Sangviniklar; kuchli, barqaror, harakatchan. Bunday kishilarda miya yarim sharlaridagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayoni kuchli bo’ladi. Ular hayotda ishchan, quvnoq va ancha shashqaloq bo’ladilar.
Flegmatiklar; kuchli, barqaror, kamharakat tip. Bu toifa odamlarda qo’zg’alishlar kuchli, barqaror, lekin harakatlar sekinlashgan bo’ladi. Bunday odamlar tabiatiga ko’ra tinch, osoyishta, xotirjam, sabr-toqatli va mehnatkash bo’ladilar.
Xoleriklar; Kuchli, o’ta qo’zg’aluvchan, beqaror. Bunday toifadagi kishilarda bosh miya yarim sharlaridagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari keskin bo’lib, qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan kuchli bo’ladi. Shuning uchun ular g’ayratli, tez ta’sirlanuvchan va jizzaki bo’ladilar.
Melanxoliklar: bo’shang tip. Bunday odamlarda miyadagi qo’zg’alishlar kuchsiz, barqarorlashgan bo’lib, ularda tormozlanishga moyillik kuchli bo’ladi. Shuning uchun, ular g’ayratsiz, hayotdan doimo nolib yuradigan, hafsalasiz kishilar bo’ladilar.
Odamlar asab sistemasining turlari har xil bo’lganligi tufayli ulardan bir xil xulqni, atrofdagilarga, buyumlarga nisbatan bir xil munosabatda bo’lishni talab qilib bo’lmaydi. Bu insonlarning charchash darajasiga, normal ish qobiliyatining tiklanish vaqtiga ham bog’liq.
Birinchi va ikkinchi signal tizimining rivojlanish darajasiga qarab kishilarni quyidagi 3 ta tipga ajratish mumkin.
San’atkor tip. Bu toifa kishilarda birlamchi signal tizimi yaxshi rivojlangan bo’lib, ular borliqni anglashda ko’rish, eshitish va sezgilarga ko’proq tayanadilar. Shuning uchun bu toifa kishilardan rassom, shoir, yozuvchi, musiqashunoslar ko’proq chiqadi.
Fikrlovchi tip. Bu toifa kishilarda ikkinchi signal tizimi - anglash, fikrlash yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, ular borliqni anglashda ong-mulohazalariga ko’proq tayanadilar. Shuning uchun bu toifa odamlardan matematiklar, faylasuflar, kashfiyotchilar ko’proq chiqadi.
O’rtacha tip. Bu toifa kishilarda birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir xil ahamiyatga ega bo’lib, ko’pchilik odamlar shu toifaga kiradi.
Aqliy mehnatni bir necha turkumlarga bo’lib qarash maqsadga muvofiqdir. Bular operatorlik ishlarini boshqarish, ijodiy, tibbiyot xodimlarining mehnati, o’qituvchilar mehnati, o’quvchi va talabalar mehnati sifatida tavsiflanishi mumkin. Masalan, operatorlik mehnati umumiy aqliy mehnat turlari ichida katta mas’uliyat talab qiladigan va nihoyatda ko’p miqdordagi ma’lumotlarni o’ziga jamlagan holda ma’lum echimga kelishni talab qiladigan mehnat turi hisoblanadi. Bu albatta inson organizmini asabiy zo’riqishga olib keladi. 5
Do'stlaringiz bilan baham: |