1. Transportdagi avariyalar va halokatlar.
a) Havo transportidagi avariya va halokatlar.
O’zi bilan birga yo’lovchilarni, ekipaj a’zolarini halok bulishiga olib keladi, havo transportlarini portlashiga, yonishiga, buzilishiga, er yuzidagi binolarni va boshqa xalq xo’jaligi ob’ektlarini buzilishiga olib kelib, turli darajadagi qutqaruv, qidiruv va tezkor yordam ishlarini olib borishni talab etadigan holat.
Olib keluvchi sabablar: uchuvchi apparatlarning biror-bir qismlarini ishdan chiqishi, boshqaruv tizimining, ta’minotning, aloqa tizimidagi nosozliklar, ob- havoning noqulayligi, axborot beruvchi distpetcherlarning ayblari bilan sodir etilishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko’rik va ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi.
Xizmat muddati qoidalari talablariga rioya qilish.
Boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish.
Xodimlarninig bilimi va tajribasini oshirib borish.
b) Temir yo’ldagi avariya va halokatlar.
Yong’inlar-portlashlarga, yo’nalishdagi vagonlarni izdan chiqib ketishiga, aholi va yo’lovchilarni nobud bo’lishiga, sodir etilgan joylardagi aholi va xududlarning
turli zaharli modda yuklatilgan vagonlar halokatga uchraganda xududlarni, aholini zaharlanishiga olib keluvchi holat.
Kelib chiqish sabablari: temir yo’llardagi nosozliklar, harakat tarkibi-ning texnik nosozligi, aloqa vositalarining nosozligi, aloqa bog’lovchi xodim-larning ahamiyatsizligi.
Eng katta xavf tug’diruvchi favqulodda vaziyat, yonuvchi, portlovchi, turli zaharli moddalarni tashuvchi yuk tsisternalarida, yuk poezdlarida sodir bo’ladi-gan vokealardir.
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish chora-tadbirlari:
Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik ta’mirlash ishlarni o’z vaqtida o’tkazish.
Transport turini ishlatish muddati qoidalari talablariga amal qilish
Boshqarish va aloqa tizimlarining ish sifatini oshirish.
Dispetcherlik xizmatini yaxshilash.
Xodimlarning bilimi va tajribasini oshirib borish.
V) Avtotransport avariya va halokatlari (yo’l transporti hodisalari).
Transportlardagi fuqarolarni halok bo’lishiga, portlash va yong’inlarni chiqishiga olib keladi.
Kelib chiqish sababi: fuqarolarimizni transport harakat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo’llarga chiqib keti-shi, texnik nosoz transportlarni boshqarish, yo’llarning talab darajasida emasligi.
Oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko’rik va texnik ta’minlash ishlarini o’z vaqtida o’tkazilishi.
Texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik.
Barcha turdagi yo’l harakati qoidalariga rioya qilish.
DAN xodimlarining, haydovchilarning, aholini birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha bilim va malakalarni oshirish.
Yo’l tarmoqlarini me’yoriy talab darajasida saqlash.
Shaharlarda ko’p sathli yo’llardan, piyodalarning er osti yo’laklaridan samaraliroq foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |