Nazorat savollari
“Mehnat jamoasi”tushunchasiga ta’rif bering
Qanday jamoalar rasmiy deb ataladilar?
Hukmronlik nima?
Rahbarning “Ta’sir etish” va “hukmronligi”ning farqi nimadan iborat?
Qonuniy hukmronlik nimaga asoslanadi?
Menejerlarni qo’l ostidagilarga ta’sir etishning qanday shakllari
mavjud?
7. Qanday hukmronlik eng insonparvardir?
8. Ishontirish nima?
9. Kanday nizolar disvazifaviy deb ataladilar?
10. Nizoni hal qilishning qaysi shaxslararo usullarini eng samarali deb hisoblash mumkin?
11. Nizolarni hal qilishning qaysi usuli boshqa tomonning nuqtai nazarini qabul qilishni ko’zda tutadi?
12. Nizolarni hal qilishning qaysi usuli hukmronlikdan foydalanish, qo’l ostidagilar tashabbuslarini bo’g’ishni talab qiladi?
13. Ikkita rahbar xodimga ziddiyatli talablarni beruvchi nizo qanday nomlanadi?
14. Tashkilot xodimlariga kimlar kiradi?
15. Xodimlarni baholashning qanday zamonaviy usullari mavjud?
16. Menejer martabasini boshqarish nimani bildiradi?
QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR:
1. Jamoa: tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari.
2. Ta’sir va xukmronlik
3. Nizolarni boshqarish.
4. Xodimlarni boshqarish.
10. Korxona qudratini boshqarish
Reja:
1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.
2. Korxona qudratining raqobatbardoshliligi.
3. Korxonaning iqtisodiy qudrati.
4. Korxona qudratidan foydalanish imkoniyatlari, yo’qotishlarni aniqlash.
1. Korxona qudrati tushunchasi, mohiyati va ahamiyati.
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko’proq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi bo’lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to’g’ri tanlangan strategiyasiga bog’liq. Strategiyani tanlash o’z navbatida bir necha omillarga bog’liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi yoki orqada qoluvchimi; korxona o’zining oldiga qanday maqsadlar qo’ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “o’rtada” mustahkamlanish yoki inqirozdan qochish. Korxona qo’yilgan maqsadlarga ko’ra bozordagi hulqning u yoki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasining o’zi quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
Korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash;
korxona salohiyati rezervlari va yo’qotishlarini tahlil qilish;
korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha strategiya va taktikani tanlash;
tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tadbirlarni o’tkazish.
SHunday qilib, bozor sharoitlarida korxona salohiyatni boshqarish, mohiyatiga ko’ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi yoki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u yoki bu mo’ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo’ladi.To’g’ri strategiyani tanlash uchun menejerga hammadan avval iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – bu korxona ixtiyorida bo’lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari va menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir. Korxonaning iqtisodiy salohiyati to’rtta asosiy alomatlar bilan ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |