Bilish jarayonlari Reja



Download 20 Kb.
Sana29.05.2022
Hajmi20 Kb.
#614939
Bog'liq
Bilish jarayonlari


Bilish jarayonlari
Reja
1.Bilish jarayon darajalari
2. Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi
3.Psixik jarayon xususiyatlari

Bilish jarayon darajalari


Insonning bilish jarayonlari uning holati va tashqi ta’sirlarning xususiyatiga ko‘ra har xil tezlikda va jadallikda yechadi.
Bilish jarayonlari uch xil darajada aks ettiriladi:
1-daraja- sezgilar, idrok va diqqat- hissiy bilish darajasidir. Bu buyumlardagi sifat va xususiyatlarni to‘g‘ri aks ettirishga yordam beradi.
2-daraja- xotira,tasavvur va Xayol- atrofdagi voqelikni psixologik aks ettirishning murakkab shaklidir.
3-daraja- tafakkur va nutq – bilishning oliy darajasi bo‘lib, murakkab aloqa va munosabatlarni aks ettirish shaklidir. Bilish faoliyati psixik bilish jarayonlari va psixofiziologik reaksiyalar asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham turli mashg‘ulotlarni olib borish davomida talabalardagi bilish jarayonlarini rivojlantirishga harakat qilish lozim..
Bilish sezgilardan boshlanadi. Sezish tashqi qo‘zg‘atuvchilarning tana yuzasiga, aniqrog‘i , u joyda joylashgan nerv tolalariga ta’sir etishi natijasija paydo bo‘ladigan nerv qo‘zg‘alishidir. Sezgi orqali narsalarning rangi, shakli, mazasi, vazni, hidi, tovushlari va hokazolarni aks ettirish mumkin.Umuman, sezgi – bu sezgi organlariga bevosita ta’sir etayotgan buyum va hodisalardagi sifat hamda xususiyatlarning inson ongida aks etishidir.

Bilish jarayonlari yaxlit tizimga ega bo‘lib, biri ikkinchisisiz ro‘y bermaydi.Lekin biz bilish jarayonlarini o‘rganish uchun ularni alohida-alohida tarzda o‘rganib chikamiz.Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi


Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi
Turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat.
Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o‘tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‘z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi.
Bolalarni psixologik tekshiruvda chet el va sobiq ittifoq psixologlari foydalangan an'anaviy metodikalarni ko‘rib chiqamiz.
Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o‘rganish uchun metodikalar
Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobiliyatlilik sur'atini xarakterlaydi. Ma'lumki, bola hayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits, 1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda, hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi (E.A.Golubeva, 1980; E.B.AYurova, 1986).
Masalan, 1-2 yoshli bolalar sensomotor sohasini tekshirishda an'anaviy metodlardan foydalanib, u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligiga, ularning ma'lum yosh davridagi o‘rtacha ko‘rsatkichi qanchalik mosligiga e'tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bolalar motor harakat rivojlanishidagi kechikishlarni aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. Harakat rivojlanishida kechikish mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining ob'ektiv zamini sifatida qaralishi kerak. Shu bilan birga, erta Yurgan bola o‘z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xatodir. Bola hayotining dastlabki ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (P.H.Mussen, 1987).
Bolaning sensomotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda predmetlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudligini aniqlash imkonini beradi. Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik metodikalardan foydalanish mumkin. Chunki xuddi shu davrdan boshlab, so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan, bilishga qiziqish rivojlangan, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi. Bilish jarayonlari. Sezgilarning inson hayotidagi o’rni Bilish jarayonlari talabalar uchun ta’lim jarayonidagi vaziyatlarni va o‘quv materiallarini bilishninng asosi bo‘lib xizmat qiladi. Insonga uni o‘rabturgan tashqi olamni va o‘z-o‘zini bilib olishga imkon beruvchi psixologik jarayonlarga bilish jarayonlari deyiladi.Psixik jarayonlar – har xil shakldagi psixik hodisalarning dinamik aks ettirilishidir. Psixik jarayonlari – bu boshlang‘ich, rivojlanish va tugallanish reaksiyalariga ega bo‘lgan psixik hodisalarning oqimi(kechishi)dir. Bunda inson psixik faoliyatining uzluksizligi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir hodisa yangi jarayonning boshlanishi va tugallanishi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi (kayfiyat va samimiylik).
Psixik jarayon xususiyatlari
Psixik jarayonlar quyidagi xususiyatlarga ega: bilish xususiyati: sezgi, idrok, diqqat, xotira, Xayol, tasavvur, tafakkur va nutq jarayonlarining psixologik mohiyati; hissiy(emotsional) xususiyati: faol va sust qabul va o‘zatish; irodaviy xususiyati: qaror qabul qilish, uni bajarish, zo‘riqish va ...
Psixik jarayonlar inson faoliyati va xulq-atvorini nazorat qilish, bilimlarni shakllantirishni ta’minlaydi. Murakkab psixik faoliyatda bir nyecha bilish jarayonlari birlashadi va ongning yaxlitligini tashkil etib, bir necha faoliyatni amalga oshirishga va haqqoniy aks ettirishga xizmat qiladi.
Insonning bilish jarayonlari uning holati va tashqi ta’sirlarning xususiyatiga ko‘ra har xil tezlikda va jadallikda echadi.
Bilish jarayonlari uch xil darajada aks ettiriladi:
1-daraja- sezgilar, idrok va diqqat- hissiy bilish darajasidir. Bu buyumlardagi sifat va xususiyatlarni to‘g‘ri aks ettirishga yordam beradi.
2-daraja- xotira,tasavvur va Xayol- atrofdagi voqelikni psixologik aks ettirishning murakkab shaklidir.
3-daraja- tafakkur va nutq – bilishning oliy darajasi bo‘lib, murakkab aloqa va munosabatlarni aks ettirish shaklidir. Bilish faoliyati psixik bilish jarayonlari va psixofiziologik reaksiyalar asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham turli mashg‘ulotlarni olib borish davomida talabalardagi bilish jarayonlarini rivojlantirishga harakat qilish lozim.
Sezgilarning fiziologik mexanizmi sezgi organlarining murakkab faoliyatidir.Buni rus fiziologi I.P.Pavlov tahlilatorlar deb atadi va bu haqda o‘z ta’limotini yaratdi.
Sezgi turlari: ko‘rish,eshitish,hid bilish, ta’m bilish,teri tuyush,organik va muvozanat sezgilari mavjud. Ko‘rish sezgilari : insonning tashqi olamni bilishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib,buyumlarning rangi, o‘lchami,hajmi va qanday masofada turganligini bilib olishda muhim ahamiyatga ega. Uzoqdagi yoki mayda narsalarni ravshan ko‘rish qobiliyati ko‘zning o‘tkirligi deyiladi. Buni aniqlash uchun har xil jadvallardan foydalaniladi. Odatda balandligi 7 mm.ga teng bo‘lgan bosma harflarni 5 metr masofadan turib kamida uchtasini aniq ko‘rish ko‘zning o‘tkirligini isbotlaydi. Teri tuyush(kinestik) sezgilar teri va harakat sezgilarini bir-biriga qo‘shib, buyumlarni paypaslab ko‘rish, ushlab, tutib ko‘rish natijasida hosil bo‘lgan sezgidir.Teri tuyush sezgisi aniqlikni talab etadigan jarayonlarni bajarishda muhimdir. (O.I.Skoroxodova – ko‘r ayolning omma oldidagi chiqishi. Ko‘zi ko‘r odamlar o‘zlarining tanishlarini qadam tashlashidan, turli narsalarni xididan bexato tanib olishadi).
Organik sezgilar - retseptorlari oshqozon,ichak va qizilo‘ngach kabi ichki organlaridevoridajoylashgandir.Ochlikni,chanqoqlikni,to‘yganlikni,ko‘ngil aynishini, ichki og‘riqni sezish organik sezgilar hisoblanadi.
Ichki organlar yaxshi ishlab turganda biz hech qanday organik sezgini bilmaymiz. Bu sezgilar asosan ichki organlarda biror bo‘zilish sodir bo‘lganidan darak beradi. Muvozanat sezgilarining organlari ichki quloqda joylashgan bo‘lib, boshning harakati va holati haqida signal beradi. Muvozanat sezgilarining normal suratda ishlashi inson hayoti uchun muhimdir. Gimnastika, so‘zish, boks va sakrash bilan muntazam shug‘ullanish vestibulyar apparatning holatini va gavdaning fazodagi holatini sezish qobiliyatini muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam beradi.
Masalan:uchuvchining va ayniqsa fazogirning aniqlashda ularning muvozanat organlarining faoliyati o‘rganiladi. Muvozanat organlari nihoyatda kuchli qo‘zg‘alganida ko‘ngil aynishi va qayt qilish holatlarni uchratish mumkin.
Sezgi a’zolarining o‘zaro ta’siri ularning nerv tizimsi orqali bir-biri bilan o‘zaro bog‘langanlik natijasidir. Buni akademik Lazerov ko‘p marta tekshirib, isbotlab berishicha ko‘zga yorug‘ tushsa, buning ta’siri bilan quloq yaxshiroq eshita boshlaydi. Shuning uchun ham konsert berilganda zalda chiroq o‘chirilmaydi va natijada musiqa cholg‘usi yaxshiroq eshitiladi. Har qanday issiqlik ko‘z sezgirligini pasaytiradi.
Sezgining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
Sezishning quyi va yuqori chegarasi. Aynan shu chegaralarda sezgi organi tashqi ta’sirlarni qabul qiladi. Sezishning quyi chegarasi qanchalik past bo‘lsa, sezuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi va uning aksi (mas.:yaxshi yoki yomon ko‘rgan duximiz).

  1. Segining farqlash chegarasi. Ikkita qo‘zg‘atuvchining kuchi va sifati bir xil bo‘lganda bir ta’sirni farqlaymiz.(qish kunida quyoshning qizdirishi tufayli etik yoki paltoning og‘irligi).

  2. Sezgining ko‘nikish chegarasi. Kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o‘tganda sezgirlik asta –sekin ortib boradi va uning aksi. Sukunatda tovushni yaxshi eshitish, yaxshi yoritilgan xonada buyumni aniq ko‘rish, charchagan ko‘z sezuvchanligini yo‘qotishi.

Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish