Ijod va ijodkorlik faoliyati. Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo'lgan ko'pgina muammolar yuzaga keladi.
Insonlar, odatda, o'z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba’zilar o'z intuitsiyasiga tayangan holda echimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o'zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o'z muammolari echimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo echimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo'lmagan qismigina o'z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida echadilar.
Ijodkorlik metodlari o'z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san’ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar yaratish bo'yicha aniq masalalarlarni o'z ichiga oladi. Navbatdagi muammo yuzaga keladi - ijodkorlik faoliyatini qaerda o'rganish mumkin?
Bundan 10-20 yillar avval ijodkorlik metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini echish nazariyasi bo'yicha mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional-qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, fikrlashni faollashtirish metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo'limlarida tanishish mumkin edi. Hozirgi kunda bu ilmiy yo'nalish bo'yicha etarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Kitoblardan tashqari ko'pgina maktablar va oliy ta’lim muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. SHunday bo'lsa-da, ko'pgina ta’lim oluvchilar ijodkorlik metodlari bilan tanishish, ularni madaniyatning turli sohalarida muammolarni echishda qo'llashga o'rganish imkoniga ega emas edilar. Nega? CHunki talabalar uchun ijodkorlik nazariyasining yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limlarini, asosiy metodlarini o‘zida birlashtiradigan qodlanma mavjud emas edi.
Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati turlarini tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini mutolaa qilish, reklama e’lonini yaratish, fizika bo‘yicha masala echish, o‘qilgan matn asosida hikoya tuzish, pardoz qilish. Bu sizda qanday sifatlarni shakllantiradi? Ijodkorlikka faoliyatning mavjud bodgan namunalaridan nusxa olmaydigan va bajarish jarayonida inson o‘zi uchun yoki boshqalar uchun yangilik yaratadigan turlari kiradi. SHunday qilib, ijodkorlik - bu ob’ektiv (hamma uchun) yoki sub’ektiv (o‘zi uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni.
Har bir insonga ijodkorlik faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma ham ob’ektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo‘lib ishlashidan qat’iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni
modellashtirishi, o‘z farzandlarini tarbiyalashi, ko‘pgina uy ishlarini bajarishi va xo‘jalik muammolarini echishiga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun javob bir xil, ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur.
Qanday metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo‘llash yoki qo‘llamaslik - bu uning tanlash huquqi.
Ma’lumki, reproduktiv qobiliyatlar ma’lum chegaragacha rivojlanadi. Biz ip bog‘lash, nonga yog‘ surishni qanchalik mashq qilmaylik, ertami kech biz undan boshqa o‘zib keta olmaydigan oxirgi darajadagi tezlikka erishamiz. Ijodkorlik qobiliyatlari olimlarning isbotlashiga ko‘ra, chegaraga ega emas, insonda ularni rivojlantirish xohishi bor ekan, ular rivojlanaveradi. Xulosa oddiy: ijodkorlik faoliyati o‘zimizga, to‘g‘rirog‘i, nasliy qobiliyatlar va ish qobiliyatlarimizga bog‘liq. Aynan ish qobiliyati insonning hayot faoliyati davomida erishilgan faoliyati natijalarini aniqlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, inson yuksak ish qobiliyati va zarur genetik qobiliyatlarsiz erisha olmaydigan maqsadlar yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |