O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
O’quv-uslubiy boshqarma tomonidan ro’yxatga olindi:
№___________________
2021 yil “__”__________
|
“TASDIQLAYMAN”
Toshkent moliya instituti
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________ A.J.Tuychiyev
2021 yil “__”________
|
|
|
|
MOLIYA
_____________
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200000
|
–
|
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
|
|
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230000
|
–
|
Iqtisod
|
|
|
|
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230600
|
–
|
Moliya
|
Toshkent-2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2021 yil “___” _____dagi ___ -sonli qarori (qarorning____ -ilovasi) bilan tasdiqlangan “Moliya” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2021 yil “___” ______________ dagi “___” -sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
|
|
|
Jumaniyazov I.T.
|
–
|
Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD (tayanch OTM dan)
|
Taqrizchilar:
|
|
|
Komolov O.S.
Ataniyazov J.X
|
–
–
|
TDIU “Moliya” kafedrasi dotsenti, i.f.n. (turdosh OTMdan)
TMI,“Xalqaro moliya va kredit” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
(tayanch OTMdan.)
|
|
|
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi kafedraning 2021 “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, “Moliya” fakulteti Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Moliya” kafedrasi mudiri: i.f.n., dots. X.A.Qobulov
2021 yil “___”__________
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Moliya” fakulteti Kengashining 2021 “____” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut O‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Moliya” fakulteti dekani: DSc. prof. F.T.Muxamedov
2021 yil “___”__________
Fanning ishchi o‘quv dasturi institut O‘quv-uslubiy Kengashining 2021 yil “___” ___________dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash kotibi: I.X.Choriyev
2021 yil “___”__________
KIRISH
Bugungi kunda pandemiya tufayli yuzaga kelgan global inqiroz deyarli barcha davlatlarning moliya tizimiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Keyingi oylar davomida koronavirus va millionlab kishilarning karantinda qolishi jahon iqtisodiyotini izdan chiqardi. Iqtisodchilarning fikricha bu tanazzul ahli basharning eng yangi tarixida misli ko‘rilmagan pasayish bo‘lishi mumkin. Xususan, karantin sharoitida dunyo ishlab chiqarish hajmining kamayishi, xizmat ko‘rsatish sohalarining faoliyati keskin to‘xtashi, turizmning to‘xtashi va shunga o‘xshash salbiy holatlar mamlakat moliya tizimida bir qancha muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu bois, ushbu fan moliyaning dolzarb muammolarini o‘rganishga, pandemiya sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirish masalalariga bag’ishlanadi.
Ushbu o‘quv dasturida “Moliyaning dolzarb muammolari” fanining predmeti, maqsad va vazifalari, moliya nazariyasining dolzarb muammolari, Harakatlar strategiyasi: davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlarini moliyaviy ta’minlash masalalari, O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy siyosatining asosiy yo‘nalishlari, koronavirus inqiroziga qarshi kurashishda moliya siyosati va moliyaviy tartibga solish choralari, koronavirus pandemiyasining moliya tizimiga ta’siri. moliya bozorini rivojlantirishning dolzarb muammolari, O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishning dolzarb muammolari, korporativ moliyaning dolzarb muammolari, O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish masalalari, O‘zbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish masalalari, zamonaviy moliyaviy globallashuvning O‘zbekiston moliya tizimiga ta’siri kabi masalalar uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. “Moliyaning dolzarb muammolari” fanini chuqur o‘rganish davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi moliyaviy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ishchi o‘quv dasturiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi PQ-3775-sonliQarorlarining asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Moliyaning dolzarb muammolari” fanini o‘qitishda zarur bo`lgan asosiy jihatlar yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |