Trener xulosasi: Demak, bir-birimizni to‘g‘ri tinglab, suhbatlashishimiz zarur. Shuningdek, murosa qilish yo‘llarini qidirishimiz kerak. Murosa – bu ikkala tomon uchun ham kelishishning eng yaxshi oltinga teng qoidasi.
Shaxsda kirishimlilikni aniqlashtiruvchi test
№
|
Savollar
|
Ha
|
Yo‘q
|
|
Tengdoshlaringiz bilan oson til topishasmzmi?
|
|
|
|
Bahs-munozaralarda tez-tez ishtirok etasizmi?
|
|
|
|
O‘zingizdan kattalar bilan muomala qilishni yoqtirasizmi?
|
|
|
|
O‘qib chiqqan kitobingizni muhokama qilishni yoqtirasizmi?
|
|
|
|
So‘zlashuv-suhbatlarda bemalol ishtirok etasizmi?
|
|
|
|
Bolalar bilan oson til topishasizmi?
|
|
|
|
Suhbatni birinchi boshlashing mumkinmi?
|
|
|
|
Yangi insonlar bilan uchrashishni yoqtirasizmi?
|
|
|
|
Har qanday suhbatni qizitib turishingiz mumkinmi?
|
|
|
|
Tomosha qilgan filmingizni muhokama qilasizmi?
|
|
|
|
Keksalar bilan yaqin til topishasizmi?
|
|
|
|
Hayotiy sarguzashtlaringiz haqida ko‘pincha aytib berasizmi?
|
|
|
Ha – 1 ball, Yo‘q – 0.
Kalit:
8 – 12. Siz juda kirishimli, dilkash insonsiz. Yangi tanishuvlar Sizni qiziqtiradi. Siz bahslarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz.
4 – 7. Siz yetarli darajada kirishimli insonsiz, yangi, hali o‘rganilmagan narsalarga qiziqasiz.
0 – 3. Sizga ko‘proq badiiy adabiyot o‘qish tavsiya etiladi. Ehtimol, Siz kamroq muloqot qilasiz va biroz uyatchansiz.
Trener uchun: ishtirokchilar ushbu test savollariga javob berib bo‘lgach, trener javob ballarini qanday hisoblashni tushuntiradi va umumiy javobni o‘qib eshittiradi.
“Tengdosh–tengdoshga: tengqurlar orasidagi nizolarda aralashish, yarashtirib qo‘yish”.
Trener quyidagi matnni ishtirokchilarga o‘qib beradi:
“Tengdosh–tengdoshga: tengqurlar orasidagi nizolarda aralashish, yarashtirib qo‘yish” – bu o‘smirlar ishtirokidagi nizolarni hal etishda tengqurlar orasida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan uchinchi shaxs1 tomonidan tomonlarni yarashtirib qo‘yadigan o‘rtada turuvchi “tengdosh–tengdoshga” tamoyiliga amal qilib yordam berishi tushuniladi.
Bugungi kunda nizo paytlarida ya’ni, ikki tomon o‘rtasida tengsizlik vaziyatida, huquqbuzarlikda ayblanuvchi va jabrlanuvchilarni kelishtirib qo‘yish, yarashtirishdan keng foydalaniladi. Shuningdek, kichik vaziyatlarni hal etishda ham samarali foydalanib kelinmoqda. Masalan, mayda o‘g‘irliklar, davlat mulkiga zarar keltirishda, haqoratlash va boshqa shunga o‘xshash bezoriliklar.
“Yarashtirib qo‘yish” mashqi.
Trener ishtirokchilarni 3 kishidan iborat guruhlarga bo‘ladi. Har bir guruh 5 daqiqa davomida bittadan o‘zlari kundalik hayotida, maktabda, litsey va kollejda tengqurlari orasidagi nizoli vaziyatni yaratadi. (masalan, maktabda o‘tkazilayotgan tadbirda joy talashib qolish, maktab oshxonasida navbat talashib qolish va hokazo vaziyatlar bo‘lishi mumkin). Guruhlardagi 2 nafar ishtirokchi bahsga kirishadi, uchinchi ishtirokchi o‘rtada turuvchi –yarashtirib qo‘yadigan odam rolini ijro etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |