Yong’inning oldini olish chora-tadbirlari:
Tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o’tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish.
Qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus ko’rsatmalarni so’zsiz bajarish.
Yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, yong’inni o’chirish uchun 1-daqiqada 1 piyola, 2-daqiqada bir chelak suv etarli bo’lishini, 3-daqiqada esa 1 tsisterna suv ham etmay qolishi mumkinligini yodda saqlash.
Muntazam ravishda aholini yong’inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o’rgatishdan iborat.
Yong’inga qarshi kurashda quyidagilarga amal qilish lozim:
Yong’in keng tus olib ketmasligi uchun yonayotgan joyning tevarak-atrofini suv va boshqa qorishmalar bilan sovitib, yonishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Yonayotgan xududni ko’pik, kukun, qum, qalin mato va havo o’tkazmaydigan boshqa narsalar bilan yakkalab qo’yish.
Yon-atrofdagi barcha tez yonuvchi jihozlarga, inshootlarga maxsus ko’pik-kukunli ishqorli suv sepish.
Yonish reaktsiyasini kimyoviy yo’l bilan sekinlashtirish.
Yonish xavfi yuqori bo’lgan joylar bu portlash xususiyati yuqori bo’lgan moddalar saqlanadigan omborlar va joylardir.
Yonish va portlash xususiyatiga qarab xavflilik jihatidan 6 guruhga bo’linadi: A, B, V, G, D, E,
A guruhi – neft ishlab chiqaruvchi zavodlar, kimyoviy korxonalar, neft o’tkazuvchi quvurlar, neft omborxonalari.
B guruhi – ko’mir kukuni, yog’och qipigini tayyorlovchi tsexlar, un va unni qayta ishlab chiqarish kombinatlari.
V guruhi – yog’och, paxta va ularni qayta ishlab chiqaruvchi korxonalari, kog’oz korxonasi.
Yong’in va portlashlar uzviy bog’liqligi sababli barcha tashkilotlarda sodir bo’ladigan yong’inlar natijasida portlashlar ham bo’lishi mumkin yoki aksincha portlash natijasida yong’inlar sodir bo’lishi mumkin.
Portlash – bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi, katta miqdor-dagi quvvatning ajralib chiqishidir. Portlash gazlarning qattiq qizishi oqiba-tida yuqori bosim ta’sirida sodir bo’ladi. Portlashlar asosan, yong’in portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatida yong’inlar kelib chiqishi mumkin. Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar , ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar portlash xavfi bor tashkilotlar hisoblanib, ularda ma’lum sharoit-larda portlash sodir bo’lishi mumkin. Bularga mudofaa, neft va neft maxhsulot-larini qayta ishlab chiqaruvchi-saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, kog’oz, non mahsulot-lari saqlovchi omborxonalar kiradi.
Portlashning zarar etkazuvchi omillari:
Zarba to’lqinlari.
Siniq parchalarning sochilishi.
Bular birlamchi holatlar bo’lsa, ikkilamchi portlashlar, yong’inlar, falokat-lar, kimyoviy va radiatsion shikastlanishlar, keng tusda to’g’onlarning buzilishi
va suv toshqinlarining sodir etilishi binolarning qulashiga olib keladi.
Portlatuvchi omillar:
Kimyoviy (portlovchi moddalar).
Yadroli (yadroli kurollar).
Mexanik uslubdagi (yuqori bosimdagi suyuqliklarni quyuvchi-tarqatuvchi idishlarning yorilishi).
Elektromagnit (uchqun razryadi, lazer uchquni).28
Do'stlaringiz bilan baham: |