O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Nurash» va «Qo‘riqxona» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. 
Javob:
Nurash
deb, haroratning o‘zgarishi, kimyoviy jarayonlar, atmosfera, suv va 
organizmlar ta’sirida tog‘ jinslarining yemirilishiga aytiladi. Nurash uch turga 
ajratiladi: fizik, kimyoviy va organik nurash.
Qo‘riqxona
– har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan, tabiat komponentlari va 
landshaftlar qonun asosida qat’iy muhofazaga olingan joy.



3. Dunyoning siyosiy xaritasidan Vest-Indiyani ko‘rsating. Vest-Indiyadagi 
davlatlardan hududining kattaligi bo’yicha eng yirigi qaysi? Ushbu davlat 
poytaxtining geografik koordinatalarini aniqlang.
 
Javob: 
Vest-Indiya uchta yirik arxipelagdan iborat: Karib dengizining shimoliy chegarasi 
bo‘ylab cho‘zilgan Katta Antil orollari (eng yiriklari - Kuba, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko), 
Karib dengizining sharqiy va janubi-sharqiy chekkasidagi Kichik Antil orollari hamda Katta 
Antil orol laridan shimolda joylashgan Bagama orollari. Vest-Indiyaning umumiy maydoni 
245 ming km

atrofi da bo‘lib, shundan 216 ming km
2
ni Katta Antil orollari egallaydi. 
Kichik Antil va Bagama orollarining maydonlari esa deyarli bir xil bo‘lib, har ikkala 
arxipelagga 14 ming km
2
dan ziyodroq hudud to‘g‘ri keladi

Vest-Indiyada maydoni 
bo’yicha eng yirik davlat Kuba bo’lib, 
uning geografik koordinatalari: 23°15' shimoliy 
kenglik hamda 82°25' sharqiy uzoqlik hisoblanadi. 
7-BILET 
1.
 
Geografiya antik davrda va O‘rta asrlardagi rivojlanishi. 
Javob: 
Qadimgi yoki antik davr bosqichi. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan 
joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va 
tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki geografik bilimlar to‘planib 
borgan. Er. avv. 2-ming yillikda f nikiyaliklar O‘rta dengizdan Gibraltar bo‘g‘izi 
orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha suzib borganlar. Shu 
paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan. Bu davrda yunonlar va rimliklar 
o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham 
tuzdilar. Gomer er. avv. XII asrda O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo 
xari tasini tuzdi. Pifagorning shogirdlari er. avv. VI asrda Yerning sharsimonligini 
aytdilar. Aristotel, er. avv. IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari 
mavjudligini mantiqiy jihatdan isbotladi. Olamning markazida Yer turadi degan 
geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er. avv. III asrda birinchi bo‘lib Yerning 
kattaligini o‘lchadi va “Geografika” nomli kitobini yozib, geografya fanining 
mustaqil fan bo‘lib chiqishiga asos soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik 
“Geografiya” asarini yozdi va xaritalarni tuzishda kartografiya proyeksiyalar va 
daraja to‘rini ixtiro qildi, dastlabki “Atlas”ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 
jilddan iborat “Geografya” asarini yozdi. Bu bosqichning asosiy natijalari: geografiya 
fani vujudga keldi va “geografiya” nomli kitoblar yozildi, dunyo xaritalari tuzildi, 
geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi, Yerning sharsimonligi mantiqiy 
isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi. O‘rta asrlar bosqichi. Bu davrda geografiya, 
umuman, ilm-fan, asosan Sharqda, xususan, O‘rta Osiyo, Misr, Eronda rivojlandi. 
Geografiya fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografya, geodeziya yo‘nalishida 
rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon ekanligini 
isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. “Surat-al-Arz” nomli kitob 
yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi. Geografya fanining rivojida Abu Rayhon 


10 
@geografiya_test_video_slayd
 
Beruniyning xizmati beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12 
tasi geodeziya, 4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va 
hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning 
sharsimonligini isbotlash va tushuntirishda, Shimoliy yarimshar tabiatini o‘rganishda 
tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan farq qilib olamning 
geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa qo‘shgan. Abdurazzoq 
Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston, Arabiston dengizi haqida 
boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya, iqlimshunoslik gidrologiya 
fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv sarf ni o‘lchaydigan “Nilometr” 
asbobini yaratib, daryolarning suv sarf ni o‘lchash va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri 
rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom tomonidan ko‘plab xarita lar tuzildi. 
Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha davrdagi geografik bilimlar 
ensiklopediyasini tuzdi. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asari orqali 
geografiya faniga katta hissa qo‘shdi. Bu davrda yevropaliklar ham sayohatlar 
uyushtirib, geografik bilimlarning boyishiga sezilarli hissa qo‘shdilar. 982-yil Erik 
Rauda Grenlandiyani, uning o‘g‘li Leyve Eriksson esa Shimoliy Amerikaning 
shimoli-sharqiy sohillarini o‘rgandi. 1271–1295-yillarda venetsiyalik Marko Polo 
Xitoyga safar uyushtiradi va uning ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida 
tasvirlanmagan joylarni to‘ldiradi. 1466–1472-yillarda A. Nikitin Hindistonga 
sayohat qilib “Uch dengiz osha sayohat” asarini yozadi. Bosqichning asosiy 
natijalari: Yerning shakli va o‘lchamlari aniqroq o‘lchandi, geodeziya, kartografiya, 
gidrologiya, iqlimshunoslik fanlari shakllandi va rivojlandi, o‘lkashunoslik va 
mamlakatshunoslikka bag‘ishlangan yirik asarlar yozildi, Sharq, xususan, O‘rta 
Osiyo geografiyasiga asos solindi. 

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish