Nazorat uchun savollar
1.Xotirani tashkil etishdagi parallelizm deb nimaga aytiladi? 2. Garvard arxitekturasi haqida ma’lumot bering.
3. Garvard arxitekturasi asosida qurilgan signal protsessorlariga misollar keltiring. 4. Protsessor shinasini tashkil etishdagi parallelizm deb nimaga aytiladi?
5. TMS 320S55x protsessor yadrosi nechta funksional modulga ega?
6. TMS 320S55x protsessor yadrosi qanday arxitektura bo‘yicha qurilgan?
7. Ma’lumotlarga ishlov berish buyruqlari darajasidagi parallelizmni yoritib bering.
124
9-MA’RUZA. SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH TIZIMLARINING
DASTURIY TAMINOTI 9.1. Amaliy va tizimli dasturlar
Signallarni qayta ishlash tizimlarining dasturiy ta’minoti asosida signal parametrlarini qabul qilish, o‘zgartirish, saqlash va aniqlash bo‘yicha individual protseduralarni anglatmaydi, balki sensordan signal protsessorigacha bo‘lgan butun ishlov berish yo‘lining tizimli va amaliy dasturlarini anglatadi [4, 5, 6, 19].
Amaliy dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
– koordinatalarni geometrik o‘zgartirish (robototexnika, harakatni boshqarish, yer yuzi tasvirlarini qayta ishlash);
– obyektlar yoki jarayonlarning joriy parametrlarini hisoblash (tezlik, masofa, maydon, og‘irlik, kuch, hajm);
– foydali komponentalarni aniqlash va ajratib olish muammolarini hal qilish uchun signallarning (energiya, quvvat) energiya xususiyatlarini aniqlash;
– turlixilasosiytizimlarda spektralkomponentalarnihisoblash(Furetahlil); – empirik bog‘liqliklarni filtrlash, silliqlash, qayta ishlash, timsollarni tanib
olish, nutqni qayta ishlash, audio va videoga ishlov berish vazifalarida tarkibiy qismlarni tanlash;
– ortiqcha ishlarni qisqartirish, trafikni optimallashtirish, uzatish paytida resurslarni tejash vazifalarida signallarni siqish, interpolatsiya, detsimatsiya qilish.
Amaliy dasturlar sonli usullarga asoslangan: algebraik tenglamalarni yechish, qatorlarni yoyish, vektorlar va matritsalarni ko‘paytirish, elementar funksiyalarni hisoblash, ketma-ketlikni analitik tasvirlash kabilardir.
Ishlov berish protseduralariga qo‘yiladigan asosiy talablar: − dastur va ma’lumotlar xotirasining minimal hajmi;
− minimal qiyin operatsiyalar (ko‘paytirish, darajaga ko‘tarish, ildiz chiqarish);
− ishlov berishning minimal xatoligi;
− amalga oshirishning yuqori tezkorligi.
125
Tizimli dasturlar:
− operatsion tizimlar (UNIX, Windows NT, QNX);
− xizmat dasturlari (utilita dasturlari, qobiqlar, interfeys dasturlari),
− instrumental vositalar (muharrirlar, emuliyator dasturlari, tarjimonlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |