Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – fanni o’rganuvchi talabalarda moliya ilmining tegishli tarmoqlaridagi va iqtisodiyot sohalarida sodir bo’ladigan moliyaviy munosabatlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va tahlil qilish bo’yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, zamonaviy moliyaning dolzarb muammolariga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
moliya nazariyasining dolzarb muammolari, soliq islohotlarining asosiy yo’nalishlari, davlat byudjeti xarajatlari ijrosining dolzarb muammolari, byudjet siyosati va barcha darajadagi byudjetlar barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari, davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlarini moliyaviy ta’minlash masalalari, davlat byudjetining o’rta muddatli istiqbolini belgilash va natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirishni joriy etish masalalari, demografik muammolarning moliyaviy jihatlari va pensiya tizimidagi islohotlar, moliya bozorini rivojlantirishning dolzarb muammolari, O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishning dolzarb muammolari, korporativ moliyaning dolzarb muammolari, O’zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish masalalari, O’zbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish va kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish masalalari, zamonaviy moliyaviy globallashuvning O’zbekiston moliya tizimiga ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
mamlakat moliya tizimining dolzarb muammolarini, global moliyaning hozirgi zamon muammolarini, moliyaviy muammolarga iqtisodchilarning qarashlari tahlilini, ularga tanqidiy baho berishni, turli iqtisodiy subyektlarning hozirgi zamon moliyaviy siyosati yo’nalishlarini, moliyaning dolzarb muammolari to’g’risidagi nazariy qarashlar va amaliy chora-tadbirlarni, ilmiy izlanishlar asosida shakllangan ilmiy xulosalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
moliyaning hozirgi zamon dolzarb muammolari bo’yicha bahs-munozaralarga kirishish, dolzarb muammolarni nazariy va uslubiy jihatdan tadqiq qilish, moliya sohasidagi islohotlarning natijalarini tahlil etish va baholash, moliya tizimining hozirgi zamon holati va rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish, moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish amaliyotiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlardan maqsadga muvofiq foydalanish, moliyaning dolzarb muammolarini aniqlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
iqtisodiy adabiyotlarda va ishbilarmonlik doiralarida ko’tarilayotgan moliyaning dolzarb muammolarining tahlili asosida xulosalarni shakllantirish va umumlashtirish, tadqiq qilinayotgan muammolar bo’yicha o’zining ilmiy qarashlarini bayon qilish, olingan bilimlarni ilmiy maqolalar, ilmiy tezislar va bitiruv-malakaviy ishlar ustida ishlashda qo’llash bo‘yicha malakalarga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |