3. Tigelni quritish va qizdirish
1-tortib ko’rish-10,4978
2-tortib ko’rish-10,4954
3-tortib ko’rish-10,4954
Tigelni cho’kma bilan birgalikdagi og’irligi 10,4954
4. Hisoblash
10,4954-tigelning cho’kma bilan birgalikdagi og’irligi
-10,2122 g-tigel o’girligi _________________________________________
0,2832 g-tigelning filtr kuli bilan birgalikdagi og’irligi
-0,0002 g-filtr kulining og’irligi ___________________________________
0,2830 g-cho’kma og’irligi (sof og’irligi)
Sinovdagi temir miqdori
0,2830-0,6994=0,1979 g
1-laboratoriya ishi
Mavzu: Bariy xloriddagi kristallizatsiya suvning miqdorini aniqlash.
Kristallizatsiya suvning miqdori kristal gidratining og’irligi o’zgarmay qolguncha quritish yo’li bilan aniqlanadi. Avval spravochnikdan mazkur modda qanday temperaturada suv yo’qotishi bilib olinadi. Kristal gidrat BaCl2 ∙2H2O kristallizatsiya suvini 105°C da yo’qotadi.
Aniqlash tartibi.
1. Tortib olish. Tozalab yuvilgan va quritilgan byuks 120- 125° da quritish shkafiga joylashtirildi. Byuksning qopqog’ini berkitmay, qirrasi bilan qo’yiladi. 45 – 60 min o’tgach byuks eksikatorga qo’yilad. Byuks sovigandan so’ng u analitik tarozida tortiladi va tortish natijasi daftarga yozib qo’yiladi. Bu usul bilan byuks doimiy og’irlikka keltiriladi.
Qayta kristallash yo’li bilan tozalangan va havoda quritilgan (ya’ni tarkibida gigroskopiksuvi bo’lmagan ) bariy xloriddan texnik kimyoviy tarozida taxminan 1,5-2,0 g tortib olinadi, aniq massa byuksga solinadi,byuksning qopqog’iberkitiladi va analitik tarozida tortiladi.
2.Quritish. Kristall gidrat tortimi solingan byuks ochiladi,qopqog’i qirrasi bilan qo’yiladi va 1,5-2,0 soatiga quritish shkafiga qo’yiladi. Quritish 120-125°C da olib boriladi, chunki bundan yuqori temperaturada tuz qisman parchalanishi va uchib ketishi mumkin. Pastroq temperaturada esa kristallizatsiya suvining bir qismi haydalmasdan qoladi. So’ngra byuks va qopqog’i eksikatorda joylanadi va 12-20 min o’tgach, moddaning temperaturasi xona temperaturasi bilan bir xil bo’lganda byuks og’zi berkitiladi va tortiladi. Quritish va tortish ishlari byuksning ichidagi modda bilan birgalikdagi og’irligi o’zgarmay qolguncha (2-tortish birinchisidan 0,0002 g dan ortiq farq qilmasligi kerak) 2-3 marta takrorlanadi.
3. Hisoblash. Tortish natijalari va analiz qanday bajarilganligi daftarga yozilib qo’yiladi, so’ngra ular asosida hisob qilinadi.
1. Analizning qisqacha bayoni.
2. Tortish
Byuksning doimiy og’irligi 8,1320 g
Byuksning BaCl2 ∙2H2O bilan og’irligi 9,5895 g
Byuksning BaCl2 ∙2H2O bilan birgalikda qizdirilgan keyingi doimiy og’irligi 9,3748 g
Bariy xlorid tortimi massasi 1,4575 g.
Quritishda boradigan reaksiya:
BaCl2 ∙2H2O = BaCl2+2H2O
Olingan ma’lumotlar asosida tortimdagi kristallizatsiya suvining massasi aniqlanadi: 9,5895-9,3748=0,2147 g
Shundan so’ng suvning foiz hisobidagi miqdori:
Bajarilgan ishning aniqligi to’g’risidagi fikr yuritish uchun olingan natija kristallizatsiya suvining formula bo’yicha hisoblab chiqarilgan miqdori bilan taqqoslanadi. BaCl2 ∙2H2O ning 1 g-molekulasida, ya’ni 244,3 g da 2 g-molekula suv, ya’ni 36,03 g H2O bo’lishini bilgan holda quyidagi nisbatni tuzish mumkin:
244,3 g BaCl2 ∙2H2O da 36,03 g H2O bo’ladi
100 g BaCl2 ∙2H2O da x g H2O bo’ladi.
Absolut xato quyidagiga teng:
14,73-14,75=0,02 %
Analizning aniqlik darajasi to’g’risida ko’pincha nisbiy xatoga qarab xulosa chiqariladi.
BaCl2 ∙2H2O kristallizatsiya suvini aniqlashda nisbiy xato:
Do'stlaringiz bilan baham: |