Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo’yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar ko’proq unda mavjud bo’lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, sotsial)ga bog’liq. SHuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgianadi.
Uchinchi alomat. SHaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo’lish zarur, ammo hali bu yetarli emas. Biz resurslarning hajmi bo’yicha AQSH bilan tenglasha olishimiz va hatto undan ustun kelishimizdan qanday ma’no bor! Ishlab chiqarish natijalarichi? Amerikaliklar va bizning turmush darajamizchi? Bu qanchalik siyqa bo’lib yangramasin, yana mavjud resurslardan foydala- nishni bilmoq kerak. Bu esa – har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo’lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar , xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta’riflanadi.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha to’rtta alomatlarni, ya’ni korxonalarning “iqtisodiy salohiyati”ni birlashtiruvchi tushuncha mana nima uchun bo’lmagan. G’arbdagi texnologik ko’tarilish paytida ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, dastg’ohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashyoviy resurslar turlarida bo’lgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e’tibor kishilik kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan to’liq foydalanishga qaratilgan. SHunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo’lib ko’ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. SHuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko’rinadi: kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy salohiyati. G’arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha ko’rsatib o’tilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalni muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga “kalit”ni ko’radilar. SHuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obro’ga ega Li Yakokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: “Barcha xo’jalik operatsiyalarni pirovardida uchta so’zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi o’rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo’lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin”.
An’anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va to’g’ridan to’g’ri bo’lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy omil bo’ladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o’zlarining tajribalarida shunga iqror bo’ldilarki, insonga kiritma(malakani oshirish, ta’lim, sog’liqni saqlash, firma hisobidan bo’sh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko’paytiradi va raqobarbardoshlikni oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham ko’rsatib o’tilgan modelning ayrim elementlarini qo’llash zarurligini his qilgan korxonalar bo’lsa ham. Masalan, “Plastik” kooperativi xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning navbatchiligi, o’z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to’lash bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalarimiz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innovatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi:
- unda mavjud bo’lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo’lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);
- xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma’lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;
- menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati ( menejerning tayyorgarligi, ist’edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
- innavtsion qobiliyatlari bilan ( ya’ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);
- axborotli qobiliyatlari bilan (ya’ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va “qo’shimcha ishlov berish” usuli);
- moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.
Etarlicha ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lgan holda, korxona o’z salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha ustivor tadbirlarni tanlab olishda bozorning eng muhim va barqaror talablari (“ko’rinmas qo’lini”) tanlab olish va nafaqat texnologik siyosat yo’nalishini savodli tasniflash, balki ulardan eng ishonchli va birinchi navbatdagilarini tanlashga qodirdir. Tabiiyki, har qanday baholarda ham tavakkalchilik elementi saqlanib qoladi. Ammo usiz na raqobat va na bozorning o’zi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |