O‘quv-uslubiy



Download 0,83 Mb.
bet11/74
Sana06.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#748191
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Bog'liq
Falsafa majmua 2020 Mir

Tayanch iboralar: Metod, Dialektika, Metafizika, Ruhiy tahlil. Sinergetika Germenevtika, strukturalizm. Metodologiya, Xenrix Xakin, Ilya Prigojin, Barqarorlik, Beqarorlik, Dogmatizm. Kategoriyalar, alohidalik, umumiylik, sabab, oqibat, mazmun, shakl, sistema, element, butun, bo‘lak, mohiyat va hodisa, zaruriyat, tasodif, imkoniyat va voqeilik.. Bog‘lanish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, xossa, inkor, inkorni-inkor, vorislik.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Kategoriyalar tushunchasini qanday izohlaysiz?

  2. Juft kategoriyalar mazmunidagi ichki birlikning asosi nimada?

  3. Hozirgi davrda taraqqiyot va o‘zaro bogliq tamoyillari qanday namoyon bo‘lmoqda.

  4. Qonun nima?

  5. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?

  6. Olamdagi ziddiyat va ayniyat holatlariga misollar keltiring.

  7. Miqdor va sifat nima? Xossa-chi? Me’yor-chi?

  8. Inkor nima? Inkorni inkori-chi?

  9. Metod nima? Metodologiya nima?

  10. Dialektika va metafizika metodlarini bir-biriga zidligi.

  11. Falsafiy metodologiyaning asosiy shakllari.

4-Mavzu: Bilish nazariyasi
Reja:



  1. Bilish va bilim falsafiy taxlil mavzui.

  2. Bilishning ob’ekti va sub’ekti. Inson bilishning asosiy bosqichlari.

  3. Ilmiy bilishning mohiyati va usullari. Metod, nazariya va metodologiya.

  4. Xaqikat tushunchasi. Uning shakllari

  5. O‘zbekiston istiqloli va bilimli yoshlarni tarbiyalash masalalari.



Bilish va bilim. Bilishning mohiyati, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, xususiyatlarini grganish falsafa tarixida muhim grin egallab kelmoqda. Inson o‘z bilimi tufayli borliq, tabiat va jamiyatni nihoyat o‘z-o‘zini o‘zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshrishning eng samarali usulini tadqiq etish falsafa tarixida muhim ahamiyatga ega. Shu bois ham falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shugillanuvchi maxsus sohasi gnoseologiya vujudga keldi.
Inson bilishi nihoyatda kgp qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shugillanadi. Har bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqib, gnoseologiya oldiga vazifalar qgyadi. Xususan, 17 asr o‘rtalarida yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning ahamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar hosil qilishning usullarini grganish, ilmiy haqiqat mezonini aniqlash bilan shugillandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g‘oyani olga surdilar.
18 asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urgu berdilar. Buyuk nemis faylasufi I.Kant bilish natijalarining haqiqiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobilyatlari haqida bahs yuritdi. Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi? degan masala keskin qgyildi. Insonning bilish imkoniyatlariga shubha bilan qaraydigan faylasuflar agnostiklar deb ataldilar.
Bilish nima?. Bilish insonnni tabiat, jamiyat va o‘zi to‘g‘risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy ma’naviy faoliyat turidir. Inson o‘zini qurshab turgan atrof muhit to‘g‘risida bilim va tasavvurga ega bo‘lmay turib faoliyatning biron bir turi bilan muvofaqiyatli shugillana olmaydi. Bilishni mahsuli natijasi ilm bo‘lib har qanday kasb korni egallash faqat ilm orqali rgy beradi. Shuningdek bilish insongagina xos bo‘lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir. Insoniyat kgp asrlar davomida ortirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli ham o‘zi uchun qator qulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining har qanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar hosil qilinadi.
Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo‘lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita hayotiy ehtiyojdan, faravon hayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shugullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi alohida sotsial guruh vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo‘lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shugullanadilar.
Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o‘ziga xos bo‘lib, bunday bilimlarni sistemalashtirilgan va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon G‘arb sotsioldogiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini grganuvchi maxsus soha etnometodologiya fani vujudga keldi. Gnoseologiya asosan nazariy bilish va uning rivojlanish xususiyatlarini grganish bilan shugullanadi. Nazariy biilishning ob’ekti, sub’ekti va predmetini bir-biridan farqlash muhim.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish