilik tadqiqotchilar naqshlarni u tegishli bo‘lgan davrdagi turmush tarzini o‘zida ifodalaydi deb hisoblaydilar. Juda qadim zamonlardan bizgacha etib kelgan naqshlarda asliga unchalik ham o‘xshamaydigan turli xil hayvonlar, insonlar, mehnat qurollari tasvirlarini ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar vaqt o‘tishi bilan takomillashib hozirgi ko‘rinishga kelgan.
Qadimgi Misr va SHarq xalqlarida ramziy naqshlar shakllanib rivojlangan. O‘zbekiston hududida ham ramziy raqshlar juda yuksak darajada rivojlangan va ularga misollarni Samarqand, Xiva, Buxoro kabi mamlakatimizning hamma hududlaridagi me’moriy yodgorliklarda ko‘rishimiz mumkin.
Hozirgi davrda naqshlarning geometrik (girix), o‘simliksimon (islimi), kalligrafik kabi ko‘plagan turlari shakllangan. Ular ichida geometrik naqshlar eng qadimiy naqshlar sanaladi. Bu naqshlarda elementlarning ritmik takrorlanishi va ranglar uyg‘uligiga katta e’tibor qaratiladi.
SHundan keyin o‘quvchilar aylanadagi bo‘linish nuqtalarini har xil tartibda tutashtirib, turlicha naqshlar hosil qilishni mashq qiladilar. Keyin ularga quyidagiga o‘xshash naqshlarni bajarishni taklif qilish mumkin
.
O‘quvchilar girixlarni texnologiya mashg‘ulotlarida keyinchalik o‘zlari yasagan turli mahsulotlarni badiiy bezashda qo‘llashlari mumkin. SHuning uchun girix bajarishga qiziqqan o‘quvchilarga turli xil girix namunalarini va ularni bajarish bosqichlari tushuntirilgan shakllarni qo‘shimcha ravishda berish mumkin. Quyida ularga misollar keltiramiz:
O‘quvchilarni naqsh bajarish va uni bo‘yashga o‘rgatishda o‘qituvchi ularning chizma asboblarini to‘g‘ri ishlatishlarini, turli qalinlikdagi chiziqlardan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilib borishi kerak.
Ta’lim jarayonida ob’ektlarning vizual tasvirlari o'zining xilma-xil-ligi bilan ajralib turadi. Bu ob’ektlarning tiplari, xususiyatlari o'rganiladigan fan va o'quv yurtining kasbiy yo'nalishi (texnika, arxitektura, dizayn, san’at, tibbiyot, pedagogika) bilan bevosita bog'liq.
Grafik tasvirlarni tushunish osonligi va yaqqolligi sababli o'quv jarayonida eng samarali pedagogik vosita sifatida keng qo'llaniladi. Har bir pedagog o'zining mehnat faoliyatida sinf doskasida bo'r bilan turli shakllar chizish, ko'rgazmali vositalar tayyorlash, o'zining kabineti yoki o'quv ustaxonasini bezash kabi ishlarga ko'plab duch keladi. Ammo grafika faqatgina o'qitish vositasi bo'libgina qolmasdan umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari bilan bir qatorda oliy o'quv yurtlarida ham alohida fan sifatida keng o'rganiladi. Grafika shartli ravishda ikkita asosiy - texnikaviy va badiiy yo'nalishlarga bo'linadi.
Raqobat va mehnat bozorida mutaxassislarning savodxonligi va madaniya- tiga, xususan grafik madaniyatiga yuqori talablar qo'yila boshlandi. Muhandislik, pedagogika yoki badiiy grafik faoliyat bilan bevosita kasbiy bog'lanmagan har qanday inson ham grafik bilimlarning ma’lum darajadagi minimal bilim va ko'nikmalarini egallagan bo'lishi kerak. Bunga texnik chizmachilikning ko'proq amaliy ahamiyatga ega bo'lgan mavzulari («Ko'rinishlar, qirqim va kesimlar», «Eskizlar», «Yig'ish chizmalari va ularni detallarga ajratish», «Yoyilmalar yasash», «Aksonometrik proyeksiyalar va texnik rasm»), badiiy grafika elementlari (rasm solish ko'nikmasi), «Perspektiva» haqida umumiy tushunchalar, kompyuter grafikasi elementlarini bilish, grafikaning umumiy masalalari va uning hozirgi ahvoli haqida umumiy bilimlarga ega bo'lish kabilar kiradi.
Grafika kishilarda obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, o'quvchilarni estetik va politexnik tarbiyalashda kuchli vosita sifatida ko'maklashadi. Mamlakat aholisining grafik madaniyati uning texnik rivojlanishi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi.
Keng omma o'rtasida grafik bilimlar targ'ibotchisi bo'lgan, umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida grafika fanlari (chizmachilik, tasviriy va amaliy san’at,...) o'qituvchisining grafik bilim, ko'nikma hamda malakalari zamonaviy taraqqiyot hamda mamlakatimiz ta’lim tizimidagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda qanday darajada bo'lishi kerak? Umumta’lim maktablari, kasb hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarida qo'lda chizma va boshqa grafik tasvirlarni hozirgi kunda ham bajarishga o'rgatib borish zarurmi? Kompyuter grafikasi hamda avtomatlashtirilgan loyihalish tizimlari turmushga keng kirib kelayotgan hozirgi kunda umuman grafik tasvirlarni qo'lda bajarishga zaruriyat bormi? Bunga o'xshash ko'plab savollar keyingi vaqtlarda grafika fanlari o'qituvchilari o'rtasida qizg'in munozaralarga sabab bo'lmoqda.
Texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida o'quvchilarning ijodkorlik
qobiliyatlari va grafik savodxonligini shakllantirish
Didaktikada o'quvchilarning individual qobiliyatlari hamda tafakkurini rivojlantirish har bir o'quvchining ijodiy faolligi bilan bog'liq. Ayniqsa ustalik bilan tuzilgan topshiriqlar ijodiy mustaqillikning namoyon bo'lishiga yuqori darajada ko'maklashadi. Bunda o'quvchilar topshiriqni tayyor namunalar bo'yicha bajarmasdan, balki bu jarayonga qandaydir yangilik qo'shib, qo'yilgan masalani yechishda zamonaviy metodikadan foydalanib, o'z mulohazalarini bildirib, o'rganilayotgan hodisadagi o'zlari uchun yangi qirralarni ochadilar. Bunday
sharoitda o'quvchi bilish faoliyatining yangi metodlarini egallaydi. Ijodiy bilish o'rganilayotgan hodisaning yangi qirralarini ochishni, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, o'quv materialini o'rganishning yanada mukammal metodlaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Shu bilan bir qatorda ijodkorlik ko'nikmasi taqlid orqali shakllanishini ham alohida qayd qilib o'tish lozim. O'quvchilarning takrorlash, taqlid qilish kabi faoliyatlari ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishiga ko'maklashadi.
O'quvchining ijodkorligi uning taqlid qilish uchun egallagan bilim va ko'nikmalariga tayanadi va uning masalalar yyechish, topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligida namoyon bo'ladi.
Mustaqil individual ishlarning mustaqillik va ijodiy faollikni oshirishdagi o'rni nimalardan iborat?
Ta’limning sinf-dars shaklini jamoaviy ko'rinishi va o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishning individual xususiyati o'rtasida qarama-qarshiliklar mavjud. Bu qarama-qarshiliklarni yechishga ko'maklashuvchi shartlardan biri - o'quvchilarning individual mustaqil ishlarini tashkil qilishdir.
Individual mustaqil ishlardan maqsad “o'quvchilar bilimini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirish, hamda o'zlari tanlagan muammo va masalalar yuzasidan ijodiy ishga yo'naltirish”dan iborat.
Texnologiya fani mashg‘ulotlari faqat mahsulot yaratishdan iborat emas. O'quvchi buyumlar “yaratish”, narsalar muhitini “tashkil qilish” orqali o'zicha ularga ma’lum funktsional va estetik hususiyatlar beradi, unda buyumlarga nisbatan ma’lum bir munosabat shakllanadi va natijada kishilarga, jamiyatga va mehnatga munosabati shakllanadi.
O'quvchilarning individual qobiliyatlari, layoqatlari turlicha bo'lganligi sababli ularning topshiriqni bajarishga sarflaydigan vaqt miqdori ham har xil bo'ladi. Bu ayniqsa ijodiy topshiriqlar bajarishda yaqqol namoyon bo'ladi. Shunday hollarda topshiriqning modulli bo'lishi “ilgarilab ketadigan o'quvchiga shu sohadan” chuqurroq bilim beradigan, kengroq hajmli topshiriq berishga, “orqada qoladigan” o'quvchiga esa, yengilroq topshiriq berishga imkoniyat
yaratiladi. Har ikkala holda ham ish jarayonida o'quvchi o'zi uchun yangi xususiyatlar kashf etib, estetik zavq oladi.
Bu masalaga o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olib yondashilsa, yaxshi natijalarga erishilishi mumkin.
O'qitishni individuallashtirishdan asosiy maqsad - o'quvchilar bilimida yuzakilik bo'lishiga yo'l qo'ymaslik, ularning har birining iloji boricha sermahsul mehnatini tashkil qilish, qobiliyatlarini kengroq namoyon bo'lishiga erishish kabilardan iborat.
Ta’limning hamma bosqichlarida o'quvchilarga individual yondashish, ayniqsa bilimlarni nazorat va tahlil qilish jarayonida bunga ko'proq sharoit yaratiladi.
Shu sababli ta’lim jarayonining amaliy ahamiyatiga ega bo'lishi, o'qituvchilar har bir o'quvchining individual xususiyatlarini iloji boricha kengroq e’tiborga olishi kerak. Bu, ta’lim jarayonida o'quvchi o'qituvchining ta’sir ko'rsatish ob’ekti sifatida emas, balki bilim olish jarayonining faol ishtirokchisi bo'lishi zarur, demakdir.
Har bir o'quvchining individual xususiyatlarini namoyon qilishga ko'maklashadigan mustaqil ishlarni to'g'ri tashkil qilish o'qituvchining mahoratiga bevosita bog'liq. Mustaqil ishlarda o'quvchilarning individual xususiyatlari yorqin namoyon bo'ladi, o'qish jarayonida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni to'g'rilash imkoniyati ham katta.
O'quvchilarda o'qishga qiziqishni orttirish, ularning tabiiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish ijodkorligini rivojlantirish uchun texnologiya fanining asosiy bo'limlari bo'yicha yangicha shakldagi topshiriqlar tuzish muammosi vujudga keladi. O'quvchilarda grafik savodxonlikni, ijodkorlik va loyihalash (konstruktsiyalash) qobiliyatlarini shakllantirish uchun fan bo'yicha tuzilgan topshiriqlar quyidagi zamonaviy talablarga javob berishi lozim:
Topshiriqlar mazmuni o'quvchilarda ijodkorlik va loyihalash bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilib asosan amaliy mashg'ulotlar shaklida tashkil qilinishi kerak.
Amaliy mashg'ulotlardagi topshiriqlar o'quvchilarning individual qiziqishlari, qobiliyatlari, ijodkorlik va konstruktsiyalash elementlarini kiritish imkoniyatlarini hisobga olib, ularga ruhiy (o'yin elementlari mavjudligi, fazoviy tasavvurlarini o'stiradigan, topshiriqning originalligi, chiroyliligi va hakozo) ta’sir ko'rsatishi kerak.
Topshiriq estetik, gumanitar va politexnik yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Topshiriq tuzilishi modulli bo'lishi kerak.
O'quvchiga topshiriqni bajarish foydaliligi va uni bajarishda egallagan bilim va ko'nikmalardan kelgusi ish faoliyatida, turmushda foydalanish ishkoniyatlari ayon bo'lishi kerak.
Topshiriq maktabda o'qitiladigan boshqa fanlar bilan bog'liq bo'lishi kerak.
Topshiriqni bajarishda milliy xalq amaliy san’ati va grafik elementlaridan keng foydalanish imkoniyati yaratilishi kerak.
Quyida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va
rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |