Mirxond “Ravzat us-safo”da yozishicha, 905 (1499–1500) yili shahzoda Muhammad Muhsin mirzo mamlakatning baʼzi ehtiyojlari uchun Sabzavor qalʼasiga maʼlum miqdorda gʻalla jamgʻarmoqchi boʻldi. U viloyatda esa gʻalla topilmas edi. Amir va noiblardan bir guruhi “Hazrati sulton muqarrabining bu shaharda gʻallasi koʻpligini va oliy farmon bilan undan ehtiyojga loyigʻini olaylik va gʻalla topganimizda ul janobning vakillariga evazini qaytarib beraylik”, deb arz qildi. Chiroyli xulqli shahzoda ularga javob qildi:
– Amir janoblarining gʻallasidan maʼlum miqdorda olish u yoqda tursin, hatto unga hech kim toʻgʻridan-toʻgʻri koʻz tashlay olmaydi ham.
Bu xabar oliy tabiatli Amirga yetib borgach, maxdumzoda haqida yaxshi duolar oʻqib, Sabzavordagi hamma gʻallalarini shahzodaga tortiq qildi. Bu haqda noiblardan biriga maktub yozib, unda shular aytiladi: “Vallohkim, garchi har bir dona bugʻdoy oʻrnida bir donadan marvarid boʻlganda ham u zotdan ayamay, hammasini nazr qilib, mehr-muhabbat urugʻini maxdumzodaning dillariga sochar edim”.
Xondamir o’zining “Makorim ul-axloq” asarida Aliser Navoiyni yoshlar homiysi deb atagan. Uning yozishicha “…Bu faqir mavlono Sohibdoroga ona tomondan qarindosh boʻlardi. Bir kuni otam bilan bu kishining uyiga bordik. Kamol ahliyu fazilat arboblaridan ancha kishi bor ekan. Bu faqirning otasiga xitob qilib dedilar: “Koʻp muddatdan beri eshitamanki, oʻgʻlingiz maqbul tolibi ilm, xushxon hofiz va pahlavon shoir ekan. Har qanday nomi aytilmay oʻqilgan mushkul muammoni yecharkan, degan shov-shuv yuradir”, deb bir muammo oʻqidilar, men topdim…
Biz uyimizga qaytib ketdik. Biroz fursat oʻtgach, mavlono Sohibdoroning xabarchisi kelib, xojam sizni soʻramoqdalar, dedi. Biz yetib borgach, mavlono dedi:
– Amir Alisher huzurlariga borgan edik. Mirning odati shuki, har kuni meni chaqirib, bugun shaharda boʻlib oʻtgan ajoyibu gʻaroyib hodisalardan neni koʻrdingiz va nima gaplar eshitdingiz, deb soʻraydilar. Men javob berdim: “Bir kishini uchratdim. Oʻzi 16 yoki 17 yoshda. Nomi aytilmay oʻqilgan har qanday mushkul muammoni topadi. Tolibi ilmlikda, hofizu shoirlikda katta iqtidor bor”. Mir taajjub bilan sen uni imtihon qildingmi, dedilar. Men bir mushkul muammoni nomini aytmay oʻqigan edim, yechdi, dedim. Hazrati Mir menga: “U kishini nega olib kelmading?” deb eʼtiroz bildirdilar. Men oʻz gaplarimdan pushaymon boʻldim. Chunki Mirning suhbati hayratli va dahshatangizdir. Masalan, biror majlisda biror fozilning nomini soʻrasalar-u, aytib berolmasangiz, koyiydilar. Mabodo bir muammo oʻqilsa-yu, topolmasangiz, sharmanda va xijolat boʻlishingizga sabab boʻladi. Endi hozirligingizni koʻrib, ertaroq bu yerga kelib turingki, hazrati Mir siz bilan koʻrishmoq ishtiyoqidalar.
Alqissa, erta bilan mavlono Sohibdoro uyiga yetib keldim. Mendan boshqa u kishining huzurida yana uch tolibi ilm bor ekan. Mavlono Sohibdoro menga: “Vaqtida kelding. Bu uch yoshni ham Mirning huzurlarida taʼrif qilgʻan edim”, dedilar. Ularning biri muammoiy edi. Mahorati shu qadar ediki, uni bu sanʼatda mavlono Husayn Nishopuriy bilan tenglashtirar edilar… Ikkinchisi qasidagoʻylikda shuhrat topgan edi… Uchinchisi masnaviyni juda yaxshi aytar edi… Oliy majlisga kirib bordik. Majlis ahli va hazrati Mir oʻz nadimlari bilan hozir ekan. Janobi Mir biz tomon qaradilar. Faqirga ishora qilib, “Nomini aytmay oʻqilgan muammoni yecha oladigan doʻstimiz shu kishimi?” dedilar. Mavlono Sohibdoro: “Bali, oʻsha maxdum”, deb javob berdilar. Mavlono Muhammad Badaxshiy suhbatga aralashdilar: “Maxdumlar, xudovandigoro, muammo yechishda Sizdan oʻtadigani yoʻq-ku?..” Mir dedilar: “Men uning muammo yechishiga iqtidorini koʻzidan bildim. Zero, uning fikrlari koʻzlaridan zohir boʻlib turibdi.
Keyin shu muammoni oʻqidilar:
“Bogʻro bin az xazon befarru, sarv az jo shuda,
Bulbulash barham zada minqoru, nogoʻyo shuda”.
(Bogʻni koʻr, xazonrezlikdan koʻrki qolmabdi, sarv oʻrnida yoʻq, bulbulning tumshugʻi yoʻq boʻlib, kuylashdan qolibdi.)
Ittifoqo, men bu mummoni yod bilardim. Oʻylanib qoldim: nomini aytib, oʻzimni goʻllikka solib, majlisni oʻtkazaversammi yoki toʻgʻrisini aytayinmi? Oqibatda rostini aytishga ahd qildim. Dedim: “Maxdum, men bu muammoni yod bilaman”. Hazrati Mir biroz boshlarini egib turdilar-da, yonidagilarga: “Azizlar, bilasizlarmi, buning soʻzi ne maʼnoni bildiradi. Oʻz qudratini izhor qilib, bunisini bilaman, boshqasini ayting, demoqchi”. Mir boshqa muammo oʻqimadilar. Anchagacha lutfomuz soʻzlar aytib, soʻngra mavlono Sohibdoroga: “Biz buning daʼvosini qabul qilurmiz”, dedilar.
3-MAVZU. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek adabiy tili unli va undosh harflari imlosi. “Tabiatni muhofaza qilish – barchaning burchi”
Do'stlaringiz bilan baham: |