O’quv-uslubiy bo’lim tоmоnidаn ro’yхаtgа оlingаn


Seleksiya nimani o’rganadi



Download 309,83 Kb.
bet22/71
Sana31.12.2021
Hajmi309,83 Kb.
#221209
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
УЗБЕК ТИЛИ СОХАДА КУЛЛАНИЛ МАЖМУА

Seleksiya nimani o’rganadi

Seleksiya (lot. selectio — tanlash, saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar navlari va duragaylarini, hayvonlar zotlarini va mikroorganizmlar shtammlarini yaratish nazariyasi va amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si botanika, sitologiya, embriologiya, gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya, entomologiya, ekologiya, biokimyo, oʻsimlikshunoslik va q. x. mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S. koʻrinishlari (beixtiyor tanlash) dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan boshlangan. Bunday S. astasekin muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib borilgan.

Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda, sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan. 3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining qattiq quruq iqlimga moslashgan ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va kasalliklarga chidamliligi hamda donining sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki, Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik (Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak), sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi), joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun (Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi (Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va boshqalarning sifatli mahsulot beradigan, mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik navlari hozir ham ekiladi. Beda seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta yutuqlarga erishilgan. Xorazm va Samarqand bedalari butun dunyoga mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan bu navlar va zotlardan seleksiya ishlarida qimmatli boshlangʻich material sifatida foydalanildi.

CHORVACHILIK Darvin oʻzining "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy asosini yaratdi (qarang Evolyusion taʼlimot), hayvonlar va oʻsimliklar dunyosida yangi shakllarning paydo boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib berdi.

Seleksiyaning keyingi rivojlanish bosqichlarida irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek, seleksiyaning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari ham muhim rol oʻynadi. Irsiy oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi taʼlimot muallifi N. I. Vavilov seleksiyaning rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Yevropa va Amerikada seleksiya 19-asrda rivojlana boshladi. Fransiyada L. Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan qand lavlagining tanlab olingan shakllari qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi. Shved seleksioneri G. Nilsonele oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli navini yaratdi. AQShda L. Byorbank duragaylashni qatʼiy tanlash bilan qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr oxiridan rivojlana boshladi.

Oʻzbekistonda ilmiy seleksiyaning boshlanishi 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya imperiyasi sanoatining paxta xom ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari taʼsirida dastlab gʻoʻza seleksiyasi bilan shugʻullanadigan muassasalar tashkil etildi. 1898 yilda ish boshlagan Turkiston qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida (hozirgi Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) R. R. Shreder qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza, gʻalla, sholi seleksiyasi ishlariga asos soldi. 1899 yilda Andijon tajriba dalasi. 1900 yilda Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913 yilda Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M. Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari, qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy 169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy", Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari, Bushuyev koramol zoti yaratildi.

20-asrning 20yillaridan boshlab Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik, chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik, pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida tajriba va S. st-yalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil etila boshladi. 1922 yilda Turkiston seleksiya stansiyasi (1965 yildan Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot instituti), 1924 yilda Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining Oʻrta Osiyo tajriba stansiyasi, 1925 yilda Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari) tajriba stansiyasi, 1927 yilda Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, 1929 yilda Butunittifoq paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932 yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-yasi, 1934 yilda Oʻzbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba stansiyasi, 1935 yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti, 1940 yilda Oʻzbekiston chorvachilik instituti va ularning respublikaning turli zonalarida joylashgan keng tarmokli stansiyalari ish boshladi.

Chorvachilikda seleksiyasi mollarning mahsuldorlik va mahsulotlari sifati, kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga moslashishi, yem-xashakdan samarali foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi, yakka, yakkaqarindoshlik, guruhliqarindoshlik belgilari majmui boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi (qarang Duragaylash, Naslchilik, Saralash).

Oʻsimliklar seleksiyasida navning asosiy yaroqlilik belgisi uning hosildorligi va hosili tarkibida koʻzlangan zarur moddalar (mas, bugʻdoyda oqsil, kartoshkada kraxmal)ning koʻpligi hisoblanadi. Shuningdek, tanlashda oʻsimliklarning noqulay omillarga (qurgʻoqchilik, sovuqqa chidamlilik, kasalliklar va zararkunandalarga) bardoshlik, mexanizatsiya bilan ishlov berishga qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham muhim belgilar hisoblanadi.

Oʻsimliklar seleksiyasi boshlangʻich material yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari yaratilgan navlar, oʻzidan changlangan liniyalar, poliploidlar, mutantlar boʻlishi mumkin. Boshlangʻich materialdan tanlab olingan oʻsimliklar avlodi dastlabki baholash, baʼzan qayta tanlash uchun seleksion koʻchatzorlarga ekiladi. Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun (dastlabki, stansion, konkurs) tanlab olinadi. Soʻngra ular yakuniy baholash va rayonlashtirish uchun Davlat sinoviga oʻtkaziladi (qarang Davlat nav sinash tarmogʻi, Nav). Makkajoʻxori seleksiyasida geterozisi yuqori boʻlgan liniyalararo va nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand lavlagining yuqori geterozisli shakllarini yaratish uchun diploidlar tetraploidlar bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor, garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar. seleksiyasida ham geterozis duragaylari chiqariladi.

XX asrda Oʻzbekiston olimlari seleksiyaning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqishga munosib hissa qoʻshdilar. Gʻoʻza seleksiyasida S. S. Kanash, A. I. Avtonomov, L. V. Rumshevich, A. Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M. Mirahmedov, ORFOEPIYA Jalilovvab., mevalar va tok seleksiyasida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A. M. Negrul, subtropik ekinlar (limon) seleksiyasida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz ekinlari kartoshka seleksiyasida D. Abdukarimov, A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova, A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik seleksiyasida U. Nosirov, parranda (tovuq) seleksiyasida S. Gʻ. Azimov, qoʻychilik seleksiyasida I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari va duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov, V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va boshqalarning xizmatlari katta.

Oʻzbekistonda seleksiya ishlari Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti, Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi ilmiyishlab chiqarish Markazining paxtachilik; gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi; oʻrmon xoʻjaligi; sholichilik; oʻsimlikshunoslik; bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik; sugʻoriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar; chorvachilik; qorakoʻlchilik; ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutlarida; lub ekinlari tajriba stansiyasida; Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida; Toshkent agrar universiteti, Andijon, Samarqand qishloq xoʻjaligi institutlari seleksiya kafedralarida olib boriladi. Oʻzbekistonda seleksiya amaliyoti, uni tashkil etish va seleksiya yutuqlari (oʻsimliklar navi, hayvonlar zoti)ga doir huquqiy munosabatlarOʻzbekiston Respublikasining "Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida" qonuni (1996 y. 30 avg .) bilan tartibga solinadi.

Chet el mamlakatlarida seleksiya ishlarini davlat seleksiyatajriba muassasalari va xususiy urugʻchilik firmalari amalga oshiradi. Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori bugʻdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va boshqalar) boshqa mamlakatlarda bahori bugʻdoy seleksiyasida foydalaniladi. Bunday navlarni yaratish burdoy hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini berdi. Makkajoʻxorining (AQSH) yuqori hosilli duragaylari, qand lavlagining liniyalararo duragaylari (AQSH, Shvetsiya), kalta poyali javdarbugʻdoy amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal kartoshka navlari (Gollandiya, GFR, Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari (AQSH) muhim oʻrinda turadi.
5-MAVZU. O‘zbek adabiy tilida qo‘shib yozish. «Vavilovning hayratlari»

O’zbek tilida qo’shib yozish.


1. Xona, noma, poya, bop, xush, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, surat, 


talab kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib 
yoziladi: qabulxona, taklifnoma, bedapoya, ommabop,  xushxabar, hamsuhbat, 
orombaxsh, kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab 
kabi.  
2.  -  (a)r (inkor shakli -  mas) qo‘shimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va 
qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas,  
qushqo‘nmas kabi.  
3. Takror taqlid so‘zlarga  qo‘shimchalar qo‘shish bilan  yasalgan ot va 
fe’llar qo‘shib yoziladi:  pirpirak (pir-pir+ak), bizbizak (biz-biz+ak),  hayhayla  
(hay-hay-la), gijgijla (gij-gij+la) kabi.  
4. Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash (qiyoslash), 
 
o‘xshatish yo‘li bilan, bidiruvchi qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: 
bir narsaga nisbatlash yo‘li bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar: karnaygul, 
qo‘ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg‘iyko‘z kabi. 
5. Narsani uning rangi, mazasi, o‘zidagi biror narsasi va shu kabi belgilari 
asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: olaqarg‘a, qizilishton, 
achchiqtosh, mingoyoq kabi.  
6. Narsaning biror maqsad, ish uchun mo‘ljallanganligini bildiruvchi 
qo‘shma otlar:  kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, molqo‘ra, nosqovoq, 
ko‘zoynak kabi. 
7. Narsani joyga nisbatan berish asosida bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib 
yoziladi: tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi. 
8. Marosim, afsona kabilarni bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: 
kiryuvdi, kelintushdi, qoryog‘di, Urto‘qmoq, Ochildasturxon kabi. 
9. Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga  keladigan 
qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: mingboshi, so‘zboshi,  olmaqoqi kabi. 

10. Ikkinchi qismi turdosh ot bilan yoki obod so‘zi bilan ifodalangan  joy 


nomlari qo‘shib yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzacho‘l, Sirdaryo, Kosonsoy, 
Yangiobod, Xalqobod kabi. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari 
ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna Urganch, O‘rta Chirchiq kabi. 
11. Rus tilidan aynan o‘zlashtirilgan yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish yo‘li 
bilan hosil qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, 
fotoapparat, elektrotexnika, teleko‘rsatuv, yarimavtomat, bayramoldi, suvosti kabi. 
49. Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar 
qo‘shib yoziladi: SamDU, TDPU, O‘zMUning kabi. Lekin yonma-yon kelgan ikki 
qisqartma ajratib yoziladi: O‘z XDP MK (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 
markaziy kengashi) kabi.   
12. Bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni 
takror yozish bilan ko‘rsatiladi: yo‘o‘q, nimaa, himm, ufff kabi. 
 

Download 309,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish