2-laboratoriya ishi
Mavzu: Sulfat kislota eritmasidagi sulfatlarni aniqlash
Sulfatlarni aniqlash usuli tortma analizining eng muhim usullaridan biridir. Juda ko’p tabiiy va texnik moddalarni o’rganishda sulfatlarni aniqlash usuli ko’p qo’llaniladi.
Ishning borishi. Bariy sulfatni cho’kmaga tushurish yo’li bilan sulfat ioni aniqlanadi:
Ba2+ + SO42- = BaSO4↓
Bariy sulfat kislotali eritmada cho’kmaga tushuriladi. Cho’kma 800-900°C da kuydiriladi va tortiriladi.
Ishlatiladigan reaktiv va eritmalar: 1. 2n sulfat kislota eritmasi. 2. 2n xlorid kislota eritmasi. 3. Bariy xloridning 10 % li eritmasi. 4. 0,1 n kumush nitrat eritmasi.
Ishning bajarilishi. Tekshirilayotgan sulfat kislota eritmasi 150- 200ml hajmli stakanga quyiladi, unga 3- 5ml 2n. xlorid kislota eritmasidan qo’shiladi, 50ml hajmga yetguncha distillangan suv bilan suyiltiriladi va deyarli qaynaguncha qizdiriladi. Boshqa xuddi shunday stakanda hisoblab topilgan bariy xloridning 10%li eritmasi 30 mlgacha distillangan suv bilan suyultiriladi va qizdiriladi. Qizdirish oxirida issiq bariy xlorid eritmasi asta- sekin tomchilab shisha tayoqcha bilan doimiy aralashtirilib va chayqatib turib, sulfat kislotaning issiq eritmasiga quyiladi. Bunda shisha tayiqcha stakan devorlariga tegmasligi kerak, aks holda stakan devoriga cho’kma yopishib qoladi. Shisha tayoqchani stakandan chiqarmang. Cho’ktiruvchilarni qo’shib bo’lgandan so’ng, shisha tayoqchani olmasdan stakanning og’zi qog’oz bilan yopiladi va cho’kmaning “yetilishi” uchun keyingi darsgacha qoldiriladi. Qog’ozga talabaning ism- sharifi va guruh nomeri yozib qo’yiladi. Sulfat ionlarining to’liq cho’kmaga tushganligini tekshirish uchun stakandagi tiniq eritmaga ehtiyotlik bilan bir necha tomchi bariy xlorid qo’shiladi. Yetilgan cho’kma zichligi katta bo’lgan filtr (ko’k lenta) yordamida filtrlanadi. Cho’kma dekantatsiya usuli bilan sovuq suvda 3-4 marta yuviladi. Keyingi cho’kma filtr qog’oziga o’tkaziladi va yuvindi suvga kumush nitrat qo’shilganda loyqa paydo bo’lmaydigan holgacha chayish davom ettiriladi. Filtr yuvilgan cho’kma bilan birgalikda quritish shkafida quritiladi. So’ng cho’kma doimiy og’irlikka keltirilgan tigelga o’tkaziladi. Tigeldagi filtr plitada ko’mirlanadi va 50-60 minut davomida 800-900°C temperaturada mufel pechida kuydiriladi. Issiq chokmali tigel eksikatorda xona temperaturasigacha sovitiladi va aniq tortiladi. Kuydirish va tortish jarayonlari tigeldagi cho’kma doimiy og’irlikka kelguncha davom ettiriladi.
Hisoblash. Bariy sulfatning cho’kmasi zich kristall strukturaga ega. Tortma formaning optimal massasi taxminan 0,2-0,4 g ,ya’ni o’rtacha 0,3g gat eng. H2SO4 ning molekulyar massasi 98ga, BaSO4 ning molekulyar massasi 233,4g ga teng. 0,3g bariy sulfat olish uchun kerakli sulfat kislota miqdorini quyidagi nisbatdan foydalanib topamiz: 98: 233,4=x:0,3
Analiz uchun 0,5n sulfat kislota olin ganligini hisobga olib, uning hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda, V-kislota hajmi, ml, m- kislota massasi, g; E-kislota ekvivalenti; N- kislota normalligi
Do'stlaringiz bilan baham: |