Aqliy mehnatda mushaklar emas, balki ayrim miya hujayralari kuchli qo’zg’alish holatida bo’ladi. Qo’zg’alish holatida ham ma’lum miqdorda energiya sarf bo’ladi, lekin miya hujayralaridagi qonuniyat shundayki har qanday qo’zg’alishlar ma’lum vaqtdan keyin tormozlanish bilan almashinadi. Shuning uchun uzoq davom etgan aqliy mehnat miyani charchatadi, inson dam olishga zarurat sezadi.
Hozirgi zamon sharoitida talabalarning aqliy mehnati ancha oshdi. Bu barcha fanlar bo’yicha o’quv programmalari murakkablashganligi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, elektron hisoblash mashinalari, o’qitishning texnikaviy vositalari, shuningdek fanni o’zlashtirishda amaliy o’yinlarning joriy etilishi fanlar bo’yicha dasturlarning murakkablashuviga olib keldi.
Aqliy mehnat bilan charchash qobiq-qobiq osti nisbatining buzilishi natijasidir. Bunda bir tomondan, qobiq neyrodinamikasida siljish va ish qobiliyati kuzatilsa, ikkinchi tomondan – vegetativ sohada noxush o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’ladi. Binobarin, charchoqni yozish oliy nerv faoliyati jarayonlari va vegetativ funktsiyalar bilan bog’liq.
Aqliy jihatdan toliqish organizm funktsional holatining yomonlashuviga, diqqatning va ish qobiliyatining pasayishiga, harakatlar aniqligining buzilishiga olib keladi. Bularning hammasi bosh miya qobig’ida tormozlanish jarayonining rivojlanishidan, markaziy nerv sistemasi qo’zg’alishining pasayishidan hamda nerv jarayonlarining harakatchanligidan dalolat beradi. Kechasi qilinadigan aqliy mehnat chog’ida organizm turli funktsiyalarida katta o’zgarishlar yuz beradi.
Odam toliqib qolganini qanday sezadi? Dastlab odam parishonxotir bo’lib qoladi, diqqati susayadi, ijodiy mehnat qila olmaydi, yod olinadigan narsalarni yaxshi eslab qololmaydi, bo’shashadi, salga jahli chiqadi.
Aqliy mehnatni oqilona tashkil etish charchoqning oldini olishgina emas, shu bilan birga aqliy mehnat qobiliyatini oshirish vositasi hamdir. Muntazam charchash oqibatida oliy nerv faoliyatining normal jarayonlariga putur etadi, nerv sistemasi ishdan chiqadi. Shu boisdan aqliy mehnatni tashkil etishda markaziy nerv sistemasining, ayniqsa, mijozning alohida xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunday xususiyatlarni I.M.Sechenov va I.P.Pavlov aniqlashgan edi.
I.P.Pavlovning shogirdi N.I.Krasnogorskiy ustozining fikriga asoslanib, insonlarning kuchiga, fe’liga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga, bosh miya bo’limlari hamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o’rtasidagi o’zaro ta’sirga qarab, ularning asab sistemasi turlarini tabaqalashtirdi va 4 guruhga ajratdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |