Mavzu: Parranda gòshtidan tayyorlanadigan maxsulotlar - Reja:
- 1. Parranda go'shtlaridan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi
- 2. Tez muzlatilgan parranda mahsulotlari
- 3. Parranda go'shtidan tayyorlanadigan kolbasa turlari
1. Parranda go'shtlaridan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlash texnologiyasi - Go'shtdan va go'sht mahsulotlaridan tayyorlangan chala tayyor (yoki yarim tayyor - polufabrikat) oziqlar issiqlik berish natijasida tez pishadigan, mazali, qulay va sifati bilan ajralib turadi. Binobarin, ularga bo'lgan ehtiyoj xalqimizda hamon yuqori darajadadir. Ko'plab turli xildagi chala tayyor go' sht mahsulotlarining sotuvda bo'lishi ayniqsa uy bekalari uchun nihoyatda qulaydir. Chunki uni pishirib tayyorlash ancha qulay, ko'p mehnat talab etmaydi. Bu tadbimi savdo tashkilotlari uchun ham o'z qulayliklariga ega. Jumladan, go'sht chopuvchi qassoblami, go'sht mahsulotini tashuvchi ishchilami ortiqcha jalb qilishga barham beradi. Chakana savdo uchun go'sht sanoati ko'rsatmasiga ko'ra quyidagi chala tayyor parranda go'sht mahsulotlari ishlab chiqariladi: jo'ja go'shtidan tayyorlangan - jo'ja “tabakasi”, “lyubitelskiye” deb nomlanuvchi jo'ja go'shti, tovuq gO'shtidan tayyorlangan - file, okorochek, sho'rva uchun tayyorlangan tovuq go'shti va subproduktlardan - studnya, ragu va suyuq ovqat uchun tovuq go'shti shular jumlasidandir.
Parranda go’shtidan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar - Parranda go’shtidan tayyorlanadigan yarim tayyor mahsulotlar
- 1. Hamma tur parrandalaming - to'shi, sho'rva tayyorlash uchun ishlov berilgan go'sht yig'indisi (nabor);
- 2. Tovuq go'shtidan - suyakli file;
- 3. O'rdak go'shtidan - okorochek (son go'shti), ko'krak go'shti va qiyrna uchun, uzunligi 7-9 srn bo'lgan bo'yin go'shti;
- 4. Kurka gO'shtidan - file son go'shti va qiyma uchun bo'yin go'shti;
- 5. Subproduktlardan - sho'rva uchun tovuq o'rdak va kurka go'sht yig'indilari;
- 6. Jo'jalardan tayyorlangan, birlamchi ishlov berilgan jo'ja «tabakasi)mi tarozida tortib sotiladi;
- 7. Sho'rva uchun suyakli go'sht yig'indisi. Ular parrandalaming yelka-kurak va yelka-tos qismidan tayyorlangan bo'lib, unda o'pka, buyrak, teri, ko'krak suyaklari, qanot va file kesik-bo'laklari bo'lmaydi.
- 8. Sho'rva uchun - birlamchi ishlov berilgan bosh (60 foiz) va oyoq (40 foiz) qismlari;
- 9. Dildiroq (studnya) tayyorlash uchun bosh (40 foiz), oyoqlar (20 foiz), oshqozon va yurak (20 foiz), bo'yin va qanot qismlari (20 foiz).
- 10. Ragu uchun - oshqozon va yurak (50 foiz), bo'yin va qanot qismlari (50 foiz) shular jumlasidandir. Go'sht sanoati chakana savdo uchun ko'pincha qadoqlangan mahsulot chiqaradi. Ulaming vazni nomiga ko'ra 250 g dan 1000 g gacha bo'lishi mumkin. Lekin, jamoat oshxonalari, restoran va kafelar uchun mahsulot tortib sotiladi. Lekin so'nggi vaqtlarda chakana savdo (do'kon va marketlar)da barcha turdagi parranda va ulaming mahsulot qismlari faqatgina tarozilarda tortilib sotilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |