O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi



Download 232,96 Kb.
bet13/39
Sana23.03.2023
Hajmi232,96 Kb.
#920799
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
5 7 sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar

“Ko’zgu”

Maqsad.
O’z his-tuyg’ularini turli yo’llar bilan ifoda etishga,
shuningdek, boshqaning kayfiyatini his qilishga o’rganish.
O’yin bayoni. Ishtirokchilar ikki kishidan bo’lib guruhlarga ajraladilar,
ularning har biri navbatma-navbat ikkinchi odamning tuyg’ulari va
emotsiyalarini aks ettiruvchi "ko’zgu" rolini o’ynaydi.
Ko’rsatma. “Endi biz “Ko’zgu” o’yinini o’ynaymiz. Juftlikka bo’lining,
bir-biringizga ro’parama-ro’para turing. Sizlardan biringiz “ko’zgu”
bo’lasiz, boshqangiz turli xil tuyg’ular va emotsiyalarni namoyon qilishingiz
zarur. “Ko’zgu”ni o’ynagan ishtirokchi sherigining harakatlarini aniq
takrorlaydi.”

“Kayfiyatni chizing”

Maqsad.
O’z his-tuyg’ularini rasm orqali ifoda etishni o’rganish.
O’yin bayoni. Bolaga qog’ozda qalam yoki bo’yoqlar bilan kayfiyatini
ifodalashini, ya’ni o’z kayfiyatini chizishini taklif qiling.
Ko’rsatma. “Bugun noodatiy kun va g’ayrioddiy vazifa. Endi biz kayfiyatni chizamiz. Biz sen bilan buni hali qilmadik, to’g’rimi? Kel, shuni
bajarishga harakat qilamiz! Qog’oz, qalam yoki bo’yoq olamiz, o’z
kayfiyatimizni aniqlaymiz va uni chizishni boshlaymiz!”

Muammoni hal qilish.

Maqsad.
Psixologik noqulaylikni, tajovuzni yo’q qilish, boshqa odamning
qarashlarini tushunish va hisobga olish ko’nikmasini shakllantirish,
salbiy his-tuyg’ularning xavfsiz namoyon bo’lishi.
O’yin bayoni. Bolalarni ajoyib til haqida ayting, unda siz o’zingiz
xohlagan narsani – yomonni ham, yaxshi narsani ham aytishingiz,
urushishingiz va yarashishingiz mumkin. Ushbu til “muammoni hal qilish” deb
nomlanadi. Har kim buni juda oson o’rganishi mumkin.
Ko’rsatma. “Muammoni hal qilish”da gaplashishga o’rgating: “Bilaman, biz hozir janjallashib qoldik va sen o’z his-tuyg’ularingni bosib turishga harakat qilyapsan. Shu bilan birga men ham. Kel, ularni hamma-hammasini aytish mumkin bo’lgan yashirin tilda ifodalashga harakat qilaylik! Yomonini ham, yaxshisini ham. Keyin esa yarashamiz! Bu tilni o’rganish juda oson – shunchaki xayolotni yoq!
Buni qanday qilayotganimni ko’r: “Harr! YA-ya-ya-ya! Kuzdra-shuzdra! Tratt!
Tratt! Tratt! Durrr! Murrr! Furrr!.

Oila rasmi” metodikasi


Tadqiqot uchun - oq qog’oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko’k, yashil, sariq, jigarrang), o’chirg’ich zarur. Bolaga qo’yidagicha ko’rsatma beriladi: “Iltimos, o’z oilang rasmini chiz”. Bunda “oila” so’zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so’rasa, psixolog ko’rsatmani qayta takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko’pincha 35 daqiqadan oshmaydi).
Vazifa bajarib bo’lingach, psixolog verbal yo’l bilan iloji boricha ko’proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:
1. Ayt-chi, bu yerda kim tasvirlangan?
2. Ular qaerda tasvirlangan?
3. Ular nima qilishayapti7
4. Buni kim o’ylab topdi?
5. Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?
6. Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin emas. Chunki u hissiyotlar bilan bog’liq.
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:
- agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo’lsa unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini; rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha, to’g’ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaktsiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko’pincha bunday hollarda proyektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, “agar qushcha o’rniga odam rasmi chizilgan bo’lsa, u kim bo’lishi mumkin?”, “Akang bilan musobaqalashsang kim yutgan bo’lardi?”, “Biror yerga bormoqchi bo’lsa, akang o’zi bilan kimni olib ketar edi?”).
Suhbatdan so’ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan:
1. Tasavvur qilaylik, tsirkka 2 ta chiptang bor. Kimni o’zing bilan birga tsirkka taklif qilar eding?
2. Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo’lib uyda qoladi. U kim?
3. Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?
4. Senda qiziqarli filьmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?
5. Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u yerda kim bilan yashashni xohlarding?
6. Senda qiziqarli loto o’yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o’ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o’ynamaydi?

Download 232,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish