O'quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish mundarija



Download 0,9 Mb.
bet2/14
Sana23.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#695058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O\'quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish mundarija

Mavzuning dolzarbligi o‘quvchilar maktabda texnologiya fanini o‘rganishda turli xil chizmalar (texnologik karta, detallarning yaqqol tasvirlari,...) kabi murakkab bo‘lmagan chizmalarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida dars mavzusiga bog‘liq holda ancha murakkab bo‘lgan chizmalar - model va maketlar, loyihalash elementlari bilan bog‘liq chizmalar bilan ham ish ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik ularning grafik madaniyatining shakllanganlik darajasi, chizmalarni savodli va standart talablariga amal qilgan holda bajarishlari kabi ko‘plagan omillar bevosita ushbu bo‘limlarga oid chizmalarni bajarishni qanday o‘zlashtirganliklariga bog‘liq.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun texnologiya darsligining tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu bodimlarning mavzularida chizma bajarishga oid ma’lumotlar juda qisqa yoritilgan, darslikda keltirilgan ma’lumotlarning amaliy qo‘llanilishi bo‘yicha materiallar juda kam. SHuning uchun ham ushbu mavzular fanni o‘rganishdagi eng avvalgi mavzularini e’tiborga olib, fan o‘qituvchisi ular bilimlarni amaliy ahamiyatlarini tushungan holda o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida mustaqil ravishda qo‘shimcha materiallarni izlab topishi hamda ulardan darslarda o‘rinli foydalanishiga to‘g‘ri keladi.
YUqorida bildirilgan mulohazalarni e’tiborga olib biz bitiruv malakaviy ishimizda texnik ijodkorlik va texnologiya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning grafik bilimlar bazasini kengaytirish hamda ularning o‘quv jarayonida grafik madaniyati va savodxonligini rivojlantirish masalalarini o‘rganishga harakat qildik. Ushbu rejalashtirilgan vazifalarni bajarish maqsadida bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini “Texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning grafik savodxonligi va madaniyatini rivojlantirish” deb tanladik.
Muammoning o'rganilganlik darajasi. Chizmachilik, chizma geometriya va grafika yo‘nalishidagi fanlarning O‘zbekistonda shakllanib, rivojlanishida Rossiya, Ukraina va Belorus olimlarining ta’siri va hissalari katta bo‘lgan. O‘tgan asrning 30-yillari, o‘rtalari va undan keyingi davrlarda ham O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida shu erlik grafik olimlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib borganlar hamda mahalliy olimlarning etishib chiqishiga amaliy yordam ko‘rsatganlar. Mamlakatimizda chizmachilik va chizma geometriyaning shakllanib rivojlanishida rus olimlaridan A.D.Botvinnikov, V.N.Vinogradov, I.S.Vishnepolskiy, S.I.Dembinskiy, S.K.Bogolyubov kabi olimlarning xizmatlari katta bo'lgan. O'zbek olimlaridan R.Xorunov, Yu.Qirg'izboev, A.Akbarov, I.Rahmonov, J.YOdgorovlar mamlakatimizda grafika fanlari bo'yicha dastlabki olimlar hisoblanadilar. Hozirgi kunda SH.Murodov, P.Odilov, A.Umronxo'jayev,

  1. Rahmonov, P.Odilov, E.Ro'ziyev, D.Qo‘chqorova, A.Ashirboyev, A.Valiyev kabi olimlar respublikamiz ta’lim tizimida chizmachilik fani va uni o'qitish metodlarini takomillashtirish sohasida izlanishlar olib bormoqdalar.

O‘quvchilarning texnologik ta’limi, texnik ijodkorlik yo‘nalishlarida respublikamiz olimlaridan Muslimov N., SHaripov SH., Xodjabaev A., Olimov Q.T., Uzoqova L.P., Halimov E., Turakulov X. kabi olimlarning ilmiy va ilmiy- metodik ishlari alohida ahamiyatga ega.
Bevosita o'quvchilarga texnologiya va texnik ijodkorlik mashg‘ulotlarida □‘quvchilarning grafik bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot ishlarini uchratmadik.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish