5-mavzu:O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining
shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy Islohotlar.
Reja:
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi printsipi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi Islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
O‘zbekistonda demokratik Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta'minlash va himoya qilish
Mustaqillik davrida davlat hokimiyati organlari va boshqaruvini demokratlashtirishga mamlakatning strategik pirovard maqsadi — fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning tarkibiy qismi sifatida qaraldi. Avniqsa, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvini demokratlashtirishning asosiy omili bo‘lgan nomarkazlashtirish islohotlarini amalga oshirish natijasida bu sohada tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2004-yilda yanada chuqurlasha boshlagan nomarkazlashtirish islohotlari doirasida qator davlat organlari funksiyalari va vakolatlari qayta ko‘rib chiqildi, ular vakolatlarining bir qismi quvi davlat hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga bcrila boshlandi.
Markaziy davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining ko‘plab vakolatlari va funksiyalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga uzatildi. Ular, asosan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, litsenziya berish, standartlar belgilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ularning sifatini kuzatib borish bilan bog'liq vakolatlardan iborat bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki o‘n yilligida oliy va o‘rta maxsus kasb- hunar ta’limi sohasi vazirlik va viloyat hokimligi boshqaruvi darajasida belgilanib, ulardan moliyalashtirish va inson resurslarini joylashtirish kabilar viloyat hokimliklari vakolati sifatida beigilangan edi. O‘rta ta’lim tizimini boshqarishda tuman va snahar hokimliklari joriy boshqaruv jarayonini muvofiqlashtirish, resurslarni joylashtirish, monitoring olib borish kabi vakolatlarga ega edi. Shuningdek, markaziy davlat organlarining atrof-muhitni himoya qilish, avtomobil va yo‘lovchi tashuvchi transportni tartibga solish, aholiga kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish (chunonchi, ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalar, nogironlami qo‘llab-quwatlash) kabi boshqaruv vakolatlari va funksiyalari mahalliy hokimiyat oiganlari ixtiyoriga berildi. Bularning bari mahalliy o‘ziga xosliklami yanada to‘liqroq hisobga olish, funksiyalarini bajarishda operativlikni oshirish va oxir- oqibatda, mahalliy aholi hayotini yaxshilash imkonini beradi.
Albatta, mamlakatda boshqaruv va hokimiyat organlarini nomarkazlashtirishning samarasi jamiyatning barcha sohalarida sezilishi uchun markaziy hokimiyat organlarini nomarkazlashtirishni, inson taraqqiyoti parametrlarini o‘zgartirishni, bu sohada qonunchilikni rivojlantirish, iqtisodiy va tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha shart-sharoitlar yaratib berishini taqazo etdi. Shuning uchun ham bu davrda o‘zini-o‘zi boshqarish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga doir qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ayniqsa, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida faoliyat yuritadigan xodimlar soni ko‘paytirildi. Mahalla posboni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borish bilan shug‘ullanuvchi oqsoqolning maslahatchisi kabi oylik maoshi olib ishlaydigan lavozimiar joriy etildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini oqsoqoli va kotibining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir imtiyozlar berildi. Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari idoralari va mahalla guzarlari qurildi, Shu kabi obyektlarga ega mahallalar guzarlari qaytadan zamonaviy talablar asosida ta’mirlandi. Mahalla guzarlarida aholida dastlabki maishiy xizmat ko‘rsatishga doir xizmat ko‘rsatish majmualari shakllandi.
Davlat hokimiyati oiganlari va boshqaruvini nomarkazlashtirish islohotlari sohasidagi tub o‘zgarishlar 2004-yildan boshlandi. Bunda asosan «markaz — hududlar», «davlat — xususiy tarmoq», «davlat — fuqarolik jamiyati» munosabatlarida ko‘proq gorizontal o‘zaro munosabatlar ahamiyatini oshirish, quyi organlarga nisbatan mustaqillik berishga doir vakolatlar berila boshlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda nomarkazlashtirish islohotlarini olib borishda quyidagi milliy an’analar va tajribaiar e’tiborga olindi:
individualizmdan jamoachilikni ustuvor qo‘ygan milliy qadriyatlar va an’analar;
qadimdan shakllangan davlat organlari va mansabdorlariga hurmat bilan qarash va ularga ishonch bildirish;
davlat olib borayotgan islohotlar natijalarini chuqur anglash, bu jarayonga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish;
jamiyatda keksalar va ayollarga hurmat bilan qarash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga nisbatan g'amxo‘rlik qilish tuyg'ularining mavjudligi;
jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga nisbatan o‘ta xayrixohlik.
Mamlakatda davlat hokimiyati organlari va boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayonida bu sohaga mutasaddi bo‘lgan hukumat komissiyasiga davlat boshqaruvi organlari vakolatlarini qaytadan taqsimlab chiqish vazifasi topshirilgan edi. Bunda asosan bir xil vakolatlarni bajarayotgan organlarni aniqlash, ular vakolatlarini bir-biridan ajratish, hokimiyat va boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash. Davlat hokimiyati organlari faoliyatini qonunlarda belgilangan doiralardan chiqmasligini ta’minlash kabilarga jiddiy e’tibor qaratildi. Islohotlar natijas;da 2004-yildan boshlab bu sohada quyidagilarga erishildi:
davlat boshqaruvi tizimida turli vakolatlarni amalga oshirib kelayotgan 27 ta davlat boshqaruv organi va xo‘jalik idoralari qisqartiriidi;
ma’muriy-boshqaruv vakolatlarini amalga oshirayotgan 40 ming nafarga yaqin davlat xizmatchisi qisqartiriidi.
Noyob va bozori chaqqon bo’lgan tovarlarning ba’zilarini markazlashgan holda taqsimlashga barham berish maqsadida ularning davlat tomonidan tasdiqlanadigan balanslari miqdori deyarli ikki,barobar qisqartiriidi. Natijada, bu holat resurslarning cheklangan holda taqsimlanishini bartaraf etishga shart-sharoitlar yaratdi. Endilikda bu kabi tovarlarni tarqatish va oldi-sotdi qilish birja va auksionlar vositasida — xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotila boshlandi.
Mamlakatda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish islohotlari «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida olib borildi. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi asosida 2007- yil 11-aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun davlat boshqaruvini mazmunan yangilash, mavjud demokratik prinsiplarni kengroq joriy etish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi132. Bu islohotlar natijasida parlamentning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi, palatalar o‘rtasida xalq irodasiga tayangan holda har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro muvozanat va cheklovlar tizimi hamda mexanizmini vujudga keltirish, deputatlarning demokratik tartib-taomillar va siyosiy raqobat sharoitida doimiy asosda professional tarzda ish olib borishlari, qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatida umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish, fuqarolaming mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtirokini yanada kengaytirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi.
O'zbekistonda faqat mustaqillik davriga kelib qonun ustuvorligining konstitutsiyaviy asosi yaratildi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida jamiyatda qonun ustuvorligini amal qilishi uchun huquqiy shart-sharoitlar tug'ildi. Qonun ustuvorligi prinsipi uning III bobida ikkita — 15—16-moddalarda mustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq «O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko'radilar»1". Shuningdek, Konstitutsiyaning 16-moddasida «Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas»"2 degan prinsip joy olgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida mamlakatda davlat hokimiyati tashkil etilishining quyidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsipi mustahkamlangan: «O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi prinsipiga asoslanadi»113. Davlat hokimiyatining bo'linishi prinsipini shakllanishi ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar fuqarolarining demokratik qadriyatlar asosida yashashga doir hayot tarzini jamiyatda qo'llashga intilishi, uning natijasida qonun ustuvorligi prinsipi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga nisbatan tarixiy zaruratning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir.
Bu prinsipga muvofiq, davlatning qonunlar qabul qilish, ularni ijro etish va odil sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog'i — qonun chiqaruvchi, hukumat va sud hokimiyatlari o'rtasida taqsimlanishi zarur. Bunda hokimiyatning biror tarmog'i boshqa birining faoliyati sohasiga aralashmasligi zarur. Uch hokimiyatning o'zaro bir-birini tiyib turishi hokimiyatning barcha tarmoqlarini o‘zaro mutanosiblashtiradi, ularning o'zaro munosabatlarida muvozanat paydo bo'ladi. 0‘zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi hokimiyatni 0‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi, ijro etuvchi hokimiyatni esa Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Sud hokimiyati Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo'jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda 0‘zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi.
Hokimiyatning uchga bo'linish prinsipi — huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir. Konstitutsiyaning «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb nomlangan beshinchi bo’limida uchala hokimiyatning o'zaro uyg'unlikdagi faoliyati mexanizmlari, shuningdek, ularning o'zaro bir-birini tiyib turish tizimini vujudga keltiruvchi qoidalar mustahkamlab qo'yilgan. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati idoralari davlat hokimiyatining yagona tizimini tashkil etadi.
0‘zbekiston Respublikasida hokimiyat o‘z mohiyatiga ko‘ra yagonadir. Chunki, Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan, hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Alohida olingan boshqa biror hokimiyat organi butun davlat hokimiyatini amalga oshirishga da’vogarlik qilishi mumkin emas. Davlat hokimiyatining davlat organlari o‘rtasida bo'linishini davlat hokimiyatining amalga oshirish vakolatlarini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasida bo‘linishi, deb tushunish kerak. Zero, ular Konstitutsiyada belgilab berilgan o‘z vakolatlarini amalga oshirishda bir-birlaridan mustaqildirlar.
Hokimiyatni uchga bo'linish qoidasi keyinchalik «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida» gi, «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» gi konstitutsiyaviy qonunlarda, «0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi, «0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi, «Sudlar to‘g‘risida»gi kabi boshqa qonunlarda yanada rivojlantirildi.
Shuni alohida ta’kidlash o'rinliki, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimi faqatgina hokimiyatning uchta tarmog‘i o‘rtasida emas, balki hokimiyatning tarmoqlari bilan davlat boshlig‘i — Prezident o'rtasida ham amal qiladi.
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlarning tahlili bugungi kunda mamlakatimizda o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini ta’minlashning samarali mexanizmi yaratilganligini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, bu tizimni kelajakda yanada rivojlantirilishini hayotning o'zi taqozo qilmoqda. 2005-yilda mamlakatimiz parlamenti palatalarining qo'shma majlisida yurtboshimiz «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo'lmish mamlakat Parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat»115, deb ko'rsatib bergan edilar.
Ko'rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos bo'lgan hokimiyatning uchga bo'linishi prinsipini hayotga qollash, unga amal qilish jarayonining rivojianishi yangi bosqichga kirdi. Bu prinsipni jamiyatning yashash qoidasiga aylantirish qonun ustuvorligi prinsipini hayotda namoyon bo'lishining asosiy qirralaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |