Fiziologik adaptatsiya-tashqi muhit sharoitlariga mos ravishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tarkibini o’zgartirish va yangi funktsional holatlarni shakllantirishga qaratilgan jarayon bo’lib, organizmning me’yoriy faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.
Talabalar adaptatsiyasi-talabaning oliygohda ta’lim sharoitiga va aqliy faoliyatning yangi tashkilotiga ko’nikish davri bo’lib, uning 3 ta turi mavjud:
Kasbiy-oliy ta’lim tuzilmasiga, oliygohdagi ta’lim jarayoni mazmuni va tarkibiy qismlariga, tanlagan
kasbining xususiyatlariga moslashishdir.
Ijtimoiy-ruhiy adaptatsiya-yangi o’rtoqlar, yangi jamoa bilan ijobiy munosabatlar o’rnatishda aks etadi.
Didaktik adaptatsiya-oliygohdagi ta’lim tizimiga sekin-asta kirishish va moslashuvni ta’minlaydi.
Adaptatsion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor:
Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog’liq salbiy kechinmalar;
Kasbga tayyorgarlikning etarlicha emasligi;
O’z harakatlarini psixologik boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo’qligi bilan bog’liq ruhiy vaziyat;
Yangi sharoitda o’qish va dam olishni optimal rejimini izlash;
O’z-o’zini boshqarishni yo’lga qo’yish (uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o’tish);
Mustaqil yashash va ishlash ko’nikmalarining yo’qligi.
Odam organizmini o’zi-o’zini boshqarish jarayoni tsiklik bo’lib, “oltin qonunga bo’ysunadi” – ma’lum bir faktorning hayotiy zarur darajadan chetga chiqishi, ma’lum bir funktsional sistemaning son-sanoqsiz apparatlarini zudlik bilan qayta tiklanishiga olib keladi. Bu esa hayotiy zarur mos-lashuvchanlik darajasini yangidan tiklanishiga sabab bo’ladi. Butun organizm-ning ishi ko’pgina funktsional sistemalarning birgalikda bajaradigan ishiga asoslangan. Funktsional sistema o’z ichiga tirik datchik bo’lib hisoblanadigan retseptor tuzilmalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga markaziy apparat, ya’ni miya strukturalari kiradi. Bu strukturalar tashqaridan kelayotgan signallarni qabul qiladi, analiz va sintez qilib, kutilayotgan natijani programmalashtirib beradi. Shuningdek, funktsional sistemaning ijro etuvchi zanjiri – periferik organlar ham bo’lib, bular kelayotgan buyruqlarni amalga oshiradilar. Bundan tashqari afferentatsiya – qayta aloqa ham mavjud bo’lib, u markazga ijro etuvchi mexanizmlar faoliyati va oxirgi natija haqida xabar beradi. Oxir-oqibatda turli funktsional sistemalar birlashib, silliq ishlovchi organizmni hosil qiladi. Bunda organizm uchun zarur bo’lgan u yoki bu funktsional sistemaning ustuvorligini ko’rish mumkin. Faol adaptatsiyaning biologik ma’nosi o’zgargan tashqi muhit sharoitlarida gomeostazni ushlab turishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |