Kiritish/chiqarish vazifalarini boshqarish. Real vaqtdagi har bir amaliy dastur muayyan turdagi tashqi qurilma bilan bog‘liq. Yadro amaliy dasturlarga ushbu qurilmalardan o‘qish va ularga yozish imkonini beruvchi kiritish/chiqarish xizmatlarini ta’minlashi kerak. Real vaqt ilovalari uchun ushbu ilova uchun spetsifik bo‘lgan tashqi qurilmaning borligi odatiy hol. Yadro qurilmalar drayveri bilan ishlashni yengillashtiruvchi servisni taqdim etishi kerak.
Taymerlar xizmati so‘rovlarni ishlashning barcha jarayonlarini va vazifalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatishni vaqt bo‘yicha sinxronlashtirishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqish muhiti. Real vaqtning istalgan tizimi loyihasining bahosi dasturiy ta’minot narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun dasturiy ishlab chiqish muhitiga tobora ko‘p e’tibor qaratilmoqda. Bu ayniqsa ishlash jarayonida xatolarni bartaraf qilish qiyin, ayrim paytlar esa buning iloji yo‘q bo‘lgan SRIB tizimlari uchun juda dolzarb. Amaliy dasturlarni ishlab chiqish, sozlash va qo‘llab-quvvatlashning mukammal usul va vositalari uni ishlab chiquvchilarga sifatliroq dasturiy mahsulot yaratish imkonini beradi [21, 22].
Real vaqtning amaliy vazifalari ushbu o‘quv qo‘llanmalarining birinchi qismida ko‘rib chiqilgan usul va modellar asosida tuziladi. Amaliy dasturlarni ishlab
130
chiqish uchun muayyan vositalar: redaktorlar, kompilyatorlar, komponovkachilar va
sozlagichlar kerak. Simvolli sozlagichlar ishlab chiquvchiga ko‘pincha uzoqdagi terminaldan ijro etilayotgan tizimni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Simvolli sozlagichdan foydalanib ishlab chiquvchi o‘zgaruvchilar nomi va belgilarga murojaat qilish, so‘nggi kod to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi mumkin. Xotira kartasini yuritish va tahlil qilinayotgan o‘zgaruvchilarning joylashgan o‘rnini topishiga ehtiyoj qolmaydi. Sozlagichga xos xususiyatlar o‘zgaruvchilarni tadqiq etish, ularning qiymatini tekshirish, dasturni satrma-satr o‘tish, to‘xtash nuqtalarini qo‘yib chiqish imkonini beradi. Sozlagichlar xatolarga katta barqarorlik bilan tizim holatini ko‘rsatadi, ya’ni dasturlarning qaysi biri ishga tushdi, ular hozir qaysi holatda (bajarish, kutish), muayyan dastur haqida axborot beradilar va joriy bajarish tizimiga kiritilgan dasturning yangi versiyasini dinamik tarzda yaratadilar. Nafaqat yuqorida aytib o‘tilgan umumiy vositalar, balki tizimni tahlil qilish vositalari, talablarni va trassirovka vositalarini tahlil qilish, shuningdek modellashtirish vositalari kabi mukammal vositalar zarur bo‘ladi. Ishlab chiquvchilarga ishlab chiqishning butun sikli (tahlil, loyihalashtirish, kodlashtirish, testlash, hujjatlashtirishvavazifaniqo‘llab-quvvatlash)niqamraboluvchiintegrallashtirilgan dasturiy vositalarga ega bo‘lish foydali.
Amaliy dasturlarni ishlab chiquvchi uchun o‘zi ishlayotgan tizim va o‘zi foydalanayotgan standartlarning ochiqligi o‘ta muhim. Ochiq tizim ishlab chiquvchining erkinligini anglatadi.
Standartlar amaliy dasturlarni o‘tkazishni va boshqa tizimlar bilan moslashishni osonlashtiradi. Bu borada operatsion tizimlarda POSIX mashhur standarti mavjud. U turli platformalar o‘rtasida ilovalarning o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ushbu standartning muhim qismlaridan biri real vaqt ilovalari mobilligini ta’minlashga bag‘ishlangan. Buning uchun zarur dasturiy interfeyslar (jarayonlarni dispetcherlash va sinxronlashtirish, kiritish/chiqarishni ta’minlash) va jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, taymautlar, uzilishlarni boshqarish standartlashtiriladi. Bu standart tobora keng tarqalmoqda va operatsion tizim yashovchanligi kafolatini oshirmoqda.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |