O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi



Download 4,93 Mb.
bet19/282
Sana31.12.2021
Hajmi4,93 Mb.
#235378
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   282
Bog'liq
2 5208896367623146779

Gomeostaz - bu odam organizmining ba’zi fiziologik funktsiyalari va ichki muhitning nisbiy doimiyligidir. Gomeostaz nafas a’zolari, qon aylanishi tizimi, ovqat hazm qilish va ayirish a’zolarinig uzluksiz faoliyati tufayli ta’minlanadi. Gomeostazning asosiy ko’rsatkichlari (tana harorati, qonning va to’qima suyuqligining osmotik bosimi va boshqalar) o’z-o’zini boshqaruvining murakkab mexanizmlari orqali bir me’yorda turadi. Bunday mexanizmlar nerv, endokrin va sensor sistemalarini o’z ichiga oladi. Organizm gomeostazining barqarorligi- salomatlikning belgisi bo’lib, uning buzilishi kasallik keltirib chiqaradi. Tana haroratining bir maromda saqlanishi, qon bosimi, nafas olish parametrlari, kislota-ishqor muvozanati, qon, limfa, to’qimalararo suyuqlik tarkibi doimiyligining ta’minlanishi organizmning tashqi muhitningdoimiy ravishda o’zgarib boruvchi sharoitlariga moslasha olishini, uning salomatligini ko’rsatadi. Aqliy mehnat gigienasi. Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo’ladi. Inson o’zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo’lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Mehnat insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishining, uning tabiatdan ajralib chiqishining negizidir. Inson faoliyatining turli-tuman qirralari mavjud bo’lib, har xil hududlarda yashovchilar uchun o’ziga xos bo’lgan faoliyat turi bo’ladi. Hozirgi zamon taraqqiyotini hisobga olib, inson faoliyati

ikkita turga jismoniy va aqliy mehnat turlariga bo’linadi.

Inson jismoniy ish bajarganda uni o’z kuchi va qudrati asosida bajaradi, bunda uning butun tanasiga og’irlik tushadi, ya’ni paylari zo’riqadi va buning natijasida tanadagi harakatlanish, ko’tarish qobiliyati oshadi hamda doimiy

zo’riqish natijasida umumiy jismoniy rivojlanish vujudga keladi va bu o’z navbatida nafas olish, qon aylanish tizimlarining mustahkam va tekis ishlashini ta’minlaydi, hamda organizmdagi ovqatlanish va modda almashinish jarayonlarini yaxshilaydi.




Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish