Gidrotexnik (gidrodinamik) falokat – bu gidrotexnik inshootning yoki uning biror qismini ishdan chiqib buzilishi natijasida boshqarib bo’lmaydigan juda katta suv massasini bostirib kelishi tufayli vujudga keladigan favqulodda vaziyatdir.
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnik inshootning buzilishi, baland tog’ ko’llarining urib ketishi natijasida suv bosishi gidro-texnik halokatlar va falokatlarga olib keladi. Odamlarni qurbon bo’lishiga, sanoat va qishloq xujalik ob’ektlarini ishini izdan chiqishiga, suv bosgan zonadagi aholining
hayot faoliyatini izdan chiqishiga sabab bo’ladi va shoshilinch ko’chirish (evakuatsiya) tadbirlarini o’tkazishni talab qiladi.
Gidrodinamik xavfli ob’ektlar – bu suv oqimi bo’ylab o’zidan oldingi va o’zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qilib beradigan inshoot.
Gidrotexnika inshootlari qaerdaligiga qarab:
Er usti (daryo, ko’l, kanal ) inshootlari.
Er osti (o’tkazgich quvurlar, tunellar) inshootlari. Foydalanish maqsadi va xususiyatiga qarab:
Suv – energetika inshootlari
Suv ta’minoti inshootlari.
Sug’orish inshootlari.
Oqava chiqinda suvlar chiqarish inshooti.
Suv – transport inshootlari.
Baliq xujaligi inshootlari.
Sport inshootlari.
Har bir gidrotexnik inshootda gidrotexnik qulf, ventil, g’ov, surma to’siq va maxsus uskuna jihozlar va turli qurilmalar bo’ladi.
Gidrotexnika inshootlarini buzilishiga quyidagilar sabab bo’ladi: suv oqimi, tebranish, balchiq – cho’kindilar, o’zgaruvchi harorat, statistik va dinamik kuchlar, metall zanglashi, erning yuvilib ketishi, tabiiy ofatlar – zilzila, ko’chki, kuchli shamol, sel sabab bo’ladi. Ularning ta’siri natijasida gidrotexnik inshootlar buzilishi, natijada ko’lami turlicha bo’lgan suv toshqinlari sodir bo’lishi mumkin.
Ko’lami va xarakteri qandayligiga qarab ehtimoli bor quyidagi favqulodda vaziyat bo’lishi mumkin:
To’g’on buzilgandagi toshqin – suvning bir qismi to’g’ondan o’tib ketishi.
Suv bosishi, xududning asta-sekin suv ostida qolishi.
Halokatli suv bosishi - to’g’on buzilib, uni urib ketgan suv xududni shiddat bilan tez qoplab ketishi va toshqin sodir bo’lishi.
Suv bosish zonasi – xududning gidrotexnika inshootlariga tutash va suv tagida qolishi mumkin bo’lgan qismi.
Favqulodda vaziyat tufayli suv va er yuzasining zararli moddalar bilan ifloslanishi, odamlar va hayvonlar ommaviy kasallanishi, transport va energo- magistral tizimlaridagi avariyalar, ko’chkilar, o’pirilishlar, atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar va boshqa salbiy oqibatlar yuzaga kelishi mumkin.
Gidrotexnika inshootlarini muhofaza qilish favqulodda vaziyatni oldini olishning eng asosiy omillaridan bo’lib, avvalo gidrotexnik inshootni to’g’ri loyihalash va qurish, ulardan to’g’ri foydalanish, belgilangan ishlarni va ta’mirlash ishlarini vaqtida bajarish, qirg’oqni mahkamlash va tub mahkamlash ishlarini vaqtida o’tkazish lozim.
Aholi va xududlarni muhofaza qilish choralariga quyidagilar kiradi:
Oldindan aytilgan to’g’ri taxminlarning doimo mavjud bo’lishi.
Yaxshi yo’lga qo’yilgan axborot xizmatining bor bo’lishi.
Gidrotexnik inshoot xodimlarining bilimdonligi, intizomligi.
Ehtimoli bor halokatli suv bosish zonasida istiqomat qiluvchi aholining favqulodda vaziyatdagi hatti-harakatlarga tayyorgarlik ko’rganligi.
Muhofaza tadbirlarini bevosita o’tkazish.
Gidrotexnik inshootda falokat xavfi tug’ilgani haqida aholiga xabar berish.
Suv ostida qolishi mumkin bo’lgan zonalardan aholini, qishloq xo’jalik hayvonlarini, moddiy boyliklarni barvaqt evakuatsiya qilish.
Suv bosishi ehtimoli bor zonadagi korxona, tashkilot, muassasalar ishini qisman cheklash.
Darhol hujjatlarni, qimmatbaho va kerakli buyumlarni, 2-3 kunlik oziq-ovqat va ichimlik suv zahiralarini o’zi bilan olish.
Chorva mollarini xavfsiz joylarga o’tkazib qo’yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |