O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3



Download 2 Mb.
bet40/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR:

1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.


2. Korxona qudratining raqobatbardoshliligi deganda nimani tushunasiz?
3. Korxonaning iqtisodiy qudrati nima va uning ahamiyati qanday?
4. Korxona qudratidan foydalanish imkoniyatlari to’g’risida nimalarni bilasiz?

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYa
INSTITUTI


«MENEJMENT» KAFEDRASI


«Menejment» fanidan


AMALIY MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH BO’YICHA


USLUBIY KO’RSATMALAR

NAMANGAN 2021
Ushbu uslubiy ko’rsatma 60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.
Tayyorladi: i.f.n.,prof.v.b. O.S.Kazakov
Taqrizchi: i.f.n., dots. G’.Madiyarov


Ushbu uslubiy ko’rsatma «Menejment» kafedrasining 2021 yil avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Uslubiy qo’rsatma Namangan muhandislik-texnologiya instituti Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan (Bayonnoma № 1 « » avgust 2021 yil) nashrga tavsiya qilingan.

Kirish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni 2017 yil 7 fevralda qabul qilindi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’kinlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta yo’nalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish.
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish.
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish.
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yurgizish.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo’nalishda ko’rsatilgan chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo’njallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash,bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishida turli soha mutaxassislarining o’ziga xos o’rni va ahamiyati bor. Ayniqsa, iqtisodiy faoliyatni tashkil etuvchilar va boshqaruvchilarga talab juda yuqori bo’lib, ularning faoliyati tashkilotlarning bozor munosabatlari sharoitidagi xolatini aks ettiradi. Zamonaviy mutaxassislar menejment ilmini yuqori darajada o’zlashtirishlari talab etiladi.
Menejment boshqaruvda band bo’lgan odamlar va ular faoliyati bilan chambarchas aloqadadir. Bu sohadagi mehnat boshqaruv mehnati deb ataladi. Boshqaruv mehnati bilan shug’ullanayotganlar ijodiy xarakterdagi aqliy mehnat bilan band bo’ladilar. Boshqaruvda mehnat buyumi - ma’lumotlar, xabarlardir. Bu ma’lumotlarni qayta ishlab, boshqaruvchilar boshqaruv ob’ektini o’zgartirish to’g’risida qarorlarni qabul qiladilar. Bunday qarorlarni qabul qilishda, ular boshqaruvda mehnat qurollaridan foydalaniladilar, ushbu qurollar vositasida ular mehnat buyumlari bo’lgan informatsiyaga ta’sir ko’rsatadilar. Boshqaruvda mehnat turlariga yozish, chizish, hisoblash vositalari, komp’yuterlar, telefon, teleks, faks, internet tarmog’i, radio, televideniya, uyali aloqa vositalari va hokazolar kiradi. Boshqaruvchilarning mehnati va faoliyati natijasi ularning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishish orqali baholanadi. Boshqaruvchilar, menejerlar bunday nozik ishlarni bajarganliklari sababli ularning malakaviy darajasiga katta talablar qo’yiladi. Hozirgi zamon menejerlari ana shu talablarga javob beradigan bo’lishlari lozim.
Bozor sharoitida boshqarish - menejment quyidagilarni anglatadi:

  1. Tashkilot faoliyatini bozor talabi va extiyojlariga yo’naltirilganligiga, aniq istemolchilar xohishlarini inobatga olish va talab yuqori bo’lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, kam xarajatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishga muntazam harakat qilish.
3. Korxona, tashkilot faoliyatining yakuniy natijalari uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga qaror qabul qilish, erkinligini beruvchi xo’jalik mustaqilligiga ega bo’lish.
4. Bozordagi xolatga mos ravishda maqsadlar va dasturlarni muntazam ravishda moslashtirib borish.
5. Asoslangan va aniq qarorlar qabul qilishda komp’yuter texnikasidan foydalangan xolda zamonaviy axborot asoslaridan hamda manbalaridan foydalanish.
Menejment fanidan amaliy mashg’ulotlar seminar mashg’ulotlaridan, topshiriqlarni bajarishdan, masalalarni yechishdan hamda loyihalarni bajarishdan iborat bo’ladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish