O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Geoid» va «Qor chizig‘i» atamalarining mazmun-mohiyatini tushuntiring. 
Javob
:
Geoid
(yunocha ge – Yer, idos – ko‘rinish, qiyofa, ya’ni “Yer ko‘rinishida”, 
“Yerga o‘xshash” ma’nolarini bildiradi) – Dunyo okeani suv sathining tinch va 
muvozanat holatida turganidagi sathiy yuza va ushbu yuzani quruqliklarning tagidan 
farazan davom ettirganda hosil bo‘lgan qabariq yuza. Bu yuza hamma joyda og‘irlik 
kuchi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi.
Qor chizig‘i
– tog‘lardagi shunday chegaraki, undan balandda qor yil bo‘yi erimay 
turadi.
3.
 
O‘zbekiston siyosiy-ma’muriy xaritasidan birdaniga uchta davlatga 
chegaradosh bo‘lgan viloyatlarni ko‘rsating. Ularning qaysi biri ekvatorga 
yaqinroq joylashgan? Ushbu viloyat markazining geografik koordinatalarini 
aniqlang. 
Javob: 
Toshkent, Surxondaryo viloyatlari uchta davlat bilan chegaradosh. Ular 
ichida Surxondaryo viloyati ekvatorga yaqin joylashgan bo’lib, markazi Termiz 
shahrining geografik koordinatalari: 36°45' shimoliy kenglik, 67°30' sharqiy uzoqlik
 
3-BILET 
1.
 
Yerning shakli va uning geografik oqibatlari. 
Javob
:
Yer hech bir geometrik shaklga yoki jismga o‘xshamaydi. Yer yuzasida 
geodezik-kartografik ishlarda geoidni o‘lchash va hisoblash qiyin bo‘lganiuchun, 
o‘lchash, hisoblash va tasvirlash oson bo‘lgan shar yoki ellips shaklida deb qabul 
qilinadi
Yerning shakli va o‘lchamlarining Geografik ahamiyati quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi: 
- Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ekvatordan qutblarga 
tomon qonuniyatli o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa Geografik zonallik 
qonuniyatini yuzaga keltirgan; 
- Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to‘playdi va quyuqlashtiradi. 
Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismida turli zichlikka ega qobiqlar 



hosil bo‘ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir; 
- Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi 
makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi; 
- Yerning haqiqiy shakli – geoidning shardan og‘ishi Yer ichidagi moddalarining 
muvozanatga intilishi tufayli yer po‘stida ko‘tarilishlar va cho‘kishlar, yer yoriqlari 
yuzaga kelishiga, oqibatda relyefning o‘zga rishiga sabab bo‘ladi. Relyef va tektonik 
harakatlar geografik qobiqda azonallik qonuniyatini yuzaga keltiruvchi omillardir. 
Zonallik va azonallik qo nuniyatlarining bir joyda va bir paytda namoyon bo‘lishi 
Yer yuzi tabiatining turli-tuman bo‘lishini keltirib chiqargan; 
- Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z 
atrofida havo va suvni ushlab turishini ta’minlagan. Yer yuzasidagi atmosfera 
bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv 
bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab 
turishda atmosfera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan 
kelayotgan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda 
katta issiqlik manbayidir.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish