O‘quv-uslubiy



Download 0,83 Mb.
bet10/74
Sana06.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#748191
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
Falsafa majmua 2020 Mir

"Mohiyat va hodisa" kategoriyalarida esa mohiyat o‘zida alohidalik maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababi va zaruriyati, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarning namoyon bo‘lishidir. Shunga kgra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaat va ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo‘ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish sub’ektiv xarakterga ega bo‘lib, uning konkret ehtiyoj va manfaatlari nuqtai nazardan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqog‘ini qondirish, fizik uchun agregat holati, elektr tokini gtkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham, uning muqarrar o‘zgargan hodisasida ifodalangan. Masalan, suvning elektr tokini gtkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada kgtarsak, uning elektr tokini gtkazish xususiyatini glchaydigan asboblar bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini gtkazuvchanlik xususiyati ygqolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun-narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorlik va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi degan xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanish, aloqadoliklarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshkacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham bir-biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suving agregat holati, shakli o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni suv bug‘ holatida chanqoqni qondirmaydi, gsimliklarni sug‘orish uchun yaramaydi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga kgra, ularning mazmun va shakli o‘zgarib turadi. Demak narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga kgra, sabab biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi hodsalar yoki ularning rivojlanish okibati tarzida namoyon bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo‘lib hisoblanadi.
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga kgra, sababni bir vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi Hegel tili bilan aytganda, sabab va mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

  1. Uning ob’ektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi.

  2. Sababning konkretligi narsa va hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi.

  3. Sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hech qanday narsa, va hodisaning rivojlanshi sababsiz sodir bo‘lmaydi.

  4. Sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chikaradi.

  5. Sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil boglanishlarini munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bogliqligini xarakterlaydi.

Zaruriyat va tasodif. Ob’ektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa-zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan zaruriyatni turkumlashtirganda uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali strukturali tahlil qilish lozim.



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish