85
qatlam chuqurligigacha tuproq namunalari olinadi va ularning namligi aniqlanadi.
Agar tuproqning namligi cheklangan dala nam sig„imi (CHDNS)ga nisbatan 65-70
foizni tashkil etsa sug„orish o„tkaziladi
Dala sharoitida sug„orish muddati quyidagicha belgilanadi: 30-40 sm
chuqurlikdan olingan tuproq qo„lda siqilganda
mushtlanmasa va erga sekin
tashlaganda sochilib ketsa, demak, sug„orish kerak.
Sug„orish muddatini bargning morfologik belgilarga qarab ham aniqlash
mumkin. Agar barglarning rangi o„zgarib to„q yashil tusga kirgan bo„lsa,
barglardagi turgor holat susayganda, kunduzi soat 2-3 larda bargning asosiy tomiri
egilganda qirsillab sinmasa g„o„zani sug„orish talab etiladi.
Buning uchun
uchastkaning diognali bo„ylab har 1gektardan kamida 30-40 ta o„simlik tanlab
olinadi.
G„o„zaning gullash–ko„rak tugish davrida gulining boshpoya o„suv
nuqtasiga nisbatan joylanishi ham navbatdagi sug„orishni
aniqlashda ancha
ishonchli ko„rsatkich hisoblanadi. Sug„orishni shunday o„tkazish kerakki, toki
yuqoridagi gulning o„suv nuqtasiga nisbatan joy almashinuvi asta-sekinlik bilan
o„tsin va bo„g„in oraliqlari aynan 4-5 sm masofada bo„lsin. Masalan, sizot suvlar
sathi chuqur bo„lgan tipik bo„z tuproqlarda g„o„za
gullay boshlaganida gullar
boshpoyaning o„suv nuqtasidan sakkizinchi-to„qqizinchi, iyul oxiri- avgust boshida
ettinchi, avgustda esa to„rtinchi-beshinchi hosil shoxining birinchi o„rnida
turganida sug„orishga kirishish mumkin. Gullash bo„g„inining balandligi
aniqlanadigan o„simliklar dalaning diognali bo„ylab tanlamasdan olinaveradi.
Gektariga kamida 30-40 ta o„simlik bo„yicha hisob yuritiladi.
G„o„zaning sug„orish muddatlarini fiziologik ko„rsatkichlar –xo„jayra
shirasining konsentratsiyasi (XSHK), barglarning so„rish kuchi bo„yicha ham
aniqlash mumkin. Barglar XSHK bo„yicha sug„orish
muddatini belgilash uchun
kunduzi ( soat 10 dan 17 gacha ) o„suv nuqtasining pastidagi uchinchi bargi yulib
olinadi, qo„l pressi bilan uning shirasi siqib chiqariladi va dastaki refraktometr
yordamida quruq moddalar miqdori foizlarda hisoblanadi. Agar barglar xo„jayra
shirasida gullashgacha 8-9 %, gullash – meva tugish davrida 10-11%,
pishish
86
davrida 12-13 % quruq modda bo„lganida g„o„zani sug„orish kerak. Bu usul
ob‟ektiv, nihoyatda sodda va jadaldir: 15-20 minut davomida dalaning o„zida
g„o„zaning suvga bo„lgan talabini aniqlash mumkin (5.4.1-rasm).
5.4.1-rasm. G„o„za bargining fiziologik ko„rsatkichlari bo„yicha sug„orish
muddatlarini aniqlaydigan refraktometr: 1-akulyar, 2-qopqoq, 3-linza.
Sug„orish muddati to„g„ri
belgilansa, g„o„zaning bo„g„in oraliqlari 4-5 sm
bo„lib, ixcham tup hosil qilib normal rivojlanadi, avgust oxiri-sentyabr boshidayoq
pishib etiladigan dastlabki pastki shona, tugunchalarni ko„p to„playdi.
Do'stlaringiz bilan baham: