O‘quv qo‘llanma



Download 1,03 Mb.
bet13/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

Chiziqli-funksional tizim yuqori organning farmoyish va topshiriqlarini qisqa muddatda amalga oshirishni ta’min-laydi hamda ma’muriy boshqaruv xodimlari mehnatini oqilona taqsimotiga olib keladi. Vertikal va gorizontal bog‘lanishlarni maqsadga muvofiqligini ta’minlaydi.



-chizma. Chiziqli-funksional boshqaruv.


Bulardan tashqari, rivojlangan mamlakatlar yirik kom­paniya va uyushmalarida boshqarish tuzilishining divizion bog‘lanishlar shakli hamda matritsali bog‘lanishlar tizimidan ham foydalaniladi.
K orxonada rahbarlar ishining mazmuni tarkibiy tuzilmaning ierarxik tuzilishidan kelib chiqadi9.




Institutsional
daraja

Yuqori bo‘g‘in rahbarlari



LEADERS

Boshqaruv
darajasi

O‘rta bo‘g‘in rahbarlari



MANAGERS

Texnik
daraja

Quyi bo‘g‘in rahbarlari

SUPERVISORS







BAJARUVCHILAR

3.2. Transportda boshqaruv tuzilmalarni loyihalashga qo‘yiladigan talablar
Transport korxonalarining boshqaruv apparati quyidagilarni ta'minlashi kerak
- davlat buyurtmasi va mijoz bilan tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hajmlardagi va nomenklaturalarda aks ettirilgan barcha turdagi yuk va yo'lovchilar tashishning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
- transport korxonalari, ularning harakatdagi tarkibi va doimiy qurilmalari yuqori ishlab chiqarish rejimida bo`lishini ta`minlash, ishlab chiqarish va moliyaviy ko'rsatkichlarning barqaror bajarilishini ta`minlash;
- transport mijozlari va aholining so'rovlariga tezkor javob berish;
- transport korxonalari faoliyatining barcha asosiy jihatlarini (asosiy va yordamchi ishlab chiqarish) ta`minlash;
- transport jarayonlarining borishini va transport korxonalarining moddiy-texnik bazasini maqsadli (tizimli va mutanosib) rivojlantirish, yangi transport uskunalari va ilg'or transport texnologiyalarini joriy etishni samarali boshqarish;
- boshqa transport turlarining tegishli korxonalari, shuningdek yuklarni jo'natuvchi va qabul qiluvchi korxonalar bilan samarali o'zaro hamkorlikni ta`minlash;
- boshqaruv apparati ishlab chiqarishga maksimal darajada yaqinlashishi bilan yuk va yo'lovchilarni tashishni boshqarishning sanoat va hududiy tamoyillarini oqilona uyg'unlashtirish.
Transportni boshqarish tizimlarining tashkiliy tuzilmalari transport turi, tashish hajmi va tuzilishi, muayyan korxonaning ishlab chiqarish funktsiyalarining tabiati, texnologik jarayon bilan belgilanadigan ish tartibi va boshqa omillarga bog'liq. Biroq, transport tashkiliy tuzilmalari eng to'liq javob berishi kerak bo'lgan bir qator umumiy talablar mavjud:
-maqsad (funktsiyalar) ning soddaligi va aniqligi va alohida yo'nalishlarga bo'ysunish;
- etarlicha mustaxkam tuzilma (chiziqli, chiziqli -funktsional va boshqalar) tipidagi bo’g’inlarning moslashuvchanligi va manevrligi, bu bir tomondan, transport boshqaruvining o'zgaruvchan sharoitlariga moslashuvchanligini, boshqa tomondan esa — "o'z ish" qonunining yagona tamoyiliga rioya etilishini va natijada yuqori ishonchlilik bilan ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va nazorat qilishning to'liqligini ta'minlaydi;
- pastki darajadan yuqori darajaga o'tish tartibida hal qilinadigan vazifalarning funktsiyalari va ko'lamini kengaytiruvchi tizim ichki tuzilishining ierarxikligi;
- boshqaruv tizimidagi mansabdor shaxslar va bo'g'inlarning oqilona bo'ysinuvchanligi;
- boshqaruv darajasining ketma-ketligi sababli tashkiliy tuzilmaga nisbatan aniglik (sanoat-uyushma-korxona);
- erishilgan natijalar bo'yicha boshqaruvni tartibga solish imkonini beruvchi qabul qilingan qarorlarni va buyruqlarni ijrochilarga ishonchli tarzda etkazishni ta’minlaydigan to'g'ridan-to'g'ri va teskari aloqa (kanallar) tizimidagi uzluksizlik va bir bununlik, ya’ni bog’liqluk;
- boshqaruv tizimida takrorlanmaslik va boshqa ortiqcha turlarning (masalan, axborot) yo'qligi bilan aloqalarning o'zaro almashinuvi.
Transportni boshqarishning tashkiliy tuzilmalariga qo'yiladigan eng muhim talablardan biri bu moslashuvchanlik, yangi darajadagi obyektlarni (temir yo'l liniyalari, stansiyalar, depo qurilmalari, portlar va boshqalar) kengaytirish va rivojlantirish.Ushbu talablar to'liq ravishda o'zgaruvchan tuzilishi va o'zini o'zi boshqarish elementlari bo'lgan tizimlar tomonidan bajariladi, Bu esa murakkab ko'p darajali transport korxonalarini butun boshqaruv tizimini tubdan boshqarishga imkon beradi.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini loyixalashtirish mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Ularning vazifasi bozor va texnologiyalardagi o‘zgarishlarga moslashish imkonini beradigan tashkiliy tuzilmani yaratishdan iborat.
YAngi texnologiyalar va bozor an’anaviy munosabatlarni o‘zgartirishni, tashkiliy tuzilmalarni shakllantirishga prinsipial yangicha yondashuvni talab qiladi, Bozor munosabatlarini qoniqtiradigan yangicha faoliyat namunalarini shakllantirish esa juda qiyin ish.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini islox qilish ichki vaziyatdagi o‘zgarishlar xamda tashkil etish va tashqi muxit o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo‘ladi. Tashkiliy tuzilmalarni islox qilishda vaziyatdagi barcha o‘zgarishlarni xisobga olish zarur.
Navbatdagi muxim tamoyil aniq ta’riflangan maqsad (yoki boshqaruv ob’ekti maqsadlari)ning mavjudligi, ya’ni maqsadlar yakdilligi tamoyili xisoblanadi, tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirishga maqsadli yondashuv ko‘pgina muammolarni samarali xal qilish imkonini beradi.
Tashkiliy tuzilma boshqaruv strategiyasidan kelib chiqib imkon qadar sodda bo‘lishi kerak.
Boshqaruvning pog‘onalari va bo‘g‘inlari sonini qisqartirish axborotga ishlov berishning tezkorligini oshiradi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayonini jadallashtiradi, axborot oqimlarini tartibga soladi, xodimlarning mas’uliyatini oshiradi.
Tuzilmalarni loyixalashtirishda marketing strategiyasini xisobga olish zarur. Bozor bir joyda tek turmaydi. Uni muntazam o‘rganish talab etiladi. Boshqaruv tuzilmasi bozordagi o‘zgarishlarga moslashuvchan bo‘lishi lozim.
Tarmoq raxbarlari va funksional xizmatlarning vazifalari aniq chegaralangan va muvofiqlashtirilgan bo‘lishi kerak. Boshqaruv apparatidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklar tizimi samarali bo‘lishi, axborotning aniq o‘zatilishini ta’minlashi va tegishli teskari aloqaga ega bo‘lishi lozim.
Bitta boshliqqa bo‘ysunuvchi xodimlar soni chegaralangan bo‘lishi kerak. Tarmoq va funksional bo‘linmalar raxbarlari xamda mutaxassislarning malakasi, ishbilarmonligi va shaxsiy xislatlari boshqaruvning loyixalashtirilayotgan tashkiliy tuzilmasiga mos kelishi lozim.
Tashkiliy tarkibni ishlab chiqish korxonaning boshqaruv tizimini loyihalashning asosiy qismlaridan biri bo‘lib u bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi10.



Bosqich

Ishning mazmuni

1

Boshqaruv tizimining umumiy nizomini va tashkiliy tuzilmaning aniq sxemasini ishlab chiqish

YAratilayotgan (loyihalanayotgan) tashkiliy tuzilmaning tashkiliy xuquqiy shaklini va uning asosiy maqsadini hamda vazifalarini shakllantirish; tashqi boshqaruv organlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rnatish; boshqarishning usullari va asosiy tamoyillarini shakllantirish; boshqaruv funksiyalari va ularning mazmunini shakllantirish; xar bir funksiya bo‘yicha ishlarning markazlashish darajasini va chiziqli va funksional darajalar sonini aniqlash.

2.

Boshqaruv jarayonlarining axborot ta’minot tizimini shakllantirish

Birlamchi va ishlab chiqarish axborot tizimini yaratish va shakllantirish; xujjatlar tarkibini va shaklini ishlab chiqish va ularning tarkibiy tuzilmalar orasidagi xarakat yo‘nalishlarini aniqlash; axborot oqimini shakllantirish; shakllantirilgan vazifalarni bajarish usullarini tanlash, ularni hal qilishda iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish zaruriyati va imkoniyatini aniqlash; boshqaruv jarayonlarining matematik ta’minot tizimini ishlab chiqish; xujjatmlashtirilmaydigan jamlanmalar xajmini aniqlash va ro‘yxatini ishlab chiqish, asosiy axborotlarni taqdim qilish davriyligiei belgilash.

3.

Boshqaruv apparati tashkiliy tarkibini asoslash

Boshqaruv funksiyalari bo‘yicha muhandis-texnik xodimlar sonini va ish xajmini aniqlash; boshqaruv me’yorlarini ishlab chiqish va tarkibiy tuzilmalarni shakllantirish.

4

Boshqarish texnologiyasini tuzish

Boshqaruv tuzilmasi ishining asosiy tamoyillarini shakllantirish; ayrim ish o‘rinlarida bajariladigan asosiy operetsiyalar tarkibini loyihalash; ishlash tartibi texnologiyasini ishlab chiqish, boshqaruv jarayonlar xarakat texnologiyasini bajarilishi va qayta ishlash; boshqaruv apparati ishining namunaviy reja-jadvalini ishlab chiqish va x.k.

5.

Mehnatni tashkil qilish loyihasini ishlab chiqish

Ishlovchilarning asosiy kategoriyasi uchun ish kuni reglamentini ishlab chqish; ishning bajarilish reglamenti vqa ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish va tashkil qilish loyihasini tuzish; ishni ishchilarning malakasiga ko‘rsa taqsimlash

6.

Boshqaruv vositalarini joylashtirish uchun binoni rejalashtirish

Avtomatlashgan boshqaruvga qo‘yiladigan jarayonlar ro‘yxatini tuzish; muhandislik-boshqaruv ishlari xajmini va turini shuningdek, nusxalovchi va ko‘paytiruvchi ishlar xajmini va turini aniqlash; boshqaruv mehnatining texnik vositalarini tanlash va ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash; boshqaruv ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash tizimini loyihalash; boshqariluvchi ob’ekt hududida tarkibiy tuzilmani joylashtirishning maqsadga muvofiq keluvchi rejasini tuzish; binoga texnik vositalarni joylashtirish rejasini tuzish; tarkibiy tuzilma boshqaruv apparati nizomini ishlab chiqish va xar bir tuzilmaning va xodimning kompetentligi, boshqaruv jarayonidagi o‘zaro aloqalari doirasida lavozim yo‘riqnomasini aniqlash.

7.

O‘tkazilgan ish natijalarini iqtisodiy baholash

Loyihalanayotgan boshqaruv tizimining iqtisodiy samaradorligini asoslash uchun baholash; yaratilgan tizimning bir butunlikda ishlashini va alohida xususiy qarorlarning tejamliligi vasamaradorligini asoslash.

O‘zbekistonning ilg‘or korxonalari tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, boshqaruv tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:


- boshqaruvni markazlashmagan tizimga o‘tkazish;
- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va diversifikatsiyalash;
- xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish;
- korxona faoliyatida barqarorlikni yuzaga yuzaga keltirish.
Korxona faoliyatida barqarorlikni yuzaga keltirishga turli yo‘llar bilan erishiladi. Birinchidan, korxona o‘z jixozlari bilan aloqalarni mustahkamlashi kerak bo‘ladi. Agar korxona o‘z mijozlariga to‘liq darajada xizmat ko‘rsatmasa, u har doim muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Boshqacha aytganda, ehtiyojni tushunish uchun mijozlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ko‘rib chiqish va tahlil qilish lozim. Buning uchun esa quyidagi savollarga javob berish kerak: mijozlar kimlar- xususiy shaxslarmi yoki yuridik shaxslarmi, ularni korxona mahsulotini xarid qilishga nimalar undaydi? Ikkinchidan, raqobatchilarni yaxshi bilish darkor. Boshqaruv tizimi faol marketing siyosatini taqozo etadi.
Korxonani barqarorligini ta’minlash keyingi muhim jihat bo‘lib, u boshqaruvning atrof muhitdagi siyosatda, iqtisodiyotda, texnologiyada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga doimiy ravishda moslashuvidir. Agar shunday bo‘lmasa korxona o‘zgarishlar qurboniga aylanadi

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish