Surish qurilmasi. Ma’lumotlarni surish amalini bajaruvchi, shuningdek surish natijasi saqlanadigan registr surish qurilmasi yoki “suruvchi” deyiladi. Bajariladigan vazifasiga ko‘ra suruvchilarni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
118
– oldin suruvchilar bunda ma’lumotlarning surish amalini bajarishdan oldin
yoki bajarilayotgan vaqtda amalga oshiriladi;
– keyin suruvchilar, bunda ma’lumotlarni surish amal bajarilgach amalga oshiriladi.
Ikkala holatda ham amal natijasini saqlovchi suruvchi strukturasi akkumulyator strukturasiga o‘xshaydi. Oldin suruvchilarning asosiy funksiyalari:
– oldindan masshtablash, ya’ni qo‘shish va ayirish arifmetik amallarni bajarishdan oldin ma’lumotlarni surish, shuningdek akkumulyatorga ma’lumotlarni yuklashdan (masalan, ma’lumotlar xotirasi yacheykasi tarkibini akkumulyatorga yuklash amalining bajarilishi dan) oldin surish;
– AMQda mantiqiy amallarni bajarishdan (masalan, protsessorda mantiqiy ko‘paytirish amalini bajarishdan) oldin ma’lumotlarni surish;
– AMQda arifmetik surishlar amallarini bajarish vaqtida ma’lumotlarni surish;
– AMQda mantiqiy va siklik surishlarni bajarish vaqtida ma’lumotlarni surish.
Keyin suruvchilarning asosiy vazifalari:
– natijalarni ma’lumotlar xotirasida saqlashda masshtablash; – belgini kengaytirish bitlarini bartaraf etish;
– natijalarni normallashtirish;
– natijalarni blokda bir xil tartibni ajratishda masshtablash.
Masshtablash amal natijalarini ma’lumotlar xotirasida saqlashda amalga oshiriladi. Akkumulyator tarkibini surish amali akkumulyator tarkibini nusxalovchi suruvchida amalga oshiriladi, bunda akkumulyator tarkibi o‘zgarmaydi. Xotira yacheykalarida suruvchining katta MSP yoki kichik LSP so‘zi formatlarining o‘zgarishi qoidalariga amal qilgan holda saqlanadi. Keyin suruvchilar belgini kengaytirish bitini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi vau registrdaavtomatikravishda generatsiyalanadi, registr ma’lumotlarni ko‘paytirish natijasini butun hisoblash
119
arifmetikasida saqlaydi. Keyin surish amalining bajarilishiga quyidagilar ko‘rsatma
bo‘la oladi:
− holat registrida masshtablash bitlarining holati, bitlar kombinatsiyasi surishning yo‘nalishi va kattaligini aniqlaydi. Quyidagi rejimlar o‘rnatilishi mumkin: masshtablash ning yo‘qligi, pastga masshtablash (1 bit chapga surish), yuqoriga masshtablash (1 bit o‘ngga surish).
− maxsus buyruq;
− akkumulyator tarkibini ma’lumotlar xotirasida saqlash buyrug‘ida surishga bevosita ko‘rsatish.
Cheklovchilar. Cheklovchilar akkumulyatorda to‘lib ketish bo‘lganda to‘lib toshish arifmetikasini amalga oshiruvchi qurilmaning shartli nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |