O‘quv qo‘llanma


O‘rtacha bir kunlik yo‘l bosish



Download 1,03 Mb.
bet10/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

O‘rtacha bir kunlik yo‘l bosish - transport vositasi (lokomativ, vagon, avtomobilq, kema va hokazolar) birligining o‘rtacha bir kunga to‘g‘ri keladigan kilometr birligidagi yo‘l bosishi bo‘lib, u transport vositalaridan tashish jarayonida foydalanishning jadal (intensiv)ligini ko‘rsatadi.
Transport vositasi birligining aylanish vaqti — kun yoki soatlar miqdoridagi vaqt bo‘lib, u tashishni tashkil qilish va transport vositalaridan foydalanish darajasini belgilovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunday ko‘rsatkich ayniqsa uzoq masofalarda ishlovchi transport vositalari ishini aniqlashda zarurdir.


2.2. Transport ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari

Temir yo‘l transporti xam boshqa transport turlari singari mahsulot ishlab chiqarish uchun sharoit yaratadi. Transport korxonalar ichida, karxonalar o‘rtasida, xududlar va davlatlararo tashish ishlarini amalga oshiradi. Har bir mamlakatning transport tizimining o‘ziga xosligi sababli ularning ko‘rsatkichlari xam turlicha farqlanadi. Temir yo‘lda tezyurar poezdlarda yuk tashishning 1970-2007 yillar davomidagi o‘sishini Hindistonda 5,5%, AQSHda 2.2%, Rossiyada 0.6% Hitoyda 5.3%, Evropa ittifoqida 0.5% va YAponiyada 2.6% ekanligini ko‘rish mumkin.7


AQSH fraxt bozorida temir yo‘l tashuvlarning ulushi



-rasm. AQSH fraxt bozorida temir yo‘l tashuvlarning ulushining tahlili

Korxonalar ichida tashish ishlarini bajarish uchun turli xildagi ishlab chiqarishning ichki transportlari qo‘llaniladi. Bular lentali konveerlar, osma rels yo‘llar, qisqa temir yo‘l izlari, avtotransport va boshqalardir. Korxonaning ichki transporti bevosita moddiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga yoki ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadi va ishlab chiqarish texnologiyasining tarkibiy qismi xisoblanadi. Bu turdagi transportning ishi bevosita mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon bilan bog‘liq.


Korxonalararo, xududlararo, davlatlararo, shuningdek va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchi o‘rtasida mahsulot etkazib berish, tashish ishlarini umumiy magistral transportlar bajaradi. Bular asosan, universal transportlar-temir yo‘l, daryo-dengiz, havo, avtomobil transportlari va maxsus transportlar-quvur, yuqori quvvatli elektr uzatish tarmoqlari, hamda korxonalarni magistral temir yo‘l bilan bog‘laydigan (pod’ezdnoy put-shahobcha) temir yo‘llar.
Transport yangi mahsulot yaratmaydi, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining mahsulotlarini iste’molchilarga etkazib berish vazifasini bajaradi. Tashish jarayonida mahsulotning soni ham, sifati ham o‘zgarmaydi, faqat iste’molchiga nisbatan uning joyi o‘zgaradi, buning natijasida tashilayotgan mahsulotning iste’mol qiymati ham o‘zgaradi. SHunday qilib, transport moddiy mahsulot ishlab chiqarishni davom etdiradi, mahsulotlarni ishlab chiqilgan joylaridan iste’molchilarning manziliga etkazib beradi. SHuning uchun tashish jaryonida mahsulotning qiymati ortadi, tashish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilarning mehnatlari mahsulot ishlab chiqaruvchilar mehnatiga tenglashtiriladi, bularning mehnati natijasida mahsulot ishlab chiqarish xajmi «ortadi» va milliy daromad hosil etadi.
Transport yuk tashish bilan bir qatorda yo‘lovchilarni ham manziliga etkazadi, ya’ni aholining manziliga etish talabini qondiradi, bu esa kishilarning eng zarur moddiy ehtiyojidir. Yo‘lovchi transportining mahsuloti-o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan tavr, ya’ni xizmat ko‘rsatish tavari.
Transportning mahsuloti yuklar va yo‘lovchilarni tashishdan iborat bo‘lib, natural miqdorlarda o‘lchanadi. Tashish xajmi tashilayotgan yuk miqdori, yo‘lovchilar soni, shuningdek ularni tashish masofasi bilan tavsiflanadi. Yuk tashish jarayoda transport mahsulotining xajmi tonno-kilometr nettoda o‘lchanadi, ya’ni tonna birligida tashilgan yuk miqdorini va uni tashilgan masofa uzunligiga (km) ko‘paytirib aniqlanadi va ko‘rsatkich bu yuk oboroti (gruzooborot) deb ataladi. Yuk oboroti transportning bajargan ish miqdorini bildiradi. Tashilgan yo‘lovchilar sonini tashilgan masofaga ko‘paytirib yo‘lovchi oboroti miqdori aniqlanadi. Transportning umumlashtirilgan mahsuloti keltirilgan tonno-kilometrda o‘lchanadi. U yuk oboroti (tonn-km) va yo‘lovchi oborotlarining (yo‘lovchi-km) yig‘indisidir. Temir yo‘l transportida 1 t-km 1 yo‘lovchi-kmga, avtomobil transportida 1 tkm 6 yo‘lovchi-kmga, havo transportida esa, 1 t-km 11 yo‘lovchi-kmga teng deb qabul qilingan.
Temir yo‘l transportida yuk oboroti tarif tonn-km bo‘yicha va ekspluatatsion tonno-km bo‘yicha hisobga olinadi. Tarif bo‘yicha tonno-km bu yuklarning eng qisqa masofalar bo‘yicha tashish natijasida bajarilgan ish miqdori, ya’ni tashish uchun olinadigan eng qisqa masofa bilan hisoblanadi, ekspluatatsion tonno-km esa bu yuklarning tashilgan haqiqiy masofasi bo‘yicha aniqlangan miqdoridir.
Temir yo‘l transportida tarif va ekspluatatsion tonno-km o‘rtasidagi farq-4,3 % ni tashkil qiladi. Xar doim ekspluatatsion tonno-km tarif tonna-kmdan yuqorida aytilgan miqdorga ko‘pdir.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish