Mustaqillik-har qanday davlatning eng muhim belgisidir. Asosiy Qonunimizda uning axamiyatiga alohida urg’u berilgan. O‘z istiqloli va mustaqilligini har tomonlama mustahkamlab borayotgan Respublikamiz ayni paytda sobiq ittifoq xududida iqtisodiy aloqani saqlab qolish da’vati bilan chiqdi. Shu munosabat bilan 1992 yil 21 dekabrda Alma-ota shahrida ilgari ittifoq tarkibiga kirgan 12 ta mustaqil davlat bilan MDH ga a’zo bo‘lish to‘g’risidagi hujjatga imzo chekildi.
O‘zbekiston MDX faoliyatida, davlatlar boshliqlari, barcha kengashlari, turli davlatlararo organlar, Birlashgan Qurolli Kuchlar Bosh qo‘mondonligi ishlarida faol qatnashmoqda.
1991 yil 31 avgustda Respublika Oliy Kengashining sessiyasida I.A.Karimovning ma’ruzasi bo‘yicha O‘zbekistonning “Mustaqilligi asoslari to‘g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni qabul qilindi.
Prezidentimizning taklifi bo‘yicha Konstitutsiyasiga 26-modda (aybsizlik prezumpsiisisi) 42 (ijod erkinligi), 46 (xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi), 3 (Oliy xo‘jalik sudi to‘g’risida) va boshqa bir qotor moddalar kiritildi.
Qat’iy qilib aytish lozimki, Konstitutsiyasi loyihasining ishlab chiqarilishi Prezidentimiz sa’y-harakatlari mevasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – bu O‘zbekiston xududida yaratilgan birinchi tom ma’nodagi mustaqil davlatning birinchi asosiy qonunidir. Prezidentimizning iborasi bilan aytganda, - bu Konstitutsiyasi o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g’oyasiga ko‘ra tamomila yangi hujjat. Unda kommunistik mafkura, sinfiylikdan, eskicha partisiviylikdan asar ham yo‘q. Konstitutsiya jamiki dunyoviy qadriyatlar orasida eng ulug’i- Inson degan fikrni ilgari surdi va shu asosida «fuqaro-jamiyat-davlat» o‘rtasidagi oqilona huquqiy yechimini topishga intiladi.
1992 yilgi O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasining tayyorlanishi, umumxalq muhokamasidan o‘tkazilinishi va qabul qilinishi.
Konstitutsiya konsepsiyasining ishlab chiqilishi va loyihaning tayyorlanishi to‘g’risida albatta, har bir o‘qituvchi va talaba qolaversa, hamma O‘zbekiston fuqarolari xabardor bo‘lmog’i lozim.
1991 yilning boshida Konstitutsiyaviy komissiyasi bo‘lajak Konstitutsiya konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ish boshladi. O‘zFA falsafa va huquq instituti, Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti, Respublika Prezidenti Devoni Konstitutsiyasi konsepsiyasi ustidan ish olib bordilar. Ishlab chiqarilgan turli konsepsiyalar asosida yagona mukammal konsepsiya yaratildi.
Ishchi guruh konsepsiya asosida 1991 yilning noyabrida yangi Konstitutsiya loyihasining dastlabki, yani birinchi variantlarini tayyorladi. U muqaddima va 158 moddadan iborat edi. 1992 yilning bahorida loyihaning ikkinchi varianti ishlab chiqildi.
Konstitutsiya komissiyasining raisi I.A.Karimov ikkinchi loyihani aniq va prinsipial tarzda taxlil qilib chiqdi. Taxrir qilingan loyiha 137- moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, loyihaning uchinchi varianti ham Prezident tomonidan taxrir qilinib, u 128 moddani tashkil etdi.
1992 yil 26 sentyabrda Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
1992 yil 21 noyabrda Konstitutsiya loyihasi keyingi muhokama uchun yana matbuotda e’lon qilindi. Loyihaning bu variantida mamlakatimiz oddiy fuqarolarning ko‘plab taklif va mulohazalari hisobga olindi. Demak, loyihani muhokama qilish 2 bosqichga o‘tdi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1992 yil 7 dekabrda bo‘lib o‘tgan oxirgi Majlisida loyiha ko‘pchilik tomonidan maqullanganligi ta’kidlandi. Muhokama davomida 6000 dan ziyod mulohaza va taklif qabul qilindi. Ular har tomonlama o‘rganildi va taxrir qilindi.
Konstitutsiyaviy Komissiya raisi I.A.Karimov shunday deydi: «Uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishladik. U ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o‘tdi, xalqning fikr-xazinasi durdonalari bilan boyitildi, sayqal topdi.»3
1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning XII – chaqiriq 11-sessiyasi bo‘lib, unda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilish haqida»gi masala ko‘rildi.
Sessiyada deputatlar loyihaga 80-ga yaqin o‘zgarish, qo‘shimcha, va aniqliklar kiritildi va bir ovozdan qabul qilindi.
Shunday qilib, suveren demokratik O‘zbekiston Respublikasining birinchi mustaqil Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Yangi Konstitutsiya eskisidan farq qilib, muqaddima bilan boshlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun 8 dekabr - bayram, dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |