Fakultet: Ingliz tili va adabiyoti
Kafedra: Ingliz tili va adabiyoti
O’quv yili: 2021-2022
Magistratura talabasi: Davlatova A.A
Ilmiy rahbar: p.f.n. Axmedova M.E
Mutaxassisligi: 5A111401 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mamlakatimizda bir necha xorijiy tillarni biluvchi
zamonaviy kadrlar tayyorlash, xorijiy tillar bo`yicha ilmiy ishlar olib borish, til o`rgatish metodologiyasini takomillashtirish lozimligi kabi vazifalar belgilangan. Ushbu tadqiqotlar zamirida ta`lim muassasalarining didaktik jarayonlarini baholash tizimini, ingliz tilini o`qitish uslublarini takomillashtirish masalalari yetakchilik qilmoqda.
Mavzuning dolzarbligi Uzluksiz ta`lim tizimida xorijiy tillarini o`qitishda o`quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik usullari mazmuni hamda ularni tanlash, kommunikativ faoliyat ko`rsatish, shaxsga yo`naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo`ljallangan integrativ yondashuv asosida o`qitish metodikasini takomillashtirish; xorijiy tajribalarni o`rganish; 9-11-sinflarda ingliz tili o`qitishga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot ishimizning obyekti sifatida 9-11-sinf o`quvchilariga ingliz tilini o`qitishda o`quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik usullaridan foydalanish jarayoni belgilanib, tajriba-sinov ishlariga viloyat Navoiy shahar 5- AFChUM, 8-AFChUM, va Alisher Navoiy nomidagi IDUM laridan 153 nafar o`quvchilar va 9 nafar o`qituvchilar respondent sifatida ishtirok etdi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, Uzluksiz ta`lim tizimida ingliz tilini o`qitishda o`quv materiallarini tizimlashtirish, ilmiy- nazariy hamda didaktik asosini o`rganish nazariy jihatdan asoslangan;
-ingliz tili o`quv materiallarini tizimlashtirishning
didaktik usullari, metod va vositalari, mazmuni bilan birga o`quvchilarining ingliz tilini o`rganishga bo`lgan qiziqishlari, til o`rganish
qobiliyati, kompetensiyalarini rivojlanishi bo`yicha farqli xususiyatlari aniqlashtirilgan;
- o`quv materiallarini tizimlashtirishga doir bajariladigan interfaol topshiriqlar tizimi, darsliklardagi o`quvchi va pedagog uchun murakkab bo`lgan
sohalarini, integratsion yondashuv asosida metodik ta`minoti ishlab chiqilgan;
-o`quv materiallarini tizimlashtirishning amaliyot bilan bog`liqlikda tajriba sinov ishlarini tashkil etish, o`quv materiallarini dars jarayonida foydalanish yo`llari, o`quvchi o`rganishi
davomida samarasini aniqlangan;