Mendeleyev hayoti va ilmiy faoliyati. Davriy qonun va davriy sistemaning ahamiyati. Dimitriy Ivanovich Mendeleyev 1834-yil 27-yanvar (8-fevral)da Tobolsk shahrida gimnaziya direktori oilasida tug’ildi.U Tobolsk gimnaziyasini tugatib, Peterburg pedagogika institutida o’qidi va uni 1855-yilda oltin medal bilan tamomladi. 1859-yilda “Solishtirma hajmlar” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgandan keyin ikki yil davomida chet elda ilmiy safarda bo’ldi. Xorijdan qaytgandan keyin 33 yil davomida, dastlab Peterburg Texnologiya institutida, keyin Peterburg Universitetida professor lavozimida ilmiy va pedagogik ish olib bordi. 1869-yilda D.I.Mendeleyev davriy qonunni kashf etdi va kimyoviy elementlar davriy sistemasini yaratdi. U “Spirtning suv bilan birikishi” va “Eritmalarni assotsiatlar sifatida tushunish “ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. D.I.Mendeleyevning ilmiy faoliyati juda ko’p qirrali bo’lib, uning pedagogik merosi o’ziga xos qiymatga ega. U 1861-yilda organik kimyodan birinchi darslikni yozdi. Ayniqsa ,uning 2 tomonlik “Kimyo asoslari “ asari kimyogarlarning bir necha avlodini tarbiyalash uchun xizmat qildi. Mashhur rus olimi L.A.Chugayevning ta’ biri bilan aytganda “D.I.Mendeleyev genial kimyogar, birinchi darajali fizik, gidrodinamika, metrologiya, geologiya,kimyo texnologiyasining turli sohalarida unumli izlanish olib brogan olim, kimyo sanoatini mukammal biladigan ajoyib mutaffakkir” bo’lgan. U Rossiya kimyogarlar jamiyatini tuzgan (1868 ) tashabbuskorlardan biri edi. Hozir bu jamiyat D. I. Mendeleyev nomi bilan ataladi.Elementlar davriy jadvali har bir kimyoviy element haqida atroflicha ma’lumot olishga muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy elementlarning juda ko’p xossalarini ularning davriy jadvaldagi o’rniga qarab aytib berish mumkin.Elementning tashqi qavaqtidagi elektronlar soniga qarab, bu elementning metal yoki metallmas ekanligini, kislorodga nisbatan yuqori valentligini, vodorod bilan uchuvchan birikmasi va bu birikmadagi valentligini aniqlash mumkin. Kimyoning fan sifatida shakllanishida davriy qonunning ijobiy ta’siri juda kata bo’ldi. 1) Atomlarning ichki tuzilishini bilishga va atom energiyasidan foydalanishga yo’l ochildi.2) Kimyoviy elementlarni kashf qilishda ularni qaysi minerallardan izlash kerakligini aniq reja asosida tashkil etish yuzaga keldi.3) XX asrdagi kimyo va fizika fanlaridagi kashfiyotlar uchun bosh omil bo’ldi.4) Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv izotoplardan texnikada, tibbiyotda, qishloq xo’jaligida keng foydalanishga imkon yaratildi. Davriy qonun va kimyoviy elementlarning davriy sistemasida tabiatdagi rivojlanishning umumiy ob’yektiv qonuniyatlari o’z isbotini topgan, chunonchi;a) Atomlar yadro zaryadlarining ortib borishi va tashqi energetik pog’onalarda valent elektronlar sonining ortib borishi bilan elementlar xossalarining o’zgarisi, tabiat rivojlanishining umumiy qonuni -- miqdor o’zgarishlarining tub sifat o’zgarishlarga o’tish qonuning yaqqol isboti hisoblanadi. b)Atom yadrosida musbat zaryadlangan zachalar, ularning atrofida esa manfiy zaryadlangan zarrachalarning bo'lishi ikki qarama-qaqrshi zaryadli zarrachalarning ma’lum miqdoriy nisbatlari tufayli atom mavjud ekanligi tabiatning yana bir qonuni-- qarama qarshiliklar birligi va ularning kurashi qonuninig yaqqol tasdig’idir.d) Har bir davr ishqoriy metallardan boshlanib inert gaz bilan tugaydi. Bunda yangi davr boshidagi element o’zidan oldin joylashgan nodir gaz xossasidan tubdan farq qiladi. Bunday tabiiy hodisa har bir yangi davr boshlanganda kuzatiladi. Shu yo’sinda eng muhim qonunlaridan biri—inkorni-inkor qonuni o’z isbotini topadi.Xulosa qilib shuni aytish lozimki, davriy qonun va kimyoviy elementlar davriy sistemasi insonda ilmiy dunyoqarashning shakllanishi uchun ham katta ahamiyatga ega.