Himoya-moslashuvchanlik reaktsiyalari reflektor va gumoral yo’llar bilan boshqariladi, bunda asosiy o’rin oliy nerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko’p foydali moslashuvchanlik xususiyatlari bo’lib: ular ichki muhit ko’rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, harorat, qon bosimining darajasi); odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi axloqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik, jinsiy va boshqalar) va insonning jamiyatdagi umumiy va shaxsiy tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |