1.4. Transport ishlab chiqarishni boshqarish usullari
Temir yo‘l transportining asosiy doimiy ishi, tashish jarayonini ishonchli boshqarish hisoblanadi. SHuning uchun ham tarmoq boshqaruvi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu tarmoq boshqaruvida qo‘llaniladigan boshqaruv usullari tizimi iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi bo‘lsada, amaliyotda anchagina farq qiladi.
Temir yo‘l transportida ishlab chiqarishni boshqarish quyidagi uslublar tizimini o‘z ichiga oladi:
Iqtisodiy;
Tashkiliy;
Ijtimoiy-ruhiy;
Mafkuraviy.
Iqtisodiy boshqaruv uslublari bu harajatlar va natijalar (moddiy rag‘batlantirish va jarimalar, moliyalashtirish va kreditlash, ish haqi, tannarx, daromad, narx, soliq va sug‘urta tizimlari) yordamida bajaruvchilarning moddiy manfaatdorligiga ta’sir ko‘rsatish yo‘llari va usullari tizimidir.
Tashkiliy uslublar bevosita ta’sir qiluvchi uslublar bo‘lib, o‘zida ma’suliyatlilik va tashkiliylik, harakatchanlik xususiyatlarini namoyon etadi. Ular tashkillashtirish, majburlash, javobgarlik va tartiblashtirishga asoslangandir.
Boshqaruv jarayonining qatnashchilari insonlar bo‘lganliklari sababli, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy-ruhiy uslublari juda zaruriy ahamiyatga ega va boshqaruvning boshqa uslublari bilan chambarchas bog‘liq.
Mafkuraviy uslublar – siyosiy va diniy qarashlar, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, jamoa oldida do‘st-birodarlik, hamkorlik va boshqa burch va majburiyatlarni tushuntirish usullari yordamida boshqarishlarni ko‘zda tutadi.
Temir yo‘l transportida ham boshqa transport turlaridagi kabi boshqaruvning alohida shakli emas, balki barcha uslublar majmuasi qo‘llaniladi. Tashkiliy jihatdan o‘zini oqlagan usul va yo‘l yo‘riklar majmuasi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng qulaylari hisoblanadi.
Umumiy holda transport ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun quyidagi guruhdagi boshqarish funksiyalari zarurdir4:
- boshqarish tizimi va jarayonlarini tashkil etish;
- tashishni rejalashtirish va bashorat qilish;
- ishlab chiqarishning texnikaviy rivojlanishini va texnologik tayyorgarligi;
- mehnat resurslarini boshqarish;
- moliyaviy resurslarni boshqarish;
- moddiy-texnika ta’minoti;
- harakat havfsizligini ta’minlash;
- statistik hisob va hisobot;
- ma’lumotlarni almashtirilgan holda yig‘ish,uzatish va qayta ishlash;
- yordamchi jarayonlarni boshqarish (ishlab chiqarish jarayonlariga tahminlash, energetik, asbob-uskunali, ichki transport, ombor xo‘jaligi, xizmatlar ) ;
- ma’muriy xo‘jalik xizmat ko‘rsatish.
Har bir funksiyalar guruhi funksiyalar, kichik funksiyalar va ishlarga bo‘linadi.
Masalan: «mehnat resurslarini boshqarish» funksiyalari guruhi quyidagi funksiyalarni o‘z ichiga oladi:
-kadrlarni tanlash va joylashtirish ;
-kadrlarni tayyorlash ( malakasini oshirish):
-mehnatni va ish haqini tashkil etish:
-jamoaning ishtimoiy rivojlanishi.
«Mehnatni va ish haqini tashkil etish » funksiyasi quyidagi kichik funksiyalardan iborat:
-ish jarayonlarini tashkil etish;
-mehnatni me’yorlash;
-yaxshi ish sharoitlarni yaratish;
- ish haqini tashkil etish;
- mehnat qonunlari.
«Mehnatni me’yorlash » kichik funksiyasi quyidagilardan iborat:
- mehnat sarflarining mahalliy me’yorlarini ishlab chiqish ;
- yagona va namunaviy me’yorlarni joriy etish;
- me’yorlarni qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirish;
- me’yorlarning bajarilmaslik sabablarini o‘rganish;
- me’yorlarni bajarilish darajasini tahlil etish;
- vaqt me’yorlarni ishlab chiqish ;
«Mehnat sariflarining mahalliy me’yorlarni ishlab chiqish » ishlari quyidagi kontret ishlarni o‘z ichiga oladi:
- mashinist-instruktorlar uchun xizmat ko‘rsatish me’yorlarini ishlab chiqish;
- jihozlarni ta’mirlash bo‘yicha chilangarlar uchun topshiriqlarni me’yorlashni ishlab chiqish va boshqalar.
Har bir ish uchun bir yoki bir nechta tashkiliy-huquqiy harakatlarning o'ziga xos xususiyati ko'rsatilgan: 1) qaror qiladi (ruxsatnoma); 2) o'rnatadi; 3) ko'rib chiqadi; 4) tasdiqlaydi; 5) rivojlanadi; 6) rozi (qatnashadi, maslahat beradi); 7) muvofiqlqshtiradi; 8) taklif qiladi; 9) tashkil qiladi;
10) ta’minlaydi; 11) nazorat qoladi; 12) (hisobotlarni) hisobga oladi; 13) tahlil qiladi; 14) ijro etadi.
Harakatlar mutaxassislar faoliyatining xususiyatlariga bog'liq: 1–4 - ma'muriy xarakter; 6-10 - tashkiliy; 12-13 - nazorat va buxgalteriya hisobi; 5 va 14 - ijro. Ular funksiyalar bo'yicha ishning mazmunini aniq aks ettiradi va tasniflagichdan foydalanganda, bizga ishning haqiqiy holatining ma'lum, normativ bilan mosligini aniqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |