Saylov qonunchiligi va saylov jarayoni ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlari
Избирательное законодательство, права и обязанности
участников избирательного процесса
The electoral legislation and the rights and duties of the
participants of election process.
Xalilov Shukurullo Umidjon o’g’li
Toshkent davlat yuridik universtiteti
“Ommaviy huquq” fakulteti, 2-bosqich talabasi
Shukurullo1851@gmail.com
+998903031851
Respublikamizda saylov qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha sa’y
harakatlar 2017-yil davlat rahbarining Oliy Majlis palatalariga qilgan murojaatidan
so’ng, hamda “Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqilgandan beri davom etib kelmoqda.
Ushbu islohotlar natijasida milliy qonunchilik bir qator normalar bilan boyitildi,
xalqaro huquqiy hujjatlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilindi, xalqaro
tashkilotlarning tavsiyalari asosida hamda xorijiy tajribani tahlil etgan holda mavjud
qonunchilik hujjatlarini kodifikatsiyalash yo’li bilan Saylov kodeksi qabul qilindi,
amaldagi qonunchilik hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bu islohotlar
zamirida ushbu yo’nalishda belgilangan masadlarga erishish, saylov qonunchiligi
sohasida ochiqlik, shaffoflik hamda adolatni ta’minlash ko’zda tutilgani shubhasizdir.
Ushbu o’zgarishlarni e’tiborga olgan holda, quyidagi maqolada amaldagi
qonunchilikda mavjud normalar tahlili bayon etiladi.
Усилия по совершенствованию избирательного законодательства в стране
продолжаются со времени послания Президента Олий Мажлису в 2017 году, а
также с момента разработки “Стратегии действий”. В результате этих реформ
национальное законодательство было обогащено рядом норм, международно-
правовые документы были внедрены в национальное законодательство,
Избирательный кодекс был принят на основе рекомендаций международных
организаций и кодификации существующего законодательства на основе
анализа. зарубежного опыта. 'Штаны были включены. Несомненно, эти реформы
направлены на достижение поставленных в этом направлении целей,
обеспечение открытости, прозрачности и справедливости в сфере
избирательного законодательства. С учетом этих изменений в следующей статье
представлен анализ существующих норм действующего законодательства.
Efforts to improve the electoral legislation in the country have been going on
since the President's address to the Oliy Majlis in 2017, as well as since the adoption
of the “Strategy”. As a result of these reforms, national legislation has been enriched
with a number of norms, international legal acts have been implemented into national
legislation, the Election Code has been adopted on the basis of recommendations of
international organizations and codification of existing legislation based on analysis of
foreign experience. Undoubtedly, these reforms are aimed at achieving the goals set in
this direction, ensuring openness, transparency and fairness in the field of electoral
legislation. In view of these changes, the following article provides an analysis of the
existing norms in the current legislation.
Kalit so’zlar: saylov, saylov jarayoni ishtirokchilari, demokratiya, saylov
kodeksi, ochiqlik.
Ключевые слова: выборы, участники избирательного процесса,
демократия, избирательный кодекс, прозрачность.
Keywords: elections, participants of the election process, democracy, election
code, transparency.
Saylovlar – demokratiya ko’zgusi. Ushbu jarayon fuqarolarning o’z hohish va
irodasini erkin, hech qanday to’siqlarsiz amalga oshirish, davlat organlarining
boshqaruv faoliyatida bevosita va o’z vakillari orqali ishtirok etishni o’zida ifoda
etadi. Saylovlar natijasida fuqarolarning saylash (aktiv) hamda saylanish (passiv)
huquqlarini amalga oshirish ta’minlanadi.
Demokratiya va saylov tushunchalari o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bu ikki
atama tarixan teng ravishda shakllangan. Bu hususda Professor H.Muhammedov
bunday yozadi: “Boshqarish shakli bo’yicha Afina demokratik Respublika bo’lib, unda
Afina fuqarolari teng huquqlardan foydalanganlar va siyosiy hayotda (davlatni idora
etishda) faol qatnashishlari mumkin bo’lgan… Mansabdor shaxslarning saylovi har yili
xalq yig’inida ochiq ovoz berish yo’li bilan, yoki qur’a tashlash yo’li bilan amalga
oshirilgan”.
1
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqlari jumlasiga kiradi. “Siyosiy
huquqlar” iborasi esa bir qadar kengroq ma’noda qo’llaniladi. “Siyosiy huquqlar – bu
shaxsning jamiyat va davlat hususiy va siyosiy hayotida shaxsan, diskriminatsiya va
repressiyadan erkin bo’lgan holda ishtirok etish qobiliyatidir va u bevosita shaxsning
fuqarolik holati bilan bog’liqdir. Bunday huquqlar jumlasiga, nafaqat saylovlarda ovoz
berish huquqi, shuningdek, siyosiy partiyalarga qo’shilish, davlat organalaridagi
lavozimlarga saylanish, siyosiy miting, yig’ilish va namoyishlarda erkin ishtirok etish
kiradi”.
2
Siyosiy huquqlarga ta’rif berib Professor O.T.Husanov bunday yozadi:
“Siyosiy huquqlar fuqarolik bilan bog’liq bo’lib, u tegishli davlat fuqarolariga davlat
va jamiyat ishlarini boshqarish imkoniyatini beradi. Siyosiy huquqlarga faqat
mamlakat fuqarosi ega bo’lishi mumkin. Davlat qanchalik demokratik bo’lsa, siyosiy
huquqlar ko’proq bo’ladi va ulardan foydalanish kengroq bo’ladi”.
3
Mustaqil O’zbekistonda saylov qonunchiligining shakllanishi bevosita 1991-
yilgi saylovlar bilan bog’liqdir. Respublikamiz mustaqillikka erishgach qabul qilingan
ilk qonunlardan biri – bu 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi 414-XII-sonli qonun hisoblanadi. Ushbu
normativ-huquqiy hujjat asosida 1990-yil 24-martda Sobiq ittifoq Respublikalari
orasida birinchi bo’lib davlat boshlig’i – Prezident lavozimi joriy etilgan, endigina
o’zining davlat mustaqilligiga qadam qo’ygan Respublikamizda 1991-yil 29-dekabrda
birinchi ochiq, demokratik saylov tamoyillar asosida Prezidentlik saylovi o’tkazilgan.
Ushbu siyosiy jarayon natijasida birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov
davlat rahbari lavozimiga saylangan. Ushbu davrdan boshlab davlatimizda yangi bir
qonunchilik sohasi hisoblangan saylov qonunchiligi takomillashib kelmoqda.
Huquq nazariyasi va amaliyotiga ko’ra, ma’lum bir davlat qonunchilik
tizimining asosi, normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu huquqiy atamaning
ma’nosi quyidagicha izohlanadi: “Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq
qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni
belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir”.
4
Ya’ni,
jamiyatdagi biror bir ijtimoiy munosabatni huquqiy tartibga solishda qo’llaniladigan
1
Muhammedov.H. “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi”. I qism. Toshkent. 2005. –B.181-184
2
https://www.csce.gov/issue/citizenship-and-political-rights
3
O.T.Husanov. “Konstitutsiyaviy huquq”. Darslik. 2020
4
“Normativ-huquqiy hujjatlar to’grisida”gi O’RQ-682. 20.04.2021.
norma (me’yor, tartib) larni o’rnatuvchi, mavjudlarini o’zgartiruvchi hamda boshqa
qonunchilik hujjatlariga zid, fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga daxl qiluvchi
normalarini bekor qiluvchi hujjatdir. Bular jumlasiga, qonunlar, Oliy Majlis
palatalarining qarorlari, Prezidentning qaror va farmonlari, ijro euvchi hokimiyatning
yuqori bo’g’ini hisoblangan Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda uning tarkibiga
kiruvchi vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning qarorlari hamda buyruqlari,
qolaversa mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar va xalq deputatlari
kengashlari)ning qarorlari kiradi. Demak, yuqorida keltirilgan hujjatlar asosida
O’zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligi shakllangan.
Qonunchilik takomillashib borishi natijasida saylov tizimini tartibga solishga
qaratilgan o’nlab qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Lekin, bora-bora ularni yaxlit bir
hujjat – kodeks holiga keltirish zarurati vujudga keldi. Bu boradagi faoliyatning asosi
sifatida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlis palatalariga
qilgan dastlabki murojaatnomasida bildirilgan fikrlari e’tiborga olinishi darkor: “Shu
o‘rinda siyosiy hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan saylov qonunchiligi haqida
ham to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bu borada qabul qilingan 6 ta qonun va bir qator qonunosti
hujjatlari, afsuski, haligacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmagan. Shu sababli xalqaro
norma va standartlarga javob beradigan yagona Saylov kodeksini ishlab chiqish va
qabul qilish lozim”.
5
Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, aynan bir tizimdagi, bir turdagi
ijtimoiy
munosabatlarni
tartibga
soluvchi
qonunchilik
hujjatlarining
kodifikatsiyalanishi, ushbu soha qonunchiligida mavjud bir-birini takrorlash hollatlari
kamayishida, kolliziya hamda huquqdagi bo’shliq hosil bo’lishining oldi olinishida
muhim ahamiyatga ega. Yangi tahrirdagi saylov kodeksi 2019-yil 25-iyunda qabul
qilindi hamda avval mavjud bo’lgan 5 ta qonun va Markaziy saylov komissiyasining
40 ga yaqin qonunosti hujjatlari unifikatsiyalashtirilib, 18 bob, 103 moddadan iborat
yagona hujjat holiga keltirildi.
6
Ushbu hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda qabul
qilishda bir nechta rivojlangan xorijiy mamlakatlar, jumladan, Fransiya, Niderlandiya,
Italiya, Kanada davlatlari qonunchiligidan, xalqaro huquqiy hujjatlar, xususan, “Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida”gi
xalqaro pakt hamda 1990-yilgi Kopengagen hujjati shular jumlasidandir.
Yangi O’zbekiston saylov qonunchiligi, o’zining takomillashganligi,
liberallashganligi hamda demokratik tamoyillar bilan boyitilganligiga ko’ra avvalgi
tizimdan tubdan farq qiladi. Xususan, yangi tartibga ko’ra, 2019-yilgi saylovlardan
boshlab, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko’rsatishda qolgan partiyalar
bilan teng va sog’lom raqobatga kirisha oladigan siyosiy partiya – Ekologik partiya
tuzildi hamda avvalgi Ekologik harakat vakillari uchun saylovlarda 15 ta o’rin ajratish
instituti bekor qilindi. Buni, avvalo, Konstitutsiyamizda belgilan qo’yilgan, fikrlar
xilma-xilligi tamoyilining amaliy ifodasi, qolaversa, barcha deputatlarning demokratik
saylovlar orqali saylanishini kafolatlash imkoniyati sifatida ko’rish mumkin.
Fuqarolarning saylov-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki faqatgina ovoz berish
bilangina cheklanmaydi. Professor O.Turg’unovning fikriga ko’ra ular quyidagi
o’rinlarda ham huquqiy munosabat ishtirokchisiga aylanishi mumkin:
5
http://uza.uz/posts/110965
6
https://xs.uz.
a) Siyosiy partiyaga a’zo bo’lish;
b) Saylov komissiyalari faoliyatidagi ishtirok;
c) Ommaviy axborot vositalari faoliyatidagi ishtirok;
d) Nomzod sifatida ishtirok;
e) Kuzatuvchi, ishonchli vakil va vakolatli vakil sifatidagi ishtirok;
f) Saylovlarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog’liq munosabatlarda ishtirok
etuvchi davlat organlarining davlat xizmatchilari sifatidagi ishtirok.
7
Amaldagi qonunchilikka ko’ra, 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasining
fuqarolari saylash huquqiga, 21 yoshga to’lgan fuqarolar mahalliy kengashlar
deputatligiga, 25 yoshga to’lgan fuqarolar Oliy Majlis qonunchilik palatasi
deputatligiga, 35 yoshga to’lgan fuqarolar Prezidentlikka nomzod sifatida ro’yhatga
olinishlari hamda ushbu lavozimlarga saylanishlari mumkin. 2019-yil 4-sentabrdagi
Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlarga muvofiq ozodlikdan mahrum etish
joylarida sodir etgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun jazoni o’tayotgan shaxslarning
saylash va saylanish huquqlarining cheklanishi hamda ularning saylovda
qatnashmasliklariga doir norma kiritildi. Bu normaning mazmuni shundan iboratki,
Jinoyat kodeksining 15-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko’ra tasniflashdagi 4 guruh jinoyatning ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan
hamda uncha og’ir bo’lmagan turlarini sodir etib, jazoni o’tayotgan shaxslarning
saylash huquqi tiklanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi “Saylov
jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarini joriy etish chra-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3961-sonli qaroriga asosan saylovchilar ro’yhatini
shakllantirishning yagona elektron tizimi joriy etildi. Endilikda, saylov qonunchiligida
belgilangan “1 saylovchi – 1 ovoz” tamoyili to’liq ta’minlanadi. Ya’ni, har bir fuqaro
faqat 1 ta saylov uchastkasidan turib ovoz berish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Qolaversa, bu tizim saylovchilarning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylari
to’g’risida asl va to’g’ri ma’lumotlarni yig’ish imkonini beradi.
Saylovlar ochiq va oshkora o’tishini ta’minlash maqsadida saylov kodeksida
ushbu siyosiy jarayonlarni tashkil etish va o’tkazishda ommaviy axborot vositalarining
ro’li, ularning huquq hamda majburiyatlariga doir bir qator normalar ko’zda tutilgan.
Avvalo, kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan normaga e’tiborni qaratish
maqsadga muvofiqdir: “Ommaviy axborot vositalarining vakillari saylovga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni
ovoz berish binolarida hozir bo‘lish, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chog‘ida
hozir bo‘lish huquqiga ega.” Mass-media sohasi vakillarining jamiyatda adolatni,
ochiqlikni hamda shaffoflikni ta’minlashda ko’rsatayotgan xizmatlari beqiyosdir. Shu
boisdan, ushbu soha qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyatidan
mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatadigan 4-hokimiyat maqomiga munosib ko’riladi.
Jurnalistlar, blogerlar hamda sohaning boshqa vakillari saylov jarayonlarini ham
bevosita yoritib boradilar. Bu vaziyatda ular qanday huquq va majburiyatlarga ega?
Dastavval, ushbu soha vakillari saylov kampaniyasi davrida tashkil etiladigan barcha
uchrashuvlar, yig’ilishlar va majlislarni qonunchilikka muvofiq yoritish huquqiga ega.
Qolaversa, ommaviy axborot vositalari vakillari saylov uchastkalarining binolarida
7
Turg’unov.O. “Saylov huquqi”. Darslik. Toshkent. 2018.-B.100.
bo’lish hamda saylov jarayonlarining yakuniy bosqichlaridan biri hisoblangan
ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish imkoniyatiga egadirlar. Bu faoliyatni amalga
oshirishdan avval, ular Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tegishli tartibda
akkreditatsiyadan o’tishlari, ya’ni ruhsatnoma olishlari talab etiladi. Akkreditatsiyalash
tartibi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi “Saylov kampaniyasi
davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o’tkazish tartibi
to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 952-sonli qaroriga ilova tarzida qabul
qilingan nizom bilan belgilangan. Lekin, ushbu faoliyat qonunchilikka zid ravishda
amalga oshirilmasligi, ya’ni saylovchilardan ular kimga ovoz berganliklarini
so’ramasliklari, ovoz berish kabinalarida hozir bo’lmasliklari hamda saylovchilar
irodasiga biron bir tarzda ta’sir o’tkazmasliklari lozim. Bu, albatta qonunchilikda
ko’rsatilgan - saylovlarning yashirin tarzda o’tkazilishiga doir tamoyilning amaliy
ifodasi hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, saylash va saylanish huquqi faqatgina tegishli
davlatning fuqarolarigagina tegishlidir. Shu o’rinda, kimlar saylanish huquqiga ega
emasligini, ya’ni saylovlarda nomzod sifatida ro’yhatga olinmasligi masalasiga ham
to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. Amaldagi saylov qonunchiligiga ko’ra,
quyidagilar nomzod sifatida ro’yhatga olinmaydi:
a. Sodir etgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish
joylarida jazo o’tayotgan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
b. Harbiylashtirilgan birlashmalar hodimlari, ya’ni Ichki ishlar vazirligi, Davlat
xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat Bojxona qomitasi, Qurolli kuchlar va
boshqa harbiy bo’linmalar hodimlari;
c. Diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional hodimlari;
Ushbu keltirib o’tilgan tashkilot va muassasalar hodimlarining vakolat va
vazifalaridan kelib chiqqan holda, mazkur toifa shaxslarga saylanish huquqi
berilmagan. Buning asosiy sababi shundaki, Konstitutsiyada belgilangan normaga
muvofiq, siyosiy partiyalar jamiyatdagi turli toifa va guruxlarning qarashlarini
ifodalashidadir. Saylovlarda nomzodlar ko’rsatish huquqi faqatgina siyosiy
partiyalargagina berilgan, lekin yuqorida nomlari keltirilgan tashkilot hodimlarining
faoliyat turlari ma’lum bir yo’nalishga ixtisoslashganligi tufayli, bu sohada ayni vaqtda
faoliyat yuritib kelayotgan shaxslar nomzod sifatida ro’yhatga olinmasligi belgilab
qo’yilgan.
Xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga nazar tashlasak, saylov kampaniyasi
davridagi eng muhim bosqichlardan biri saylovoldi tashviqoti ekanligiga guvoh
bo’lamiz. Milliy qonunchiligimizda bu yo’nalishni tartibga soladigan normalar ham
mavjud. Xususan, Saylov kodeksining 9-bobi saylovoldi tashviqotiga bag’ishlanadi.
Unda belgilanishicha, tashviqot nomzodlarni ro’yhatga olish yakunlangan kunning
ertasidan boshlanib, saylov kuniga bir kun qolguncha davom etadi. Bu faoliyat
davomida, nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning elektoratlari,
saylovda o’z partiyasining vakilini yoqlab ovoz berishlariga da’vat etib targ’ibot olib
boradi. Saylovoldi tashviqoti ommaviy axborot vositalari yoki saylovchilar bilan jonli
muloqot qilish orqali, bosma nashrlarda maqolalar chop etish orqali yoxud aholi
orasida tarqatma materiallar ulashish orqali amalga oshirilish mumkin. Bularning
barchasi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi, Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan
boshqa shaxslarninig, davlat va jamiyatning manfaatlariga putur yetkazmaydigan
tarzda, boshqa nomzodlarni huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi darkor.
Saylov jarayonlarining eng so’nggi va muhim bosqichi – bu ovozlarni sanash va
natijalarni e’lon qilish hisoblanadi. Bu borada saylov kodeksida belgilangan normaga
muvofiq ovoz berish natijalari darhol e’lon qilinadi. Bu saylovlarning shaffof va
adolatli o’tishiga ko’maklashuvchi tizim hisoblanadi. Bu jarayonda ommaviy axborot
vositalari vakillari, kuzatuvchilar, ishonchli vakillar ishtirok etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa qilishimiz mumkinki,
mamlakatimizda milliy huquq tizimida saylov qonunchiligi alohida huquq tarmog’i
sifatida muhim ro’l o’ynaydi. Bu yo’nalishda so’nggi yillarda amalga oshirilgan
islohotlar kelgusida munosib nomzodlarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi
ishtiroki
ta’minlanishiga
hamda
jamiyatda
demokratik
islohotlar
amalga
oshirilishining jadallashishiga xizmat qiladi. Zero, “Saylovlar – demokratiya
ko’zgusi”dir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I. Asosiy adabiyotlar:
1) Muhammedov.H. “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi”. I qism.
Toshkent. 2005.
2) O.T.Husanov. “Konstitutsiyaviy huquq”. Darslik. Toshkent. 2020.
3) Turg’unov.O. “Saylov huquqi”. Darslik. Toshkent. 2018.
II.
Normativ-huquqiy hujjatlar:
1) Normativ-huquqiy hujjatlar to’grisida”gi qonun. O’RQ-682. 2021.
III. Internet manbalari:
1) CSCE.gov
2) Uza.uz
3) Xs.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |